Anatomiyadan amaliy
Download 0.82 Mb.
|
Topografik anatomiya va Operativ Xirurgiya
Oraliq nervi (n.medianus). Oldingi suyaklararo arteriyaning tarmog‘i bo‘lmish oraliq arteriyasi va venalari bilan uchinchi qon tomir va nerv tutamlarini tashkil qiladi. Uning tashqi tasviriy chizig‘i ikki boshli mushak payi bilan, уelka suyagining medial do‘mbog‘i o‘rtasidan, bilak va tirsak suyaklari bigizsimon o‘simtalarining o‘rtasigacha o’tkazilgan chiziqqa to‘g‘ri keladi.
Bilakning yuqori qismida nerv va qon tomirlar yumaloq pronator boshchalarining orasida yotadi. So‘ngra ular tirsak arteriyasini oldindan kesib o’tib, kaftni bukuvchi yuzaki va chuqur mushaklarning orasidan o’tgach, bilakning pastki uchdan bir qismida o‘rta egatchada paydo bo‘ladi. Oarliq nerv o‘zining harakatchan tarmoqlari bilan yumaloq pronator, kaftni bilak tomonga bukuvchi yuza, panjani bukuvchi chuqur (bilak suyagi tomonini), bosh barmoqni bukuvchi uzun mushaklarini innervatsiyalaydi. Bundan tashqari, u o‘zidan suyaklararo oldingi (n. interosseaуe anterior) va kaftning teri tarmog‘ining (r. palmaris n. mediani) shoxlarini ham beradi. To‘rtichi qon tomir va nerv tutamlari eng chuqur joylashib, suyaklararo membrananing oldingi yuzasida yotadi. U suyaklarao oldingi arteriya (o‘zining ikkita venasi bilan) va shu nomli nervlardan tashkil topgan. Suyaklararo oldingi nerv bosh barmoqni bukuvchi uzun, kvadrat pronator mushaklarini va bilak suyaklarini innervatsiya qiladi. Arteriya bo‘lsa, kvadrat pronatorning yuqori qismida suyaklararo membranani teshib, bilakning orqa yuzasiga o’tadi va kaftning orqa yuzasida arteriya anastomozlari hosil bo‘lishida qatnashadi. Bilakning paski uchdan bir qismida (kaft usti chegarasiga yaqin joyda) uchinchi va to‘rtichi qavat mushaklari orasida Pirogov yog‘ to‘qima bo‘shlig‘i joylashgan. U orqadan – kvadrat pronator mushagi bilan, oldindan - panjani bukuvchi chuqur mushak bilan chegaralanib 0,25 litrgacha suyuqlik (qon, yiring va h.k.) sig‘adigan hajmga egadir. Bu bo‘shliqqa bilak va tirsak fibroz kanallari ichidagi sinovial qinlarning ko‘pincha tugaydigan proksimal uchlari taqalib turadi. Yiringli tendobursitlarda, yig‘ilgan yiringni shu bo‘shliqqa kirish xavfi tug‘iladi. Panjani bukuvchi yuzaki va chuqur mushaklar orasidagi yog‘ to‘qima yorig‘i ham yiring yig‘ilish joyi bo‘lib xizmat qilishi mumkin. Download 0.82 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling