Anatomiyadan amaliy
Download 0.82 Mb.
|
Topografik anatomiya va Operativ Xirurgiya
Bilakning orqa sohasi (regio antebrachii posterior). Terisi oldingi qismiga qaraganda qalinroq, harakatchan bo‘lib, bilakning lateral, medial va orqa teri nervlari bilan innervatsiyalanadi. Teri osti yog‘ to‘qimasida qo‘lning lateral va medial teri osti venalarini hosil qiluvchi venalar hamda teri nervi tarmog‘i o’tadi. Xususiy fastsiya ancha qalinligi va mustahkamligi bilan farq qilib, mushaklar bilan birikkan bo‘ladi.
Sohaning mushaklari ikki qavat bo‘lib joylashadi. Birinchi, yuzaki qavatida beshta mushak joylashadi. Bular: panjani yozuvchi uzun bilak mushagi (m. extensor carpi radialis longus); panjani yozuvchi kalta bilak mushagi (m. extensor capri radialis brevis); panjani yozuvchi mushak (m. еxtensor digitorum); jimjiloqni yozuvchi mushak (m. extensor digiti minimi) va panjani yozuvchi tirsak mushagi (m. extensor carpi ulnaris) dir. Ikkinchi chuqur qavatda quyidagi mushaklar joylashadi: bilakni supinatsiya qiluvchi mushak (m. supinator longus); bosh barmoqni olib qochuvchi uzun mushak (m. abductor pollicis longus); bosh barmoqni olib qochuvchi kalta mushak (m.abductor pollicis brevis); bosh barmoqni yozuvchi uzun mushak (m. extensor pollicis longus) hamda ko‘rsatkich barmoqni yozuvchi mushak (m. extensor indicis) lar. Yuzaki va chuqur qavatdagi mushaklarning orasida bilak nervining chuqur tarmog‘i va suyaklararo orqa qon tomirlaridan tashkil topgan qon tomir va nerv tutamlari joylashadi (10-rasm). Bilak nervining chuqur tarmog‘i o‘zining harakatlantiruvchi tolalari bilan sohaning hamma mushaklarini innervatsiya qiladi. Panja (manus). Panja bilan bilak orasidagi chegara bilak suyaklari bigizsimon o‘simtalaridan 1,5 – 2 sm yuqoridan o’tkaziladi. Uning oldingi va orqa yuzalari tafovut qilinib, uchta sohaga: kaft usti, kaft va barmoq sohalariga bo‘linadi. Kaft usti (carpus). Kaft yuqoridan – bilak va tirsak suyaklarining bigizsimon o‘simtalaridan 1 sm proksimal o’tkazilgan aylana chiziq bilan, pastdan – no‘xatsimon suyakchalarining distal qismidan o’tkazilgan aylanma chiziq bilan chegaralanadi. Bigizsimon o‘simtalar bo‘ylab o’tkazilgan chiziqlar orqali kaft usti oldingi va orqa sohalarga bo‘linib, to‘rttadan, ikki qator joylashgan sakkizta suyaklardan tashkil topgan. Proksimal qatorda (bilak suyagi tomonidan sanalganda): qayiqsimon suyak (os. scaphoideum), yarimoysimon suyak (os.lunatum), uch qirrali suyak (os. triguуetrum) va no‘xatsimon suyak (os.pisiforme) lari; distal qatorda – ko’p burchakli cuyak (os. multangulum), trapetsiyasimon suyagi (os. trapezoideum); boshchali suyak (os. capitatum) va ilmoqli suyak (os. hamatum) lari o‘rin oladi. Download 0.82 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling