Anatomiyadan amaliy
Download 0.82 Mb.
|
Topografik anatomiya va Operativ Xirurgiya
Qon tomir va nervlari. Kaft aponevrozining ostida kaftning yuzaki arteriya ravog‘i (arcus palmaris superficialis) joylashadi. U asosan tirsak arteriyasidan va u bilan anastomoz qiluvchi bilak arteriyasining yuzaki tarmog‘idan hosil bo‘ladi. Bu arteriya ravog‘i kaft barmoqlarining uchta katta umumiy arteriyalari (a. digitalis palmaris communis) ni beradi. Bu arteriyalar kaft suyaklarining boshchalari sohasida kaft aponevrozining tagidan chiqib, kaftning chuqur arteriya ravog‘idan chiquvchi barmoq arteriyalari bilan anastomoz hosil qiladi va xususiy kaft – barmoq arteriyariga bo‘linadi. Bu bo‘lingan xususiy arteriyalar II – III - IY –Y barmoqlarning bir – biriga qaragan yuzalarini qon bilan ta'minlaydi.
Kaft yuzaki arteriya ravog‘ining ostida o‘rta nervning tarmoqlari hamda tirsak nervining yuzaki tarmog‘i (r. superficialis n. ulnaris) joylashadi. Bu tarmoqlardan umumiy kaft- barmoq nervlari (n.n. digitalis palmaris communis) hosil bo‘lib, ular barmoqlar asosida xususiy kaft –barmoq nervlariga bo‘linadi. O‘rta nerv I - II – III barmoqlarni va IY barmoqning bilak suyagi tomonini, tirsak nervi –Y barmoqning hamma tomonini hamda IY barmoqning tirsak suyagi tamonini innervatsiyalaydi. Gipotenorning asosida tirsak nervidan uning chuqur tarmog‘i ajralib chiqib, tirsak arteriyasining tirsak chuqur tarmog‘i bilan birga yo‘naladi. Tirsak nervining chuqur tarmog‘i Y barmoqning do‘ngligini hosil qiluvchi mushaklarni, hamma suyaklararo va III - IY chuvalchangsimon mushaklarni, bosh barmoqni yaqinlashtiruvchi va bosh barmoqni bukuvchi kalta mushakning chuqur boshchasini innervatsiya qiladi. O‘rta nervi esa bosh barmoqning do‘ngligini hosil qiluvchi qolgan mushaklarni hamda I va II chuvalchangsimon mushaklarni innervatsiyalaydi. Suyaklararo mushaklar bilan kaftning chuqur xususiy fastsiyalari orasida, kaftning chuqur arteriya ravog‘i (arcus palmaris profundus) joylashadi (13 - rasm). U asosan bilak oxirgi uchi bilan tirsak arteriyasining chuqur shoxchasi qo‘shilishidan hosil bo‘ladi. Uning pastga qarab turgan yuzasidan kaftning oldingi tomonidan uchta arteriya (a.a. metacarpeae palmares) lari chiqadi. Bu arteriyalar shu nomli kaftning orqa arteriyalari bilan anastomoz hosil qilib, kaftning umumiy barmoq arteriyalari bilan qo‘shilib ketadi. Kaftning chuqur arteriya ravog‘i yuzaki ravog‘iga qaraganda ancha yuqoriroqda yotadi. Download 0.82 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling