Oshiq-boldir bo’g’imi sohasi (reg. articulationis talocru-ralis). Oshiq-boldir bo’g’imi sohasining ustki chegarasi, medial va lateral to’piqlarning asosidan o’tkazilgan ko’ndalang chiziq bilan, pastki chegarasi - shu ikkala to’piqlar cho’qqisidan, oyoq kafti va tovonga o’tkazilgan to’g’ri chiziqlar bilan chegaralanib turadi.
Oshiq-boldir bo’g’imini deyarli hamma tomondan ko’pgina mushaklarning paylari o’rab turadi. Bularning ko’pchiligini paypaslab topish mumkin. Masalan, orqa tomonda - аxill payini, oldinda - oldingi katta boldir mushagi bilan bosh barmoqni yozuvchi uzun mushaklarning paylarini, lateral to’piq orqasida - kichik boldir mushagi payini va medial to’piq orqasida – orqa katta boldir mushagining payini hamda medial to’piq bilan Axill paylarining o’rtasida - katta boldir orqa arteriyasi pulsini aniqlash mumkin.
Oshiq - boldir bo’g’imi to’rtta: oldingi, orqa, medial va lateral sohalarga bo’linadi.
Oldingi soha (reg. anterior). Boldir suyaklarining medial va lateral to’piqlari orasida hosil bo’ladi. (23- rasm). Terisi yupqa, harakatchan. Teri osti yog’ to’qimasida medial to’piq oldidan, oyoqning katta teri osti venasi va teri osti nervi o’tadi. Ularning tashqarisidan kichik boldir nervining yuzaki tarmog’I o’tadi.
Sohaning xususiy fastsiyasi boldir xususiy fastsiyasining davomi bo’lib, o’zidan ikkita boylamni hosil qiladi. Bular oyoq panjasini yozuvchi mushaklarning payini siqib ushlab turuvchi yuqorigi va pastki boylamlar (retinaculum musculorum extensorum superius et inferius) deb ataladi. Ular o’zlaridan suyaklarga fibroz to’qima to’siqlarini beradi.
Natijada, uchta suyak - fibroz kanali hosil bo’ladi. Medial kanaldan oldingi katta boldir mushagi, o’rtangisidan - bosh barmoqni yozuvchi uzun mushak payi bilan, qon tomir nerv tutamlari (oldingi katta boldir arteriyasi va kichik boldirning chuqur nervi) va tashqi
kanaldan - barmoqlarni yozuvchi uzun mushakning payi o’tadi. Barcha paylar o’zlarining alohida-alohida sinovial qiniga ega bo’lib, ular oshiq-boldir bo’g’imi bilan aloqa qilmaydi. Yozuvchi mushaklar paylari ostida oshiq-boldir bo’g’imining qobig’i joylashadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |