Anatomiyadan amaliy


Lateral to’piq sohasi (reg. malleolaris lateralis)


Download 0.82 Mb.
bet39/123
Sana20.06.2023
Hajmi0.82 Mb.
#1633266
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   123
Bog'liq
Topografik anatomiya va Operativ Xirurgiya

Lateral to’piq sohasi (reg. malleolaris lateralis). Sohani lateral to’piq bilan tovon suyagi chegaralab turadi. Terisi yupqa, teri osti yog’ to’qimasi siyrak. Yog’ to’qimada lateral to’piq orqasidan
aylanib, oyoqning kichik teri osti venasi bilan boldir nervi o’tadi. Xususiy fastsiya bu erda tovon suyagiga va lateral to’piqqa birikib, ikkita qalinlashgan: kichik boldir mushaklarini siqib ushlab turuvchi yuqorigi va pastki boylamlarni (retinaculum musculorum peroneorum superius et infe rius) hosil qiladi. Shu boylamlar ostida suyak - fibroz kanali hosil bo’lib, undan kichik boldirning kalta va uzun mushaklari bitta umumiy sinovial qinda o’tadi. Bu sinovial qin, oshiq-boldir bo’g’imi bilan aloqa qilmaydi. Pastroqda kichik boldir uzun mushagining payi o’zi uchun alohida sinovial qinga ega bo’ladi.
Oshiq - boldir bo’gimi (articulatio talocruralis). Katta va kichik boldir suyaklarining (tibia, fibula) pastki uchlaridagi bo’g’im yuzalari, oshiq suyagining (talus) ustki va ikki yon tomonidagi yuzalari bilan qo’shilib, oshiq-boldir bo’g’imini (articulatio talocruralis) hosil qiladi. Bunda katta boldir suyagining pastki bo’gim yuzasi oshiq suyagining ustki yuzasiga va boldir suyaklaridagi ichki hamda tashqi to’piqlarning yuzalari - oshiq suyagining ikki yon yuzasiga to’g’ri keladi. Buning natijasida birlashgan boldir suyaklarning pastki yuzalari, oshiq suyagining g’altaksimon yuzasiga (trochlea tali) mos keladi.
Oshiq-boldir bo’g’imining sinovial xaltasi, bo’g’imning oldingi va orqa tomonlarida birmuncha erkin tortilgan bo’lib, har uchala suyaklar bo’g’im yuzalarining cheti bo’ylab yopishadi. Faqat bo’g’imning oldingi tomonida, u boldir suyaklaridan bir oz uzoqlashadi. Shuning uchun ham bo’g’imning harakati shu tomonlarga (old va orqa) ancha engilroq bo’ladi. Bo’g’im bo’shlig’I boshqa bo’shliqlarga tutashmaydi.
Bo’g’im ikki yon tomondan, qisman old tomondan to’rtta boylam vositasida mustahkamlanib turadi. Bular: 1) deltasimon boylam (lig. deltoideum). U uchburchaksimon shaklga ega bo’lib, medial to’piqdan boshlanib, pastga yelpig’ichsimon ravishda yo’nalgan holda qayiqsimon suyak, oshiq hamda tovon suyaklariga birikadi; 2) oldingi oshiq - boldir boylami (lig. talofibular anterius) - kichik boldir to’pig’ining oldingi yuzasidan boshlanib, oshiqning tashqi tomoniga birikadi; 3) tovon-boldir boylami (lig. calcaneafi-bulare) - kichik boldir to’pig’ining tashqi sohasidan boshlanib, pastga va orqaga yo’nalib, so’ngra tovon suyagining tashqi yuzasiga birikadi; 4) orqa oshiq - boldir boylami (lig. talofibulare posterius) - kichik boldir to’pig’ining orqa yuzasidan boshlanib, oshiq suyagining orqa o’sig’iga birikadi. Bu boylam boshqa boylamlarga qaraganda ancha kuchli bo’ladi.
Bo’g’imning qon bilan ta`minlanishi asosan o’ziga yaqin o’tadigan qon tomirlari: oldingi va orqa katta hamda kichik boldir arteriyalari hisobiga boradi. Uni katta va kichik boldir teri osti nervlari innervatsiyalaydi.

Download 0.82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   123




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling