Anatomiyadan amaliy
Oyoq panjasining ostki (kaft) yuzasi (plantar pedis)
Download 0.82 Mb.
|
Topografik anatomiya va Operativ Xirurgiya
Oyoq panjasining ostki (kaft) yuzasi (plantar pedis). Terisi qalin, dag’al, chuqur joylashgan aponevroz bilan birikkanligi uchun harakatsiz. U kaft nervlari bilan innervatsiyalanadi. Medial kaft nervi I - IV barmoqlarning, lateral kaft nervi - IV – V barmoqlarning terisini innervatsiyalaydi.
Teri osti yog’ to’qimasi zich joylashib, unda terini aponevroz bilan birlashtirib turadigan aponevroz pay tolalari o’tganligi tufayli, ayrim-ayrim bo’laklarga bo’lingan bo’ladi. Yog’ to’qima ayniqsa kaftga gavda bosimi tushadigan sohalarda (tovon hamda kaft suyaklar boshchalari) ko’p joylashgan. Kaft aponevrozi (aponevrosis plantaris) qalin va zich joylashgan pay tolalaridan hosil bo’lib, tovon suyagidan, barmoqlarning asosigacha bo’lgan masofada joylashadi. Shakli uchburchaksimon bo’lib, kaft sohasining o’rta qismini yopib turadi. Shuning bilan bir qatorda bu aponevrozdan I - V barmoqlarning mushaklariga pay tolalari tarqaladi. Kaft aponevrozida, xususan uning distal qismlarida, bir nechta teshiklar bo’lib, ular orqali mayda qon tomir va nervlar kaft sohasining teri osti yog’ to’qimalariga chiqadi. Kaft aponevrozidan suyaklararo fastsiyalarga ikkita payli to’siq ajralib chiqib, aponevroz ostidagi bo’shliqni uchta bo’shliqqa ajratadi. Bu bo’shliqlar, bosh barmoq mushaklari yotqichi (medial yotqich), V barmoq mushaklari yotqichi (lateral yotqichi) va o’rta yotqichlardir. Medial yopqichning ichidan bosh barmoqni uzoqlashtiruvchi mushakning (m. abductor hallucis), bosh barmoqni bukuvchi kalta mushakning (m. flexor hallucis brevis) va bosh barmoqni bukuvchi uzun mushakning paylari o’tadi. Lateral yopqichning ichidan jimjiloqni uzoqlashtiruvchi mushak (m. abductor digiti minimi), uni bukuvchi mushak (m. flexor digiti minimi) va V barmoqni qarama-qarshi qo’yadigan mushak (m. opponens digiti minimi) lar yotadi. O’rta yotqichda esa barmoqlarni bukuvchi kalta mushaklar (m. flexor digitorum brevis), oyoq kaftining kvadrat mushagi (m. quadratus plantae) va barmoqlarni bukuvchi uzun mushakning payi hamda undan boshlanadigan chuvalchangsimon mushak (m. lumbricales)lap o’tadi. Bularning hammasidan chuqurlikda bosh barmoqni uzoqlashtiruvchi (m. abdector hallucis) mushak bilan kichik boldir uzun mushagi qiyshiq va ko’ndalang boshchalarining (caput obliquum et caput transversum) paylari yotadi. Keyinchalik bu pay, kaftning uzun boylami (lig. plantare longum)ning ichidan o’tib, kaft sohasini qiyshiq holda kesib o’tadi va medial ponasimon hamda I panja suyaklariga birikadi. Panja kaftining suyaklararo mushaklari (mm. interossei plantaris) suyaklararo fastsiyalar yordamida alohida yotqichda yotadi. Oyoq panjasining kaft yuzasidan qon tomir va nerv tutamlari o’tadigan ikkita egatchalar mavjud. Bularning ichki tomonidagi medial egatcha (sulcus plantaris medialis) deyilib, u barmoqlarni bukuvchi kalta mushaklar bilan bosh barmoq mushaklari orasida hosil bo’ladi. Tashqi egatcha - lateral egat (sulcus plantaris lateralis) deyilib, barmoqlarni bukuvchi kalta mushaklar bilan jimjiloq mushaklari orasida hosil bo’ladi. To’piq kanallaridan chiqqan kaft qon tomirlari va nervlari kaftga tovon suyagi bilan bosh barmoqni uzoqlashtiruvchi mushak orasidan o’tib keladi. Bu oraliqqa - tovon kanali deyiladi. Bu erdan kaftning medial qon tomiri va nervlari medial egatga qarab yo’naladi. Lateral qon tomir va nervlari esa avval o’rta yotqichda, barmoqlarni bukuvchi kalta mushak bilan kaftning kvadrat mushagi orasidan o’tib, so’ngra kaftning egatiga boradi. Keyinchalik kaft suyaklarining boshchalari ro’parasida yana kaftning lateral arteriyasi o’rta yotqichiga qaytadi va oyoq panjasining orqa arteriyasi bilan anastomoz hosil qilib, oyoq kaftining arteriya ravog’ini (arcus plantaris) hosil qilishda qatnashadi. Bu ravoqdan to’rtta oyoq-kaft arteriyalari (aa. metatarseae) chiqib, ularning har qaysisidan oyoq - kaft umumiy barmoq arteriyalari (aa. digitalis plantaris communis) va teshib o’tuvchi arteriyalar (aa. perforantis) chiqadi. Oxirgi, ya`ni teshib o’tuvchi arteriyalar oyoq panjasining ustki (orqa) yuzasiga o’tib, oyoq panjasi orqa arteriyasi tarmoqlari bilan anastomoz hosil qiladi. Shunday qilib, bu erda oldingi va orqa katta boldir arteriyalari orasida anastomoz hosil bo’ladi. Kaftdagi nervlar teridan tashqari, yana oyoq panjasi kaft yuzasidagi mushaklarni ham innervatsiya qiladi. Shunday qilib, kaftda to’rtta fassial g’iloflar tafovut qilinadi. Bular: medial, lateral va o’rta g’iloflar bilan suyaklararo mushaklar yopqichidir. Bularning ichida medial va lateral g’iloflar yopiq bo’ladi. O’rta g’ilof esa qon tomir va chuvalchangsimon mushaklar bo’ylab oyoq panjasining orqa sohasidagi yog’ to’qimalari bilan, to’piqlar va tovon kanallari orqali - boldirning orqa yuzasidagi chuqur yog’ to’qima bo’shliqlari bilan aloqa qiladi. Kaftning chuqur fastsiyasi barmoqlarni bukuvchi kalta mushaklar bilan oyoq kaftining kvadrat mushaklari o’rtasidan o’tib, o’rta yotqichni ikki bo’shliqqa bo’ladi. Yuzaki bo’shliqni ichida barmoqlarni bukuvchi kalta mushaklar, chuqur bo’shliqda – o’rta g’ilofdagi hamma mushaklar bilan kaftning ikkala qon tomir va nerv tutamlari joylashadi.O’rta yopqichning chuqur bo’shlig’iga kaft kanali (canalis plantaris) deyiladi. Bu kanalning yon tomonlarini aponevrozdan chuqurlikka ketuvchi to’siqlar, pastini kaftning - chuqur fastsiyasi vа ustini - kaftning uzun boylami chegaralab turadi. U yuqoriga, tovon kanaligacha davom etib, undan to’piqlar kanallarigacha boradi. Oxirgilari o’z navbatida, boldirning orqa sohasidagi chuqur yotqichlar bilаn aloqada bo’ladi. Shunday qilib, oyoq panjasining kaft yuzasidagi yiringli jarayonlari ushbu yo’llar orqali ma`lum joylargacha tarqalishi mumkin. Kaft sohasida bo’lgan kichik limfa tomirlari oyoq panjasining orqa sohasiga o’tib, u erda kollektor limfa olib chiqib ketuvchi yo’llarni hosil qiladi. Shuning uchun ham kaft sohasidagi yallig’lanish jarayonlarida oyoq panjasining orqa sohasi shishadi. Download 0.82 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling