Anatomiyadan amaliy
TEKSHIRISH UCHUN SAVOLLAR
Download 0.82 Mb.
|
Topografik anatomiya va Operativ Xirurgiya
TEKSHIRISH UCHUN SAVOLLAR
1. Dumba sohasida qanday mushaklar bor va ular qanday joylashgan? 2. Dumba sohasida qon tomir va nervlar o’tishi uchun qanday teshiklar bor? 3. Noksimon mushak osti va usti teshiklaridan qanday qon tomir va nerv tutamlari o’tadi? 4. Chov boylami bilan chanoq suyaklari orasidagi bo’shliq nima orqali va qanday qismlarga bo’linadi? 5. Mushak va tomirlar kovagidan (lakunasidan) nimalar o’tadi? 6. Son kanali ichki xalqasi nima va uning chegaralari qanaqa, uni nimalar to’ldirib turadi? 7. Son kanali qaerda va uning qanday devorlari bor? 8. Son kanalining yuzaki (tashqi) va chuqur (ichki) teshiklarini nimalar hosil qiladi (asl son churrasida)? 9. Sondagi Skarp uchburchagi qanday hosil bo’ladi? 10. Skarp uchburchagida qon tomir va nerv tutamlarining topografiyasi qanday? 11. Son-tizza osti (Gunter) kanali qanday hosil bo’ladi? 12. Sonda quymich nervining topografiyasi qanday? 13. Sonning g’ilofli tuzilishi qanday? 14. Sonda yiringli jarayonning asosiy tarqalish yo’llari qanaqa? 15. Tizza bo’g’imini hosil qilishda qanday suyaklar ishtirok etadi? 16. Tizza bo’g’imining burmalari qanday hosil bo’ladi? 17. Tizza osti chuqurchasining chegarasi qanday? 18. Tizza osti chuqurchasi tubini nima tashkil etadi? 19. Tizza osti chuqurchasida qon tomir va nerv tutamlarining topografiyasi qanday? 20. Boldir mushaklari nechta fassial g’ilofdan o’tadi va ular qanday hosil bo’lgan? Ularda qanaqa mushaklar yotadi? 21. Boldirning oldingi qon tomir va nerv tutamlarining topografiyasi qanday? 22. Boldirning orqa qon tomir va nerv tutamlarining topografiyasi qanday? 23. Oyoq panjasidagi teri, teri osti yog’ to’qimasi va oyoq kafti aponevrozining anatomik tuzilish xususiyatlari qanday? 24. Oyoq kaftida qanaqa fassial g’iloflar bor? 25. Oyoq kaftining kanali qanday hosil bo’lgan va uning ichidan nimalar o’tadi? 26. To’piq va tovon kanallari qanday hosil bo’ladi va ulardan nimalar o’tadi? Download 0.82 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling