Anatomiyadan amaliy


So’rg’ichsimon o’siq sohasi (reg. mastoidea)


Download 0.82 Mb.
bet46/123
Sana20.06.2023
Hajmi0.82 Mb.
#1633266
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   123
Bog'liq
Topografik anatomiya va Operativ Xirurgiya

So’rg’ichsimon o’siq sohasi (reg. mastoidea). Bu soha quloq suprasining orqasida joylashib, uning chegarasi hamma tomonlari aniq paypaslanadigan so’rg’ichsimon o’simta
joylashgan joyga to’g’ri keladi. (27- rasm). Sohaning orqa tomonida ensa arteriyasining pulsini aniqlash mumkin. Suyak ichidа joylashgan tuzilmalar tasvirini aniqlash uchun uning tashqi yuzasini ikkita chiziq yordamida to’rtta kvadratga bo’linadi. Bunda bitta vertikal chiziq o’simtaning o’rtasi bo’ylab uning ichidan asosigacha o’tkaziladi. So’ngra bitta gorizontal chiziqni shu vertikal chiziqning teng o’rtasidan o’tkaziladi. Natijada to’rtta kvadrat hosil bo’lib, uning yuqorigi oldingi kvadratiga so’rg’ich bo’shlig’i (antrum mastoideus), oldingi pastki kvadratiga - yuz nervining kanali, orqa yuqorigi kvadratiga - kallaning orqa chuqurchasi va nihoyat, orqa pastki kvadratiga sigmasimon sinus (sinus sigmoideus)larning tashqi tasvirlari to’g’ri keladi.
Terisi yupqa, sochsiz, harakatchan, ammo burmalar hosil qilmaydi. Teri osti yog’ qavati siyrak, uning ichida quloqning orqa mushagi (m. auricularis posterior) quloq oldi (nodi lymphatici parotidei) va so’rg’ichsimon o’simta (nodi lymphatici mastoidei) -limfa tugunlari joylashadi. Bundan tashqari, bu joydan shu sohaning qon-tomir va nerv tutamlari, ya`ni quloqning orqa arteriyasi va venasi(a. et v. auricularis posterior - tashqi uyqu arteriyasidan), quloqning katta hamda ensaning kichik nervlari (n.n. auricularis magnus et occipitalis minor) va yuz nervining orqa tarmoqlari (g. posterior n. facialis) o’tadi.
Sohaning yuza fastsiyasi uning yuqori qismlarida aponevroz qalpoq bilan birikadi. Xususiy fastsiyasi esa so’rg’ichsimon o’simta suyagining g’adir - budur sohasida (crista mastoidea) suyak usti pardasiga birikib, shu yerga birikadigan mushakka o’tib ketadi. So’rg’ichsimon o’siqqa m. m. sternocleidomastoideus et splenus capitis va ikki boshli mushakning orqa qorinchalari (m. digastricus) kelib birikadi.
Bu mushaklarning ostida, so’rg’ichsimon o’siq egatchasiga yonma-yon va ichkarida - ensa arteriyasi o’tadi. Sohaning suyak usti pardasi so’rg’ichsimon o’siq tashqi yuzasi bilan mustahkam birikib, faqat uning silliq uchburchaksimon maydoni sohasida yaxshi birikmagan. Bu uchburchakka Shipo uchburchagi deyilib, yiringli mastoiditlarda shu uchburchak sohasini teshib operatsiya qilinadi. Uchburchakning quyidagi chegaralari mavjud: oldindan - quloq tashqi eshituv teshigining orqa chakkasi bilan uning ustidagi o’siq (spina suprameatica), orqadan – so’rg’ichsimon o’siqning qirrasi (crista mastoidea) va yuqoridan - yonoq o’sig’ining (processus zygomaticus) ustki sohasidan o’tkazilgan gorizontal chiziq.
So’rg’ichsimon o’siqning ichki tuzilishi ko’pgina katakchalardan (cellulae mastoidea) iborat. Katakchalarning o’zaro birlashgan - eng kattasiga so’rg’ichsimon o’simta g’ori (antrum mastoideum) deyilib, bu bo’shliq shu yerga olib keluvchi yo’l (aditus ad antrum) orqali nog’orasimon bo’shliqni birlashtiradi. G’orsimon bo’shliqning yuqori devori, uni kallaning o’rta chuqurchasidan ajratib turadi. Bo’shliqning medial devorida g’orga kirish yo’lidan tashqari ikkita do’mboqlar o’rnashgan. Bular lateral yarim aylana kanalning hamda yuz nervi kanalining do’mboqlaridir (prominentia canalis semicircularis lateralis et prominentia canalis facialis).
Sigmasimon sinus (sinus sigmoideus) g’orsimon bo’shliqning orqa devoriga eng yaqin bo’lib o’tadi. Oldingi devoriga – yuz nervining kanali yaqin o’tadi.
So’rg’ichsimon o’siq bo’shlig’ining uzunligi tahminan 12 mm, kenligi - 7mm ga teng. U suyak yuzasidan 1.5 - 2 sm cha chuqurlikda joylashgan.Bu bo’shliqni trepanatsiya qilishda Shipo uchburchagidan chiqib ketmaslik kerak. Aks holda chegaradan yuqoriga chiqilsa, kallaning o’rta chuqurchasini, orqaga chiqilsa - sigmasimon sinusni va nihoyat, oldinga chiqilsa - yuz nervini (canalis facialisdan chiquvchi) jarohatlab qo’yish mumkin.

Download 0.82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   123




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling