Anatomiyadan amaliy


Yuzning yon sohasi (reg. facialis lateralis)


Download 0.82 Mb.
bet51/123
Sana20.06.2023
Hajmi0.82 Mb.
#1633266
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   123
Bog'liq
Topografik anatomiya va Operativ Xirurgiya

Yuzning yon sohasi (reg. facialis lateralis). Soha yuqoridan, ko’z kosasining pastki qirrasidan, yonoq suyagi usti bo’ylab, quloqning tashqi eshituv teshigigacha o’tkazilgan chiziq orqali, pastdan - pastki jag’ning pastki qirrasi bo’ylab va orqadan - pastki jag’ orqa shoxining orqa yuzasi bilan chegaralanadi. Chaynov mushagining (m. masseter) oldingi qirrasidan o’tkazilgan chiziq, yuzning yon sohasini ikki sohaga: lunj hamda quloq oldi - chaynov sohalariga bo’ladi.
Lunj sohasi (reg. buccalis). Sohaning terisi yupqa, ter hamda yog’ bezlariga boy bo’lib, teri osti yog’ to’qimasi hamda mimika mushaklariga yaxshi birikkan bo’ladi. Erkaklarda sohaning pastki qismlari jun bilan qoplangan bo’ladi. Terini uch shoxli nervning tolalari innervatsiyalaydi.
Teri osti yog’ to’qimasi umuman yaxshi rivojlangan bo’lib, bu asosan bolalar hamda xotinlarda yaqqol ko’zga tashlanib turadi. Yuzaki fastsiya yog’ to’qimani teri bilan yaxshi birikkan, yuzaki hamda chuqur qavatlarga bo’lib turadi. Chuqur qavatda asosan mimika mushaklari, qon tomirlar va nervlar joylashadi. Mimika mushaklari bosh suyagining yuz qismidan boshlanib, lunj sohasida bir-biridan ajralgan holda joylashadi. Ularning oralari fastsiyalararo yog’ to’qimalar bilan to’lib turadi.
Yuzning mimika mushaklariga: ko’zning aylana mushagi (m. orbicularis oculi), yuqori labni ko’tarib turuvchi mushak (m. levator labii superioris), yonoqning katta va kichik mushagi (m. zygomaticus major et minor), lunj mushagi (m. buccinator), og’izning aylana mushaklari (m. orbicularis oris), pastki labni pastga tortuvchi mushak (m. depressor labii inferioris), og’iz burchagini pastga tortuvchi mushak (m. depressor anguli oris)lar kiradi. Bularning hammasi yuz nervining tarmoqlari bilan innervatsiyalanadi.
Yuzning yog’ tanasi (coprus adiposum buccae) lunj sohasida yuz chaynov mushagining oldingi sohasida joylashib, ancha qalinlashgan fastsiyaga o’ralgan bo’ladi. Bu fastsiya yog’ tanani teri osti yog’ to’qimasidan hamda mimika mushaklaridan ajratib turadi. Bu yog’ tanadan chakka osti, chakka va qanotsimon chuqurchalarga yog’ shoxlari tarqaladi.
Teri osti yog’ to’qimasining chuqur sohasida mimika mushaklari yuzaki qavatlarining ostida yuz arteriyasi (a. facialis) o’tadi (32- rasm). U tashqi uyqu arteriyasining tarmog’idan chiqib, jag’ osti bezining orqasidan, pastki jag’ osti uchburchagidan o’tgach, pastki jag’ning pastki qirrasini aylanib, lunj sohasiga o’tadi. Bu yerda, chaynov mushagining oldingi yuzasida uning pul'sini aniqlash mumkin. So’ngra bu arteriya lunj sohasining oldingi sohasiga o’tib, ko’zning ichki burchagiga qarab yo’naladi va burchak arteriyasi (a. angularis) nomini oladi. So’ngra ichki uyqu arteriyasining tarmog’i bo’lmish ko’z arteriyasining tarmog’i, burunning orqa arteriyasi (a. dorsalis nasi) bilan anastomoz hosil qiladi.
Yuz arteriyasidan tanglayning yuqoriga ko’tariluvchi arteriyasi (a. palatina ascendens) chiqib, u halqum yon devoridan o’tgach, yuqorida yumshoq tanglayga boradi va tanglay bodomcha beziga (rami glandulares), til osti so’lak beziga (a. submentalis), og’iz bo’shlig’ining diafragmasi va mayda so’lak bezlariga o’z tarmoqlarini beradi. Bundan tashqari, yuz arteriyasi pastki hamda (a. labialis inferior), yuqori labga (a. labialis superior) o’z tarmoqlarini beradi. Bularning birinchisi, pastki lab sohalarini qon bilan ta`minlasa, ikkinchisi - yuqori lab sohalarini qon bilan ta`minlaydi.
Yuz arteriyasining orqasida yuz venasi o’tadi. U ham arteriyadek juda ko’p anastomozlarga ega. Masalan, ko’zning ichki burchak sohasida ustki ko’z venasi boshdagi g’ovak vena bo’shliqlari bilan aloqa qiladi. Shu jihatdan yuzdagi yiringli yallig’lanish jarayonlarida infeksiya yuzdan shu anastomoz hosil qilgan venalar orqali g’ovak vena sinuslariga o’tishi va u yerda bosh miya abssessini yoki u yerdagi venalarda tromb hosil qilishi mumkin. Bundan tashqari, yuz venasi, yuzning chuqur sohasidagi venalar bilan ham, ular orqali qanotsimon vena chigallari bilan ham anastomoz hosil qiladi. Qanotsimon vena chigallari esa, o’z navbatida, ko’zning pastki venasi orqali boshning g’ovak vena sinusi bilan aloqada bo’ladi. Bu ham yuzdagi yiringli infeksiyaning kalla bo’shlig’iga tarqalishini ta`minlaydi.
Teri osti yog’ to’qimasining ostida lunj - halqum fastsiyasi (fascia buccopharengea) yotadi. Bu fastsiya mushakni tashqi tomondan yopib, uning orqa sohasida qalinlashgan boylamni - qanotsimon-pastki jag’ - (raphe pterygomandibularis) chokini hosil qiladi. Bu chok qanotsimon o’simta ilmog’i bilan pastki jag’ning lunj chizig’i orasida tortilib turadi. So’ngra fastsiya halqumning orqasiga o’tib, uning yuzaki qisqichini yopadi.
Fastsiya ostida lunj mushagi (m. buccinator) yotib, u qanotsimon pastki jag’ chokidan hamda yuqori va pastki jag’lardan boshlanib, oldindan og’izning aylana va boshqa og’iz mushaklariga birikadi. Lunj mushagi ichki tomonidan shilliq qavat bilan qoplanib, u bilan mustahkam birikadi. Birinchi yuqorigi oziq tishlar ro’parasida quloq oldi bezining chiqaruv yo’li lunj mushagining ichidan teshib o’tadi.
Teri osti yog’ to’qimasining chuqur qavatlarini yuqori sohalarida yuzaki mimika mushaklari joylashadi. Bu yerga ko’z kosasi pastki qirrasidan 0,5 sm pastroqda, ko’zning pastki yorig’idan, ko’z kosasining pastki qon tomir va nerv tutamlari chiqib keladi, Ko’z kosasining pastki arteriyasi - yuqori jag’ arteriyasining tarmog’idir. Shu nomli vena ko’z kosasining pastki venasiga yoki qanotsimon vena chigaliga quyiladi. Ko’z kosasi pastidagi nerv (n. infraorbitalis) uch shoxli nervning II tarmog’idagi ustki jag’ nervining eng yo’g’on va uzun shoxi bo’lib, ko’z kosasining pastki yorig’i(fissura infraorbitalis) orqali ko’z kosasi ichiga kiradi va uning pastki devoridagi sulcus infraorbitalis hamda canalis infraorbitalis lar orqali ko’z kosasining pastki qirrasidagi teshikdan tashqariga chiqib, pastki qovoq ustki lab va burunning yon devorlaridagi terini innervatsiya qiladi.
Iyak osti qon - tomir va nerv tutamlari pastki jag’dagi shu nomli teshikdan (for. mentalis) chiqib suyak usti pardasida yotadi.
Iyak nervi (n. mentalis) pastki katakchalar nervi (n. alveolaris inf.) uchlamchi nervining III tarmog’idagi oxirgi tarmoq hisoblanib, pastki lab shilliq qavatini hamda terisini innervatsiya qiladi. Iyak teshigidan chiqqan iyak arteriyasi, pastki tish kataklari arteriyasining (a. alveolaris inferior) davomi bo’lib, pastki jag’ va iyak mushaklariga tarqaladi. Shu nomli vena, yuzning chuqur sohalariga yo’naluvchi pastki tish kataklari venasiga ochiladi. Mimika mushaklarini harakatlantiruvchi nervlar - yuz nervining tarmoqlari (rr. zygomatici buccalis)dir. Ular quloq oldi bezining ichidan o’tib, mimika mushaklariga ularning chuqur sohalari orqali yetib keladi.

Download 0.82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   123




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling