Anatomiyadan amaliy
Download 0.82 Mb.
|
Topografik anatomiya va Operativ Xirurgiya
- Bu sahifa navigatsiya:
- 5. Tasviriy anatomiya
- 7. Azolarning innervatsiyasi
1. Golotopiya – o‘rganilayotgan a'zoni odam tanasiga nisbatan qaуerda va qanday joylashishi.
2. Skletotopiya – shu a'zoni odam skletiga nisbatan (qovurg‘alar, umurtqalar va h.k.) joylashishi, ularga munosabati. 3. Sintopiya – o‘rganilayotgan a'zoni o‘rab turgan to‘qima va a'zolar bilan o‘zaro munosabati. 4. A'zolarning anatomik ta'rifi – shakli, hajmi, holati, qismlari, qirralari va boshqa ma'lumotlari (rangi, zichligi va h.k.). 5. Tasviriy anatomiya – ichki a'zolar tasvirini terida yoki tana yuzasida aniqlash uchun shu a'zolar tasviriga mos keladigan har xil chiziqlar o’tkazib aniqlanadi. 6. A'zolarning joyida tutib turilishi – ularni har xil bog‘lamlar yordamida yaqin to‘qimalarga, a'zolarga birikib turishi, o‘z o‘rnida mustahkam joylashishi, bu bog‘lamlarning katta – kichikligi, uzun-kaltaligi, bog‘lamlar ichidan o’tadigan qon - tomir va nervlarning topografiyasi va h.k. 7. A'zolarning innervatsiyasi – a'zolarga keladigan nerv tolalarning yo‘nalishi, qaysi nervlardan yoki chigillardan chiqib kelishi, parasimpatik va simpatik nerv tolalarning qatnashishi, ularning o‘zaro munosabati. 8. Limfa oqimi – a'zolarning asosiy limfa yo‘llari, ularning borib ochiladigan regionar limfa tugunlari, xavfli shish metastazlari va yiringli infeksiyaning bular orqali tarqalish yo‘llari. Ichki a'zolar topografik anatomiyasining bu tartibda o’tilishi keyinchalik talabalarda operativ jarrohlikdan o’tiladigan mavzu bo‘yicha уetarlicha bilim va malaka hosil qilishda qo‘l keladi. Darslik Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi tomonidan operativ jarrohlik va topgrafik anatomiya fani bo‘yicha tibbiyot institutlari davolash fakultetining 3 - 4 kurs talabalari uchun tasdiqlangan dasturi asosida o‘zbek tilida yozilgan birinchi ishdir. Ushbu darslik muallifining shu fan bo‘yicha ko‘p yillar davomida shug‘ullangan va o‘qigan leksiyalari hamda u ishlab turgan Samarqand tibbiyot instituti operativ jarrohlik va topografik anatomiya kafedrasi ish tajribasining mahsuli sifatida yuzaga keldi. Darslikni yozishda rus tilida yozilgan o‘quv qo‘llanmalaridan hamda tibbiyot institutlari uchun o‘zbek tilida yozilgan mavjud anatomiya darsliklaridan foydalanildi. Darslikdagi rasmlar, asosan, operativ jarrohlik va topografik anatomiya faniga oid o‘quv qo‘llanmalari va darsliklaridan olindi. Bunda hamma topografik – anatomik ma'lumotlar mashg‘ulotlarni o‘zbek tilida olib borish talablari e'tiborga olingan holda qayta ko‘rib chiqildi. Amaliy qo‘llanmaning ayrim boblarini yozishda o‘zlarining qimmatli maslahatlarini bergan Toshkent tibbiyot pediatriya oliy bilimgohi operativ jarrohlik va topografik anatomiya kafedrasining professori marhum S.A.Dolimovga, shu kafedra mudiri, prof. Sh.M.Ahmedovga, Toshkent I tibbiyot oliy bilimgohi operativ jarrohlik va topografik anatomiya kafedrasining mudiri, professor N.H.Shomirzaуevga hamda Toshkent vrachlar malakasini oshirish ilmgohi operativ jarrohlik va topografik anatomiya kafedrasining mudiri, professor A.G‘.Mirzamuhamedovga muallif o‘z minnatdorchiligini bildiradi. Qo‘llanma mazmuni bo‘yicha har qanday tanqidiy mulohazalarni muallif mamnuniyat bilan qabul qilib, kelgusi ishlarida inobatga oladi. Download 0.82 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling