And Education Scientific Journal / issn 2181


Download 195.04 Kb.
bet1/4
Sana19.06.2023
Hajmi195.04 Kb.
#1624735
  1   2   3   4
Bog'liq
tijorat-banklarida-zamonaviy-axborot-texnologiyalaridan-foydalanishni-takomillashtirish



"Science and Education" Scientific Journal / ISSN 2181-0842

June 2022 / Volume 3 Issue 6


Tijorat banklarida zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalanishni takomillashtirish


Xayotbek Rustamov




Annotatsiya: Maqolada raqamli bank texnologiyalari va ularning tarkibi hamda elementlari keng yoritib berilgan. Bank texnologiyalari bo‘yicha xorijiy va mahalliy olimlarning ilmiy qarashlari chuqur o‘rganilgan, tahlil qilingan va mualliflik fikrlar bildirilgan. Bundan tashqari, bank texnologiyalaridan samarali foydalanish va ularning samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha ilmiy asoslangan takliflar ishlab chiqilgan.
Kalit so’zlar: bank texnologiyalari, axborot texnologiyalari, mobil bank, kredit, risk, kompyuter, karta, NSDT, USSD, NFC.


Improving the use of modern information technologies in commercial banks


Xayotbek Rustamov




Abstract: The article describes digital banking technologies and their composition and elements. The scientific views of foreign and domestic scientists on banking technologies have been thoroughly studied, analyzed and author's opinions have been expressed. In addition, scientifically based recommendations have been developed for the effective use of banking technologies and their further efficiency.
Keywords: banking technology, information technology, mobile banking, credit, risk, computer, card, NSDT, USSD, NFC.


KIRISH


Moliyaviy sektorni izchil isloh qilish davomida qator chora-tadbirlar amalga oshirildi va natijada ilg‘or bank biznesini yuritish hamda ushbu sektorda raqobat muhitini kuchaytirish uchun zarur huquqiy shart-sharoitlar yaratildi.
Xususan, xalqaro standartlarga muvofiq keladigan va moliyaviy sohaga xorijiy investitsiyalar kiritish uchun jozibador huquqiy muhitni yaratadigan O‘zbekiston Respublikasining «O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki to‘g‘risida»gi,
«Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida»gi, «Valyutani tartibga solish to‘g‘risida»gi hamda «To‘lovlar va to‘lov tizimlari to‘g‘risida»gi yangilangan qonunlari qabul qilindi.

Shu bilan birga, bank sohasidagi hozirgi holat tahlili bank sektorida davlatning yuqori darajadagi aralashuvi, davlat ishtirokidagi banklarda menejment va tavakkalchiliklarni boshqarish sifatining yetarli emasligi, iqtisodiyotda moliyaviy vositachilikning past darajasi kabi bank sektorini iqtisodiy yangilanishlar va jamiyat ehtiyojlariga mos ravishda rivojlantirishga to‘sqinlik qilayotgan qator tizimli muammolar mavjudligini ko‘rsatmoqda1.
Bugungi texnologiyalarning taraqqiyoti masofadan boshqariladigan va sun’iy intellekt asosida ishlaydigan texnologiyalargacha yetib keldi2.
Texnologik taraqqiyotning bunday yutuqlari kirib kelmagan soha deyarli qolmadi. Jumladan, axborot, kompyuter, aloqa, tibbiyot, transport kabi texnologiyalar ijtimoiy sohalar (ta’lim, tibbiyot, ma’daniyat, san’at va boshqa) hamda iqtisodiyot (qishloq xo‘jaligi, sanoat, qurilish, xizmat ko‘rsatish, transport va aloqa kabi) tarmoqlarida, shuningdek huddi shular qatori bank sohasida ham keng foydalanib kelinmoqda.

Download 195.04 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling