Andalusiya fathi islom tarixidagi muhim tarixiy voqeadir


“PEDAGOGS”   international research journal ISSN


Download 0.81 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/4
Sana15.06.2023
Hajmi0.81 Mb.
#1478349
1   2   3   4
Bog'liq
118-121

“PEDAGOGS” 
 international research journal ISSN: 
2181-4027
_SJIF: 
4.995
 
www.pedagoglar.uz
 


Volume-30, Issue-2, March - 2023
 
120 
ijobiy baholagan bo’lsada, lekin yo’l qo’yilgan xató va kamchiliklarni ham eslatib 
o’tadi. Inson tarixni o’rganar ekan, o’zi uchun xulosa chiqarishi, tarixiy shaxslar va 
voqealardan ibrat olishi zarur bo’ladi. Tarixda yo’l qo’yilgan xato va kamchiliklarni 
takrorlamaslik kelajak avlodning vazifasi hisoblanadi. Muftiy Mahmudxo’ja voqealar 
jarayonini “”Oqibat, oralarinda jaholat va safohat yer tutdi, bir-birlarig’a dushman 
bo’ldilar, ilm va ulamo o’rnig’a umarolar qiz va kanizlar, cholg’u va o’yunchilar ila 
suhbat etib, vaqt kechurdilar, ulamo amri ma’ruf yerig’a sukut va nafi shaxsiyni ixtiyor 
etdilar, digar tarafdan, faranglar islomlarni ul zamonga ilm va fanini o’qub, aning 
vositasi ilan o’zlarini musulmonlarni(ng) tobeligidan qutqardilar va hukumatni zabt 
etdilar, oxiri barcha musulmonlarni nasoro bo’lmloqg’a va mamlakatdan chiqmoqg’a 
jabr etdilar. Yahudiylarg’a ham bu hukm joriy edi”
2
deb davom ettiradi. Demak 
Andalusiya zabt etilgandan so’ng musulmonlarning u yerdagi hukmronlik davri 
tugaydi. Buning sababini muftiy Mahmudxo’ja ilm va olimlarning o’rniga 
umarolarning qiz va kanizlar, cholg’u va o’yinchilar bilan vaqtichog’lik qilib, 
maishatga berilgani va boshqalar bilan izohlaydi. Bu ishlarning oxiri musulmonlarning 
o’zlari uchun katta zarar edi. Chunki ular o’zlari egallagan va obod qilgan 
Andalusiyani beixtiyor, nochor hollarida tark etadilar. Yana muftiy Mahmudxo’ja “bul 
alarni zamonag’a muvofiq turmag’onlarining va mag’rur bo’lub, ilm va fan o’rnig’a 
safohat va zavqparast va ixtilofg’a mayl etgonlarining jazosi edi” deydi. Demak, o’z 
o’rnida barcha o’zi uchun tarixiy voqealardan xulosa qilib olshi zarur. Muftiy 
Mahmudxo’ja Behbudiy yuqorida keltirilgan fikrlarida ilm-fandan boshqa narsalarning 
ustun qo’yilishini ko’proq ta’kidlagan. Zamonga mos ravishda ish tutmaslik esa uning 
boshqa maqolalarida ham ko’plab muammolarni keltirib chiqargani har bir davrda 
muammolarning yuzaga kelishiga sabab bo’lganini anglatadi. Muftiy Mahmudxo’ja 
Behbudiy Andalusiya tarixiga oid ma’lumotlarni bayon qilar ekan, ilm-fandan 
chalg’ib, zamonga mos ravishda ish tutmagan, natijada Andalusiyani tark etishga 
majbur bo’lganlar haqida kuyunib Qur’oni Karimdagi quyidagi oyatni o’z maqolasida 
keltiradi: 

Download 0.81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling