Andalusiya fathi islom tarixidagi muhim tarixiy voqeadir
َّ نِإ َّه للّٱ َّهل َُّرِ یهغُی اهم َّ م ۡوهقِب َّ ى تهح َّ اوُرِ یهغُی اهم َّ ۡمِهِسُفنهأِب
Download 0.81 Mb. Pdf ko'rish
|
118-121
- Bu sahifa navigatsiya:
- “PEDAGOGS” international research journal ISSN: 2181-4027 _SJIF: 4.995
َّ نِإ َّه للّٱ َّهل َُّرِ یهغُی اهم َّ م ۡوهقِب َّ ى تهح َّ اوُرِ یهغُی اهم َّ ۡمِهِسُفنهأِب
Albatta, biror qavm o’zidagi narsani o’zgartirmaguncha Alloh ularning holatini o’zgartirmaydi 3 . (Ra’d, 11-oyat) Andalusiya bugungi kunda Ispaniya va Portugaliya qisaman Fransiyaga to’g’ri keladi. Mahmudxo’ja Behbudiy Andalusiya haqida yozgan maqolasida ko’plab tarixiy me’moriy obidalar haqida ham ma’lumot bergan. Bugungi kunda Andalusiyada 2 Behbudiy, Mahmudxo’ja Tanlangan asarlar. J.2. – Toshkent: Akademnashr, 2021. 51-bet. 3 Qur'oni Karim va o'zbek tilidagi ma'nolar tarjimasi. Shayx Usmonxon Temurxon o’g’li Samarqandiy. Turkiya, Ankara-2021 “PEDAGOGS” international research journal ISSN: 2181-4027 _SJIF: 4.995 www.pedagoglar.uz Volume-30, Issue-2, March - 2023 121 bunyod etilgan tarixiy obidalar ma’lum va mashxur. Lekin Mahmudxo’ja Behbudiy davrida tarixiy obidalar haqidagi ma’lumotlarni bilish kishidan tarix fanini, jumladan islom tarixini yaxshi o’zlashtirishni talab qiladi. Andalusiya o’zining tarixiy yodgorliklari bilan mashhur hisoblanadi. Muftiy mahmudxo’ja Behbudiy o’z maqolasida musulmonlar tomonidan Andalusiyada bunyod etilgan tarixiy yodgorliklarni quyidagicha bayon qiladi: “Ul diyorda musulmonlardan qolgan mashhuri olam “Jomeul kabir” bu kun kalisodur. “Madinat uz-zahr”, al-Hamro, al- Bayzo, al-Qasr va Misri Kabir, bino va madaniy borgoh va saroylarining dabdaba va hashamati bu kungi sayyoh va muhandislarni dasti badindan hayrat etar. Va sof marmardan bino va hanuz olam hayotida bo’lub ilgarigi musulmonlarni(ng) madaniyat va sa’ylarining mujassam shohidlaridur” 4 . E’tiborli jihati shundaki, Andalusiyada bunyod etilgan obidalar haqida ma’lumot bera turib, ularning qurilishida qanday materiallardan foydalanilganligi ham keltiriladi. Demak Muftiy Mahmudxo’ja Behbudiy Andalusiya tarixini juda ham sinchikovlik bilan o’rganib chiqqan. Andalusiyada musulmonlar tomonidan asos solingan va g’oyat go’zal manzarani o’zida aks ettirgan ma’lum va mashhur shaharlar bo’lgan. Muftiy Mahmudxo’ja Andalusiyadagi shaharlarning biriga ham to’xtalib o’tgan. Shu kabi shaharlardan biri Qurtuba shahridir. Qurtuba “Kordova”, “Kordobo”, “Qurduba” kabi nomlar bilan ham ataladi. X asrda Andalusning Qurtuba shahrida 70 dan ziyod kutubxona bo’lib, saroy kutubxonasida 60 mingdan oshiq kitob saqlangan. Mahmudxo’ja Behbudiy Qurtuba shahri haqida “Qurtuba shahri Andalus xilofati umaviya va islomiyasining poytaxti bo’lub, Vodiy al-Kabir nahri kanorinda voqe ediki, al-on Kurdu atolib, 50 ming qadar nasoro xalqi bor va Ispaniya davlatining qo’lindadur. Musulmonlar zamonida bu shahar dunyoning eng ma’mur va obod va jamiyatlik shaharlarining birinchilaridan erdi. Shaharning uzunligi 36 chaqirim, eni 9 chaqirim bo’lub, masohayi sathiyasi shaharg’a qarashli bog’chalari ilan 324 murabba chaqirim edi. Holbuki, bu kungi Lo’ndunning masohayi sathi 176 chaqirimdur” 5 . Muftiy Mahmudxo’ja buncha ma’lumotlarni qayerdan olgan? Balkim Jo’rji Zaydon Misriyning asarlarini o’qib o’rgangdir. Chunki u o’z maqolasida Jo’rji Zaydon Misriydan iqtibos ham keltirgan. Iqtibosga ko’ra Qurtuba shahrida 113 ming hukumatga taaluqli qasrlar, 3873 ta masjid, 500 ta hammom va boshqalar bo’lgan. Xulosa qilib aytganda mufiy Mahmudxo’ja Behbudiy islom ilmlari bilan bir qatorda islom tarixini ham puxta bilgan. Bunga Andalusiya tarixiga oid ma’lumotlar va maqolasi yaqqol misol bo’la oladi. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI: 1. Behbudiy, Mahmudxo’ja Tanlangan asarlar. J.2. – Toshkent: Akademnashr, 2021.- 312 b. 4 Behbudiy, Mahmudxo’ja Tanlangan asarlar. J.2. – Toshkent: Akademnashr, 2021. 52-bet. 5 Behbudiy, Mahmudxo’ja Tanlangan asarlar. J.2. – Toshkent: Akademnashr, 2021. 52-bet. Download 0.81 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling