Andalusiyaning fath etilishi


Download 257.46 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/2
Sana04.09.2023
Hajmi257.46 Kb.
#1672492
  1   2
Bog'liq
Xolmatov Shukurillo Ziyovidin o`g`li



Международный научный журнал № 3 (100), часть 1 
«Научный импульс» Октябрь, 2022
541 
ANDALUSIYANING FATH ETILISHI 
 
Xolmatov Shukurillo Ziyovidin o`g`li 
Farg`ona davlat universteti Tarix fakulteti magistranti 
Annotasiya:Mazkur maqolada Andalusiyaning hududi,arablar tomonidan fath 
etilishi,manbalarda qachondan Al-Andalus degan nom bilan atalishi,shimoliy Afrikaning 
egallanishidan boshlab,o`sha davrdagi arab xalifaligidagi siyosiy vaziyat haqida bayon 
qilingan.Bundan tashqari Andalusiyani fath etilishida Toriq ibn Ziyodni o`rni,uning harbiy 
mahorati,shuningdek Andalusiyadagi arab bosqinigacha bo`lgan davrda siyosiy 
vaziyat,Umaviylar va Abbosiylar o`rtasidagi toj-u taxt uchun kurash bayon 
qilingan.Andalusiyada ilm-fanning taraqqiy etishi haqida ma`lumotlar keltirilgan. 
Kalit so`z va iboralar:Andalusiya,arab xalifaligi,Shimoliy Afrika,Ispaniya,Toriq ibn 
Ziyod,barbarlar,umaviylar,abbosiylar,ilm- 
fantaraqqiyoti,islom 
dini, 
musulmonlar, 
hukmdorlar, masjidlar, yevropa. 
Andalusiya (isp. Andalucía, arab. سلدنلأا)hozirgi zamonaviy Ispaniyaning janubiy, eng 
serhosil viloyati, avtonom hududdir. Markazi – Sevilya shahri. Andalusiya nomining kelib 
chiqishi aniqlanmagan.Lekin bir qancha ilmiy nazariylar o`z tahminlarini bildiradi.
41
Arablar 
8-asr avvalida Pireney yarim orol katta qismini egallagach, oʻsha joylarni Andalusiya (al-
Andalus) deb ataganlar. Andalusiyada qadimda Iberlar yashagan. Andalusiyada 
finikiyaliklarning manzilgohlari (koloniyalari) [Gades (Kadis), Korduba (Kordova), Malaka 
(Malaga) va boshqa], soʻngra karfagenliklarning manzilgohlari boʻlgan. Ispaniyada Rim 
hukmronligi davrida A. Betika (Rim provinsiyasi) hududiga kirgan. Arablar hukmronligi 
oʻrnatilgan davrda Andalusiya 4 ta qirollik (amirlik) – Xaen, Kurtuba, Sevilya, Gʻarnataga 
boʻlingan.
42
Toponim al-Andalus birinchi bo'lib 716 yilda Iberiya yangi musulmon hukumati 
tomonidan zarb qilingan tangalardagi yozuvlar bilan tasdiqlangan. Ushbu tangalar da, ikkita 
tilda ham yozilgan Lotin va Arabcha. Ismning etimologiyasi "al-Andalus"deb bitilgan.
43
711-yilda Shimoliy Afrika arablari Gibraltardan o`tib, Ispaniyaga bostirib kirdilar va uch 
yil davomida janubiy va markaziy viloyatlarni egalladilar, bu hududlarni Al-Andalusiya deb 
atadilar. “Andalusiya” janubiy mintaqa degan ma`noni anglatadi va u yerda hozirga qadar 
arablar ta`siri sezilib turadi
44
. Andalusiya janubi-g`arbda Atlantika okeani, janubi-sharqda 
O`rtayer dengizi bilan o`ralgan, janubda Gibraltar bo`g`ozi uni Afrika qit`asidan ajratib 
41
Wikipediya.org internet elektron ensiklopediyasi 
42
O`sha manba 
43
Maykl L. Bates (1992). "Ispaniyaning Islomiy tangalari". Jerrilynn D. Dodds (tahrir). Al-Andalus: Islomiy Ispaniya 
san'ati. Metropolitan San'at muzeyi. p. 384 
44
Лалагуна Х., Испания: История страны. –М.: Издательство Мидгард, 2009, ст. 329.


Международный научный журнал № 3 (100), часть 1 
«Научный импульс» Октябрь, 2022
542 
turadi. Tarixchi olimlar bu hududni Al-Andalusiya nomidan tashqari “Musulmon Ispaniyasi” 
yoki “Arab Ispaniyasi” deb ham atashadi. 
7-asr oʻrtalarida. Xalifalikdagi diniy-siyosiy murakkabliklar (xalifa Ali va Muoviya 
oʻrtasidagi hokimiyat uchun kurash, umaviylar qoʻshilishi, xorijiylar qoʻzgʻoloni bilan 
yakunlangan) tufayli arab istilolarida tanaffus yuzaga keldi. A. z ning 1-bosqichi natijasida 
yaratilgan ulkan davlatni boshqarishni tashkil etish. 7-asr oxirida boshlangan arab 
istilolarining 2-bosqichida arablar Qayruan shahrini (670-yilda asos solingan) oʻz 
qoʻrgʻoniga aylantirib, Shimolni bosib oldilar. Afrika, 709 yilga kelib ular Tanjerga va 
Atlantika okeani qirg'oqlariga etib kelishdi. 
Umaviylardan bo`lgan xalifa Al-Valid I davrida, buyuk sarkarda Toriq ibn Ziyod u 
tarixda Arab bo`lmagan.U tarixda ko`proq Barbarlar nomi bilan tanilgan Amaziklar xalqidan 
chiqqan.Amaziklar xalqi islom uchun kurashgan ,buyuk islomiy xalqlardan biri edi.Toriq ibn 
Ziyod Shimoliy Afrika amiri Muso ibn Nusayrning sarkardalaridan biri edi. Kunlardan bir kun 
Tanjer amiri Toriq ibn Ziyod nomiga Marokashning Suyeta shahri hokimi Yulian ismli 
nasroniydan xat keldi. Yulianning Florinda ismli goʻzallikda tengi yoʻq qizi boʻlgan. Ota qizini 
Andalusiya saroyiga tahsil koʻrishi uchun yuboradi. Biroq oʻsha davrda yuz bergan davlat 
toʻntarilishi tufayli Andalusiya qiroli Vititsa taxtdan agʻdarilib, oʻrniga qirol Roderix keladi. 
Yangi qirol Yulianning qizini zoʻrlab, oʻziniki qilib oladi. Qiz otasiga xat yoʻllab, boshidan 
oʻtgan kulfatlarni bayon etadi. Tabiiyki, otaning qahri qaynab, zoʻravon qirolga xoinlik 
qilishga ahd qiladi. 
Musulmonlar ertami-kechmi Seut shahrini nasroniylar hukmidan ozod qilishini idrok 
etgan Yulian, Toriq ibn Ziyod bilan muzokaralar oʻtkazib, qiziq bir taklif kiritadi. Xususan, 
Yulian Tanjer amiri Toriq ibn Ziyodga Seut shahrini tinch yoʻl bilan topshirish, kemalarini 
amirga vaqtincha berib turish va musulmonlar qoʻshinini Andalusiya togʻlarining kishi 
bilmas soʻqmoqlari orqali olib oʻtishni taklif qiladi. Bularning evaziga u, agar musulmonlar 
Andalusiyani zabt etishsa, qirol Vititsaning yer-mulkini berishini soʻraydi.
45
Tariq ibn Ziyod bu haqda Musoga maʼlum qildi, u esa musulmonlarning oʻsha paytdagi 
xalifasi Valid ibn Abdulmalikka maktub yoʻlladi. Halifa Yulianning taklifini bitta shart bilan 
qabul qilishga ruxsat berdi: Yulianning soʻzlari nechogʻlik chin ekanligini tekshirish uchun 
razvedka otryadini yuborish kerak. Muso 500 kishilik otryad toʻplab, unga Tarif ibn Malikni
qoʻmondon etib tayinladi. 91 hijriy yil (milodiy 710-yil)ning Ramazon oyida Tarif 
Gibraltardan oʻtib, Andalusning janubiy qismini oʻrgana boshladi va Yulian taqdim etgan 
axborot haqiqat ekanini koʻrdi. Shundan keyin Muso bir yil davomida qoʻshin tayyorladi va 
alaloqibat yetti ming kishilik lashkar toʻplandi. Andalusga yurishga rahbar etib Tariq ibn 
Ziyodni tayinladi. U arab va barbar tillarini aʼlo darajada bilgan, taqvodor inson edi. 
Qayd etish joizki, u qoʻshinga qoʻmondon etib arabni emas, balki barbarni tayinladi, 
sababi armiyaning asosiy qismini barbarlar tashkil etib, ularning hammasi ham arab tilini 
bilmasdi. Qo'mondon Tariq ibn Ziyod 711-yil 30-aprelda Gibraltarga qo'ngan kichik guruhga 
45
A`zon.uz internet sayti 


Международный научный журнал № 3 (100), часть 1 
«Научный импульс» Октябрь, 2022
543 
boshchilik qilib, go'yoki Vestgot fuqarolar urushiga aralashdi. 711-yil 19-iyulda Guadalete 
jangida qirol Roderixni qatʼiy magʻlub etgandan soʻng, Tariq ibn Ziyod va shimoliy Afrika 
voliysi Muso ibn Nusayr bilan birga yetti yillik yurish davomida Vesigot qirolligining koʻp 
qismini musulmonlar bosib oldi. Pireney yarim orolining katta qismi al-Andalus nomi ostida 
kengayib borayotgan Umaviylar imperiyasining bir qismiga aylandi. Al-Andalus Ifriqiyaga 
bo'ysunuvchi viloyat sifatida tashkil etilgan, shuning uchun dastlabki bir necha o'n 
yilliklarda al-Andalus hukmdorlari Damashqdagi xalifa tomonidan emas, balki Qayruan 
amiri tomonidan tayinlangan. Viloyat poytaxti Kordovada joylashgan. 
Dastlabki istilo paytida Toriq boshchiligidagi kichik qo'shin asosan berberlardan iborat 
bo'lsa, Musoning 12 000 dan ortiq askardan iborat arab qo'shinlariga bir guruh Mavlaviylar 
, ya'ni arab bo'lmagan musulmonlar hamrohlik qilgan. Toriqga hamroh bo'lgan berber 
askarlari yarim orolning markazida va shimolida, shuningdek Pireneyda garnizonlarga ega 
edi.
46
Shunday qilib Arab xalifaligi Ispaniyaning katta qismini fath etishga muvaffaq bo`ldi. 
Bu haqda “Musavvar tarixi Islom” asarida quyidagi maʼlumotlar bor: “Andalus qitʼasi 
Umaviylar davrida, Abdumalik zamonida fath etilgan edi. Va shul kundan buyon Umaviya 
davlatining bir viloyati abbosiylardan Abdulloh Saffohga magʻlub boʻlgach, hukumat 
umaviylar qoʻlidan chiqib, abbosiylar qoʻliga oʻtdi... Abbosiylarning Umaviylarga qilgan 
zulmlaridan achchiqlanib, Andalus musulmonlari Abbosiya davlatini tan olmay qoʻydi. 
Oʻzlariga mustaqil bir hukumat tuzishga qaror berdilar”
47
Bu mustaqil davlat 750 yili qaror topib, «Qurtuba saltanati» nomi bilan mashhur 
bo‘ldi. Unda o‘n to‘rt rahbar hukmronlik qildi. 
Andalus hukmdorlari ham ilm-fanga homiylik qilgan, o‘zlari diniy va dunyoviy 
ilmlardan xabardor edi. Ularning saroylari ilm ahli bilan doimo gavjum, muntazam ilmiy 
majlislar, munozaralar o‘tkazilar edi. Bu davralarda hukmdor va amaldorlarning farzandlari 
ham ishtirok etardi. 
Andalusning birinchi hukmdori Abdurrahmon (756-788 yillar) dastlab ichki nizolarni 
bartaraf etib, Frantsiya qiroli Pipin va boshqa tashqi dushmanlar hujumini qaytardi. Tinchlik 
qaror topgach, mamlakatni isloh qilishga kirishdi. Oldin uni oltita viloyatga bo‘lib, ularni 
muntazam yo‘llar bilan poytaxt Qurtuba shahriga bog‘ladi. Kanallar, suv yo‘llari qazdirdi. 
Yurt obod bo‘ldi. Qurtuba va boshqa shaharlarda katta-katta madrasa va masjidlar, 
kasalxonalar qurildi. Abdurrahmon Andalusni dushmanlardan himoya qilish uchun qal’a va 
istehkomlar barpo ettirdi. Yurt mudofaasi va tijorat uchun kemalar yasatdi. 
Hishom ibn Abdurrahmon ham otasi kabi mamlakatni isloh qilish va rivojlantirish 
yo‘lidan bordi. Ilm va maorif rivoji uchun ko‘p ishlar qildi. Bu hududda boshqa millat va 
xalqlar ham bemalol yashar edi. 
Andalusning to‘rtinchi hukmdori Abdurrahmon Ikkinchi ibn Hishom (821-850 yillar) 
g‘oyat ilmli odam bo‘lib, saroyi har vaqt olim va ulamolar bilan to‘la edi. Har kuni ilmiy 
46
Roger Collins. Caliphs and Kings: Spain, 796-1031 (англ.). — John Wiley & Sons, 2012. — P. 8—9. 
47
Saloh Kamol“Musavvar tarixi Islom” 


Международный научный журнал № 3 (100), часть 1 
«Научный импульс» Октябрь, 2022
544 
majlislar, turli masalalar bo‘yicha munozaralar bo‘lar edi. Saloh Kamol yozishicha, Sharqu 
G‘arbdagi Islom mamlakatlari ichida Abdurrahmondan in’om-ehson ko‘rmagan biror ilm 
ahli qolmagan edi. Bundan tashqari, Abdurrahmon Andalusda muntazam pochta xizmatini 
tashkil qildi va poytaxtga keladigan yangi yo‘llar qurdirdi. Bu Ovrupadagi dastlabki pochta 
tizimi ekani manbalarda ta’kidlangan. 
Sakkizinchi hukmdor Abdurrahmon Uchinchi ibn Muhammad (913-962 yillar) davrida 
Andalusning rivoji yanada yuksaldi. Qurtuba jahonning eng rivojlangan, chiroyli 
shaharlaridan biriga aylandi. Shahar yaqinida me’moriy jihatdan juda noyob «Madinat uz-
Zahro» saroyi barpo etildi. Sanoat va tijorat ham taraqqiy etib, Ovrupa bozorlarida Andalus 
mollari katta shuhrat topdi. 
Turli yurtlardan kelgan sayyohlar Andalusdagi taraqqiyotdan hayratda qolishdi. 
Mamlakat madrasalarida tub joy aholi farzandlaridan tashqari minglab ovrupalik talaba 
turli fanlardan tahsil olgan edi. Natijada, ilm-fan yutuqlari keng yoyildi. Shu orqali Muso 
Xorazmiy, Beruniy, Forobiy, Ibn Sino, Farg‘oniy kabi Sharq olimlarining ilmiy kashfiyotlari, 
asarlari Ovrupaga kirib keldi va to XVII–XVIII asrlarga qadar G‘arb universitetlarida darslik 
sifatida o‘qitildi. 

Download 257.46 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling