BIOLOGIYANI O`QITISHDA INTERFAOL METODLARDAN FOYDALANISHNING AHAMIYATI: AFZALLIKLARI VA KAMCHILIKLARI
Boratova M.G`.,
Navoiy davlat pedagogika instituti
Yoshlarni zamon talablariga javob bera oladigan mutaxassis qilib еtishtirish milliy ta’limning shakli va mazmuning ahamiyati yuqori. Bu ta’lim jarayonini mustaqil bilim olish asosida zamonaviy usullarda, yangicha ko`rinishlarda tashkil qilishga undaydi. Shu o`rinda O`zRning birnchi Prezidenti I.A.Karimov“Biz farzandlarimizning nafaqat jismoniy va ma’naviy sog`lom o`sishi, balki ularning eng zamonaviy intelektual bilimlarga ega bo`lgan, uyg`un rivojlangan insonlar bo`lib, XXI asr talablariga to`liq javob beradigan barkamol avlod bo`lib еtishi uchun barcha imkoniyat va sharotlarni yaratishni o`z oldimizga maqsad qilib qo`yganmiz” deya ta’kidlaganlar. Mamlakarimizda biologik ta’limning uzluksizligini ta’minlash va uni chuqur o`zlashtirish uchun ta’lim jarayonida yangi pedagogik texnologiyalardan, interfaol usullardan, o`qitishning texnika vositalaridan, jumladan zamonaviy axborot texnologiyalaridan keng maqsadlarda foydalanilmoqda.
O`qitishning interfaol usullaridan hozirgi kunda keng foydalanmoqdalar. Interfaol usullardandars jarayonida foydalanilganda barcha ishtirokchilar faollashuvi kuzatiladi. Bunda o`quvchilar o`zaro fikr almashib, hamkorlikda ishlaydilar. Quyidagi jadvalda interfaol usulni passiv va faol usullardan farq qiladigan xususiyatlari berilgan (1-jadval).
1-jadval
Passiv usul
|
Faol usul
|
Interfaol usul
|
Subyekt–obyekt, ya’ni o`qituvchi
gapiraditushuntiradi, o`quvchi tinglaydi, so`rasa javob beradi
|
Subyekt- subyekt
O`qituvchi boshqaradi
O`qituvchi savol beradi, o`quvchilar individual javob beradi. (Berilgan ma’lumotlar bo`yicha)
|
Subyekt- subyekt munosabat.
O`qituvchi tashkil etadi, boshqaradi
Berilgan savol va topshiriqlar bo`yicha o`quvchilar birgalikda, mustaqil ishlaydi, fikrlarini jamlaydi, bayon qiladi, himoya qiladi. O`zaro birgalikda ishlaydi. Qiziqishlari ortadi.
|
Ta’lim jarayonida qo`llanilishiga ko`ra, interfaol usullar bir qancha afzalliklargava kаmchiliklаrga ega (2-jadval).
2-jadval
Do'stlaringiz bilan baham: |