Андижон ҳайвонот боғИ


EKOLOGIK MUVOZANAТNI BARQARORLASHТIRISHDA OQOVA SUVLARNI ТOZALASHNING O’RNI


Download 1.14 Mb.
bet15/135
Sana21.04.2023
Hajmi1.14 Mb.
#1372835
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   135
Bog'liq
biologiya fanining dolzarb muammolari

EKOLOGIK MUVOZANAТNI BARQARORLASHТIRISHDA OQOVA SUVLARNI ТOZALASHNING O’RNI


I.Z.Baxromov
Навоий давлат педагогика институти
Тabiatda barcha tabiiy komponent va komplekslar bir-biri bilan o’zaro muvozanatda bo’ladi. Har bir tabiiy chegaralangan hududda barcha relef, yer osti va yer usti suvlari, iqlim, tuproq, o’simlik va hayvonot dunyosi o’zaro aloqada, bog’liqlikda bo’ladi va rivojlanadi.
Yurtimizda atrof-muhitni muhofaza qilish va biologik resurslarni asrash borasida amalga oshirilayotgan keng ko’lamli ishlar natijasida muhofaza etiladigan tabiiy hududlar tizimi tobora kengaymoqda. Hozirgi kunda bunday hududlarimizda kamayib ketayotgan hayvon va o’simlik turlarini ko’paytirish, ekologik muvozanatni barqaror saqlashga yo’naltirilgan ko’plab loyihalar amalga oshirilmoqda.
Ma’lumki oqova suvlar, sanoat chiqindilari, maishiy kimyo pereparatlari dorivor vositalar va boshqalar atrof muxitga ko’p miqdorda qo’shilganda, biosferadagi tabiiy muvozonat jarayonini buzadi, organizmlarga salbiy ta’sir o’tkazib, ularning halokatga uchrashiga sabab bo’ladi.
Hozirgi paytda tabiiy muhitda 7 milliondan 8,6 milliongacha kimyoviy aralashmalar mavjud bulib, har yili ularning safi 250 mingta yangi birikmalar bilan boyib bormoqda. Ko’pgina kimyoviy aralashmalar kanserogen va mutagen xususiyatga ega, ularning ichida eng xavfli 200 xili aniqlangan (ularning ro’yxati YuNESKO ekspertlari tomonidan tuzilgan).
Ushbu ximioksenobiotiklarning asosiy vakillari pestitsidlar, nitrozaminlar, sianid va rodanid ionlari, og’ir metal tuzlari, (qo’rg’oshin, mis, simob, rux, kadmiy va boshqalar) kiradi.
Mamlakatimizda oqova suvlarni tozalash bo’yicha oliy o’quv yurtlari va fanlar akdemiyasi ilmiy tadqiqot institutlarida qator ilmiy tadqiqot ishlari olib borilmoqda.
Hozirgi kunda oqova suvlarni tozalash biotexnologiyasi rivojlanib borayotgan sohalardan biri bo’lib, yuksak suv o’simliklari bilan mazkur sohaning samarali usullarini tajribalarda ko’rsatib berib ilmiy-amaliy mohiyatlarini ochib berish muhim ahamiyatga ega. Ekologik muvozanatni barqarorlashtirishga ko’maklashadigan bunday ilmiy izlanishlar fanda ham muhim ahamiyat kasb etadi.

Download 1.14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   135




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling