Андижон ҳайвонот боғИ
PESTIDSIDLAR FOYDALIMI YOKI ZARARLI
Download 1.14 Mb.
|
biologiya fanining dolzarb muammolari
PESTIDSIDLAR FOYDALIMI YOKI ZARARLIMaxmudova S.Z., Amanbayeva S.S., To'ychiyeva D.S. Andijon davlat universiteti Pestitsidlar - inson tomonidan sun’iy yaratilgan kimyoviy birikmalardir. Ular o‘simlik, qishloq xo‘jalik mahsulotlari, yog'och, paxta, jun va charm mahsulotlarini zararkurandalardan himoya qilish va xavfli kasallik tashuvchi hashoratlarga qarshi kurashda qo‘llaniladi. O'simliklarni kimyoviy vositalar yordamida himoya qilish uchun murakkab kimyoviy moddalar ya'ni pestitsidlar qo’llaniladi. Ular inson va hayvonlar uchun turli darajada zaharlidir. Mutaxassislarning hisobi bo‘yicha rivojlanayotgan mamlakatlarda har yili 10 mingga yaqin kishi pestitsidlardan zaxarlanib o'lar ekan. Bundan ham ko‘p odamlar ovqat va suv bilan birga iste’mol qilinayotgan pestitsidlar bilan zaxarlanib azob chekadi [2]. Uzoq yillar davomida qishloq xo‘jaligi va o‘rmonlarda pestitsidlarni aviatsiya yordamida qo'llash atrof - muhitning ifloslanishiga olib kelmoqda. Pestitsidlar inson salomatligi uchun xavfli ekan, nega ulardan voz kecha olmaymiz? Hozircha buning iloji yo'q; hozirda turli-tuman zararkurandalarga qarshi fizik va kimyoviy shakli hamda, ta'sir mexanizmlari bo‘yicha farq qiluvchi 20 dan ziyod pestitsidlar turlari mavjud. Ular gerbitsidlar, insektitsidlar, zoosid, fungitsid, repellentlar (hashortalarni cho‘chitadigan) va attraktantlar (hashoratlarni o‘ziga jalb qiladigan), urug‘liklarning turli tuman doriliklari, xemesterilizatorlar, defoliant, o‘stirish regulyatorlari va boshqalar kiradi [2]. Pestitsidlarning xavfli ta’sirini kamaytirish uchun olimlar qaysi yo'ldan borishmoqda? Birinchi navbatda, qishloq xo‘jaligi zararkurandalarini yo‘q qilishda zararkuranda va kasallikka chidamli bo`lgan o‘simliklarni yetishtirish. Ikkinchidan tabiiy pestitsid modda olish ya'ni bu moddalarni o'simliklarni o'zidan ajratib olish yo'lga qo'yilmoqda. Keyingi davrda o’simliklardan yangi moddalarni ajratishga va ularni ekologik xavfsiz pestitsid sifatida sinashga qiziqish ortmoqda. Bunday moddalar ekopestitsidlar yoki botanik pestitsidlar nomini olgan. Masalan, sarimsoqdan bir qator patogen zamburug’larning (Alternaria solani, Fusarium oxysporum va F.lini) o’sishini kamaytiradigan yoki to’xtatadigan adjoyen nomli modda ajratilgan. Oqqarag’ay ignabarglarida bo’ladigan uchterpen kislotalar asosida Novosibirsk olimlari silk VE va novosil VE preparatlarini ishlab chiqishgan. Bu preparatlar o’simlik o’sishini tezlatuvchi va ularning kasalliklarga chidamliligini oshiruvchi xususiyatlarga ega. Sibir sharoitlarida bu preparatlar bilan urug’larga ishlov berish va keyingi davrda o’simliklarga purkash yordamida sabzavot, g’alla va boshqa ekinlar kasalliklar bilan zararlanishini keskin kamaytirishga erishilgan. Masalan silkni qo’llaganda pomidor zamburug’ kasalliklari bilan zararlanishi 10 marta kamaygan. Yevropa qarag’ayi ignabarglarining ekstrakti asosida kompleks nomli, ignabargli daraxtlarning yog’ochlarini qayta ishlashda olingan maxsulotlar asosida esa xvoyniy nomli preparatlar yaratilgan(Burov, 2002). Kashnichdan ajratilgan terpen moddalari asosida BO’BHQITI biostat preparati ishlab chiqilgan. Bu preparat bitlar, qalqondorlar, tripslar, tetranix kanalari va ba’zi boshqa zararli bo’g’imoyoqlilarga qarshi yuqori samaraga aga. Biostat bakteritsidlik va fungitsidlik ta’sirga ega ekanligi ham aniqlangan [1]. O’simlik o’sishini tartibga soluvchi moddalar sifatida qayd qilingan biologik faol birikmalarning ko’pchiligi, ayni paytda ularni zararli organizmlardan ham himoya qiladi. Pestitsidlarni zararkunandalarning aniq turiga qarshi qo’llash uchun ham ко‘p ishlar qilinmoqda. Olimlar tez ta’sir qiladigan va tabiatga zarar yetkazmaydigan preparatlarni yaratish ustida ish olib borishmoqda. Pestitsidlarni qo`llash usullari ham zararsiz bo'lishi kerak. Pestitsidlar samolyotlardan sepilsa, qisqa muddat ichida katta er maydoniga ishlov berish mumkin. Ammo ishlov berish chog’ida ko’tarilgan shamol pestitsidlarni aholi yashaydigan joy yoki daryoga eltishi mumkin. Bu holda pestitsidlar foyda emas, zarar keltiradi. Shuning uchun ushbu usulni juda ehtiyotkorlik bilan qo'llash zarurdir. Pestitsidlar bilan ishlaydigan kishilar ehtiyot bo'lishi kerak. Ularni tashishda to’kib-sochmaslik, yerni ifloslantirmaslik lozim. Sabzavot va mevalarni iste’mol qilishdan avval yaxshilab yuvish kerak. Pestitsidlar lotinchadan aniq tarjimasi «marazni o‘ldiruvchilar» bo‘lib, lekin u amalda pestitsidlarning mazmununi unchalik to‘liq aks ettirmaydi. «Zararkurandalar, parazitlar, yovvoyi o‘tlar va o‘simlik kasalliklariga qarshi kimyoviy vositalar» deb erkin tarjima qilinishi to‘g‘riroq bo‘lardi. Pestisidlar tarkibi va strukturasi juda xilma-xildir. Eng ko‘p tarqalgan moddalar: siklik organik birikmalarning galogen hosilalari, triazinlar, karbamatlar, fosforoorganik birikmalar, nitrillar va boshqalardir. Bu moddalarning ko‘pchiligi issiqonli hayvonlar va shu jumladan odam organizmi uchun ham salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Shuning uchun ham pestitsidlarni ishlab chiqarishda va qo‘llash borasida jiddiy nazorat va qat’iy qoidalar joriy qilingan. Pestitsidlarning tasniflanishi, ularning tarkibi va ishlatilishi, ularning hashoratlar organizmiga o‘tish usullari, zaharliligi, tabiiy sharoitlarda parchalanish tezligi va boshqa xossalariga ko‘ra amalga oshiriladi. Dunyo bo‘yicha hozirda yiliga 2000 tonnadan ziyod miqdordagi pestitsidlar ishlab chiqarilmoqda. Pestitsidlarning tuproqqa ta'siri to'g'ri tanlanmasa va me'yorida ishlatilmasa tuproqning holati o'zgaradi, unumdorlik xususiyati buziladi. Pestitsidlar tuproqdagi foydali mikroorganizmlarni nobud qiladi va chirindining kamayishiga olib keladi. Masalan, DDT pestitsidi ishlatilganidan 15 yil keyin ham tuproq tarkibida uning hali mavjudligi aniqlangan. Hozirgi kunda olimlar qisqa vaqt ta'sir etib so'ng parchalanib ketadigan biosidlar ustida ishlamoqdalar. Download 1.14 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling