Андижон ҳайвонот боғИ


BEMORLIKNI OLDINI OLISHNING IJTIMOIY VA IQTISODIY JIHATLARI


Download 1.14 Mb.
bet19/135
Sana21.04.2023
Hajmi1.14 Mb.
#1372835
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   135
Bog'liq
biologiya fanining dolzarb muammolari

BEMORLIKNI OLDINI OLISHNING IJTIMOIY VA IQTISODIY JIHATLARI


G.B Baxriddinova, A.M. Obitqoriyev, S.S Amanboyeva
Andijon Davlat Universiteti
Hozirgi kunda eng havfli kasalliklar qatoridan joy olayotgan ayollardagi ko’krak bezi saraton hastaligi butun dunyodagi ko’plab ayollarning hayotiga zomin bo’layotganligi achinarli hol. Hususan, bizning respublikamizda ham ushbu kasallik bilan og’riyotgan ayollar uchrab turadi. Biz ushbu kasallikni tarqalish holati va uning nafaqat inson salomatligiga, davlat iqtisodiyotiga ko’rsatadigan zarari xususida bir muncha izlanishlar olib bordik. Biz bu ishni birgina Andijon viloyati misolida oldik. Keltirilgan ko’rsatkichlar butun respublikamiz miqqiyosida o’rganilganda anchagina katta ko’rsatkichlarni berishi mumkin. Andijon viloyati xotin – qizlarining umumiy soni 1,470,751 nafarni tashkil etadi. Ulardan 9,480 nafari voyaga yetmaganlar hisoblanadi. Andijon viloyatida 2016 – yil yakuni bo’yicha onkologik dispanserning statistik taxliliga ko’ra ushbu kasallik bilan og’rigan ayollarning umumiy soni 235 tani tashkil etgan. Kasallikka chalingan ayollar holatiga ko’ra bir qancha stadiyalarga ya’ni bosqichlarga bo’linadi;

  1. stadiya. Qoniqarli ahvoldagi ayollar soni – 5ta

  2. stadiya. O’rtacha ahvoldagi ayollar soni – 117 – 120 ta

  3. stadiya. O’rta og’ir ahvoldagi ayollar soni – 83 – 85 ta

  4. stadiya. O’ta og’ir ahvoldagi ayollar soni – 24 – 25 tani tashkil etadi.

Bu ayollarning 2,3,4 – stadiyalardagilari mehnatga layoqatsiz yoki qisman layoqatsiz bo’ladi. Ularni mana shu xususiyatidan kelib chiqib 1-, 2- ,3- guruh nogironligiga chiqariladi. Ularga nogironlik pensiyasini tayinlashda asosan ish stajiga qaraladi. Agar ish stajiga ega bo’lmasa eng kam oylik ish haqqiga qarab ma’lum miqdorda nafaqa puli hisoblab chiqiladi.
1-, 2- guruh nogironlari mehnatga layoqatsizligi yuqori bo’lganligi uchun ularga nogironlik pensiyasi eng kam oylik ish haqqining 7 barobaridan kam bo’lmagan miqdorda, ya’ni o’rtacha oylik ish haqqining 55% ini, 3 – guruh nogironlari uchun esa o’rtacha oylik ish haqqining 30% ini yoki eng kam oylik ish haqqining 50 % dan kam bo’lmagan miqdorida belgilanadi. O’zbekistonda eng kam oylik ish haqqi 2016 – yil 1 – oktabrdagi prezident farmoniga ko’ra 149,775 so’m, eng kam nafaqa puli 179,755 so’mni tashkil etadi. Viloyatdagi xotin – qizlarning voyaga yetmaganlaridan tashqari soni
1,460,971 nafar bo’lsa, ulardan 50 – 60 % ini o’rta yoshli ayollar tashkil etadi. Aynana mana shu o’rta yoshli ayollar jamiyatning asosiy ishchi kuchi xisoblanadi.
Ko’krak bezi saraton kasalligini uchrashi esa 23 yoshdan 55 yoshgacha bo’lgan ayollarda kuzatiladi. Ular iqtisodiyotni rivojlanishida juda katta ro’l o’ynovchi ishlab chiqarishdagi ishchi kuchi ekanligini yuqorida aytib o’tdik. Ularni ish qobiliyatini qisman yoki to’liq yo’qotishi natijasida ularga nafaqalar to’lash hisobiga davlat budjeti holatiga quyidagicha ta’sir ko’rsatiladi. Kasallangan 235 ta ayolning 60% i guruh nogironligiga ega. Ularga to’lanadigan nafaqa summasini 2016 – yilgi eng kam oylik ish haqqi bilan hisoblaydigan bo’lsak davlat budjetiga quyidagicha zarar yetadi.

Guruhlar

Eng kam oylik
ish haqqi

Necha barobar ekanligi

Bemorlar soni

Ularning %
darajasi

Nafaqa summasi

1

149,775so’m

8

29

20,57%

34,747,800so’m

2

149,775so’m

7

42

29,79%

44,033,850so’m

3

149,775so’m

2

70

49,64%

20,968,500so’m

Jami



141

100%

99,750,150so’m

1 – stadiya ya’ni qoniqarli holatda bo’lgan ayollar ish joylarida ishlashlari mumkin. Lekin 6 ish kunining 1 kuni albatta davolanish uchun sarflanadi. Ularga ish vaqti ham 8 soat emas 5 soatni tashkil etadi. Shunday ekan bir haftada 23 soat ish vaqti yo’ q bo’ladi degani. Bu esa yalpi ichki mahsulotning hajmining kamayishiga va davlat budjetidan ortiqcha sarfni kelib chiqishiga sabab bo’ladi. Eng kam oylik ish haqqidan hisoblaganimizda 1 soatlik ish haqqi 936.094 so’mni tashkil etadi. Buni yo’qotilgan vaqtdagi bir oylik summasini hisoblasak 86,120.648 so’mni tashkil etadi, bir yillik miqdori esa 4,047,670.456 so’m hisoblanadi. Bu ko’rsatkich faqat bir turdagi kasallikni Andijon viloyatidagi budjetga zarari miqdori soni xisoblansa, respublika miqqiyosida bu qanchalik katta ko’rsatkichga aylanishini taxmin qilish qiyin emas. Boshqa kasalliklarni ham qo’shganda budjetga zararning miqdori yana ham oshadi va yalpi ichki mahsulotning hajmi yanada pasayadi. Shunday ekan bunday kasalliklarni davolashgina emas, balki oldini olishimiz va samarali davolash yo’llarini topib turmush darajasini oshirishimiz, kundalik hayotda aholi orasida sog’lom turmush tarzini shakillantirishimiz zarur. Buning uchun barcha jamoat tashkilotlari birgalikda profilaktika tadbirlarini muntazam olib borishlari kerak bo’ladi. Maqolada keltirilgan ma’lumotlardan statistik manbaa sifatida foydalanish mumkin.

Download 1.14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   135




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling