Андижон ҳайвонот боғИ


“AROMATIK UGLEVODORODLAR” MAVZUSINI O’QITISHDA “KIMYOVIY DIKTANT” METODIDAN FOYDALANISH SAMARADORLIGI


Download 1.14 Mb.
bet77/135
Sana21.04.2023
Hajmi1.14 Mb.
#1372835
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   135
Bog'liq
biologiya fanining dolzarb muammolari

“AROMATIK UGLEVODORODLAR” MAVZUSINI O’QITISHDA “KIMYOVIY DIKTANT” METODIDAN FOYDALANISH SAMARADORLIGI


Madraximov. G’. N., Tolibjonov. I. I.
Andijon davlat universiteti Kimyo fanini o’qitishda faqat ananaviy ta’lim usullari bilan chegaralanib qolmasdan, zamonaviy pedagogik texnologiyalardan foydalanilsa ta’lim samaradorligi yanada ortadi. Organik kimyo o’quv qursining “Aromatik uglevodorodlar” mavzusi alohida axamiyatga ega bo’lib, bu mavzu orqali o’quvchilar aromatik uglevodorodlar, ularning tabiiy manbalari, olinish usullari, fizik-kimyoviy xossalari, ishlatilish sohalari, aromatik birikmalar bilan ish olib borgan olimlarning erishgan yutuqlari haqidagi bilm va ko’nikmalarni o’zlashtiradilar. Mavzuni o’quvchilarga to’la, qulay usulda tushuntirishda kimyoviy diktant metodidan foydalanish ijobiy samara beradi. Buning natijasida o’quvchilar guruhda, yakka va jamoa bo’lib ishlash ko’nikmasiga ega bo’ladi, mustaqil fikr yuritish ko’nikmasi shakllanadi. Ushbu usullar kichik guruhlarda olib borilsa, natija yanada samaraliroq bo’ladi, chunki guruhda ishlaganda o’quvchilarning faolligi oshadi, tinglash, so’zlash madaniyati shakllanadi, kerakli ma’lumotlarni o’zlashtirish qulaylashadi.
Kimyoviy diktant uchun beriladigan topshiriqlarni ta’lim beruvchi og’zaki aytib beradi. O’qituvchi aytgan moddalarni o’quvchilar kimyoviy fo’rmulasini reaksiya tenglamalarini yozadi. Kimyoviy diktantni amalga oshirish quyidagi reja asosida amalga oshiriladi:

  1. Moddalarning nomi asosida formulasini tuzish.

  2. Birikmalardagi kimyoviy element valentligini topish. 3. Kimyoviy tushunchalarga ta’rif berish.

4. Reaksiya tenglamalarini davom ettirish va tenglash. Quyida “Aromatik uglevodorodlar” mavzusini o’qitishda ushbu metoddan foydalanish namunasini keltiriladi:
Ma’lumki, aromatik uglevodorodlar tarkibida qo’shbog’lar tutishiga qaramay ular birikish reaksiyalariga deyarli kirishmaydilar. Bu ularni tuzilishini o’rganishda birmuncha murakkablik tug’diradi. “Kimyoviy diktant” metodidan foydalanib o’quv jarayonini tashkil etish natijasida o’quvchilarning mavzuni o’zlashtirish darajalari oshishiga erishish mumkin. Dastlab audito’riyani aqliy xujum yoki blits – tezkor savol javoblar orqali to’rtta guruhlarga bo’linadi. Savol javobda faol ishtirok etgan to’rt nafar o’quvchilar guruh sardorlari etib tayinlanadi. Qolgan o’quvchilarga 1 dan 4 gacha bo’lgan raqamlani yopiq holatda tanlash tafsiya etiladi. Har bir guruhga bir-biriga bog’liq bo’lgan alohida-alohida quyidagi topshiriqlar beriladi:
1-guruh. Quyidagi keltirilgan aromatik uglevodorodlarning empirik formulalarini tuzing:
1. Benzol ; 2. 1,4- Dimetilbenzol ; 3. Kumol
2-guruh. Quyidagi keltirilgan empirik formulalar asosida ularning tuzulishini yozing:
1. C6H6; 2. C6H4(CH3)2; 3. C6H5CH(CH3)2
3-guruh. Quyidagi nomlari keltirilgan moddalarning ishlatilish sohalarini yozing:
1. Benzol ; 2. 1,4- Dimetilbenzol ; 3. Kumol
4-guruh. Quyidagi ishlatilish sohalari berilgan birikmalarning kimyoviy xossalarini yozing:
1. Organik erituvchilar sifatida; 2. Teleftal kislota olishda; 3. Fenol olishda; Bu usul “Aromatik uglevodorodlar” mavzusi o’tilgandan keyin foydalaniladigan metod hisoblanib, o’quvchilarga berilgan topshiriqni bajarish uchun 10-15 daqiqa vaqt beriladi. Berilgan vaqt tugagach guruhlarni faoliyatiga yakun yasalib o’quvchilar javoblariga qarab baholanadi. Bu usulni samarali tomoni shundan iboratki, darsda har bir o’quvchi chetda qolmaydi, albatta ishtirok etishiga, o’quvchini qisqa fursat ichida jamoadoshlaridan ko’plab ma’lumot olishiga, nafaqat bilimini boyitishiga, balki tengdoshlari bilan erkin muloqatga kirisha olishga erishiladi.

Download 1.14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   135




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling