Андижон ҳайвонот боғИ


SOG`LOM TURMUSH TARZI VA SOG`LOM OVQATLANISH


Download 1.14 Mb.
bet78/135
Sana21.04.2023
Hajmi1.14 Mb.
#1372835
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   135
Bog'liq
biologiya fanining dolzarb muammolari

SOG`LOM TURMUSH TARZI VA SOG`LOM OVQATLANISH
A.A.Mutalipov. G.J.Mirzaolimova
Andijon Davlat Universiteti Moddalar almashinuvida, ya’ni oqsillar, yog`lar va uglevodlarning kislorod bilan oksidlanib parchalanishi natijasida energiya hosil bo’ladi. Bu energiya organizmda barcha flziologik jarayonlarning to’xtovsiz davom etishi uchun sarflanadi. Jumladan, yurak, o’pka, jigar, buyrak, me’da-ichaklar, tana muskullari hamda boshqa to’qima va organlarning ish bajarishini, yoshlarda esa o’sish va rivojlanishning normal o’tishini ta’minlaydi.
Hozirgi kunda insoniyat foydali mahsulatlar iste`mol qilish o`rniga, organizm uchun zararli mahsulotlar qabul qilmoqda. Natijada turli xil yuqumli va xavfli bo`lgan oshqozon -ichak , yurak, buyrak, jigar hamda o`t yo`llari kasalliklari paydo bo`lmoqda. Turli xil kasalliklar ovqatlanish tartibining o`zgarishi bilan sodir bo`ladi. Organizm uchun zararli bo`lgan mahsulotlarga tushonka, kolbasa, galina blanka, rolton, yogurt va boshqa mahsulotlardir.
Tushonka yoki konservalangan baliqlar 10 yilgacha achimasdan turar ekan. Sababi shundaki bu mahsulotlar tarkibiga formalin eritmasi (formaldegid) qo`shiladi. Bu moddalar organizmda to`planib rak tug`diruvchi omil hisoblanadi.
Galina blanka va rolton mahsulotlariga tam berish uchun Ye 621 glyukanat natriy qo`shiladi. Shu mahsulotlarni iste`mol qilgan insonlarda dastlab ko`zi ko`rmay qoladi, miyada qon aylanishi buziladi. Ye 621 glyukanat natriy allergen modda hisoblanib, astma kasalligini qo`zg`atadi.
Yogurt – qayta ishlangan qatiq. Uy sharoitida tayyorlangan qatiqlar ma`lum vaqtdan keyin tarkibi o`zgaradi. Yogurt esa ancha muddatda ham aynimaydi. Yogurt XXI asr texnalogiyasi bo`lib, radiaktiv nurlar bilan to`yintiriladi. Buning oqibatida uning tarkibidagi zamburug`lar, bakteriyalar yo`q bo`ladi albatta, lekin uni iste`mol qilgan inson nurlanib qoladi.
Mahsulotlar tarkibidagi organik moddalar 60 o C da parchalanib ketadi. Demak biz oziq –ovqat mahsulotlarni 60 o C dan past haroratda pishganda iste`mol qilishimiz kerak. Aslidachi yog`imiz 200 o C da qiziydi, ovqatlarimiz 100 o C da pishadi. Natijada organizmga parchalangan va o`lik mahsulotlar kiradi. Lekin organizmga tirik moddalar kirsa hujayralarimiz yangilanishi uchun shart-sharoit yaxshilanadi. Yaponiya, Xitoy, Koreya va boshqa mamlakatlarda 70% ga 30% formula asosida ovqatlanadi. Ya`ni 70% tirik mahsulotlar jumladan : kashnich, ukrop, dengiz karami, turli xil suv o`tlari, meva va sabzavot mahsulotlari iste`mol qiladi.O`zbekiston sharoitida esa ko`pincha 95% ga 5% formula asosida ya`ni 95% o`lik va 5% tirik mahsulotlar iste`mol qilishadi. Bu formulani hech bo`lmasa 50 ga 50 qilganimizda ayni muddao bo`lar edi.
Yana shu narsaga etiboringizni qarating. Organizmga shu mahsulotlar faqatgina suv orqali kiradi. Shuning uchun kundalik ratsionimizga suvni ham qo`shishimiz lozim. Bir kunda inson o`rtacha 1-1,5-2 l gacha suv iste`mol qilishi kerak. Vaholanki hozirgi kunda suvning o`rniga biz qayoqdagi ichimliklar jumladan: coca-cola, pepsi, Fanta, oddiy napitkalar, choylarni ichmoqdamiz. Tajribalarda shu narsa aniq bo`ldiki 2ta insonga biriga cocacola, biriga siydik ichkizilganda coca-cola ichgan insonga qaraganda siydik ichgan inson kam zarar ko`rgan ekan. Chunki coca-colaning pH ko`rsatkichi 3,3, siydikninki bo`lsa 5,5ga teng ekan.
Din odam tuproqdan yaratilgan, deb aytadi. Ammo quruq tuproqdan emas, loydan albatta. Zero, Alloh taolo ” ………barcha jonli mavjudotni suvdan (paydo) qilganimizni ko`rmadilarmi?! Deb aytadi.(Anbiyo surasi 30oyat). Rabg`uziyning yozishicha, Alloh Odam ato loyini qorib, ustiga o`ttiz to`qqiz yil achchiq va sho`r, bir yil esa chuchuk yomg`ir yog`dirgan ekan. Shuning uchun ham inson hayotining ko`p qismi g`amli, ozrog`i quvonchli bo`larkan. Qirq yil yoqqan yomg`irdan badanimiz ko`p suvga bo`kkan ko`rinadi – inson tanasining 65-66 % i, uning eng oliy uzvi bo`lmish bosh miyaning esa 80-82 %i suvdan iborat ekan.
Tanamizning uchdan ikki qismi suv bo`lsa demak biz avvalo suv ekanmiz-da. Boz ustiga, odam va umuman barcha tirik organizm iste`mol qilib yutadigan ozuqaning ham 80-90 % i suvdan iborat bo`ladi.
Hammaga ayonki suv qattiq (muz), suyuq (suv), va gaz (bug`) holatida bo`ladi. Bular fizikaga tegishli. Ammo bundan tashqari, har qanday suv yo tirik, yo o`lik holda bo`ladi. O`lik suv bilan tirik suvning xususiyati boshqa boshqa bo`ladi.
Osmondan yoqqan qor-yomg`ir, havoning tunda sovushidan paydo bo`lgan shabnam-u qirovlar, muzliklarni erib suv holiga kelayotgan, daryo soylarda oqayotgan holati--- Tirik suv. Qizigan, qaynagan, yo qaynab bug`ga aylanayotgan suv---- o`lik suvdir.
Tirik suvni shoirlar obihayot deb ta`riflaydilar. Ilk bahorda daryolarda tovush hosil qilib, top`lib toshib, anhorlarda pishqirib, bo`tan abo`lib oqadigan, jami dov daraxt va o`t-o`lanning tomiriga jon suv bo`lib yetib boradigan suvdir.
To`g`ri o`lik suvni ham ichsa bo`ladi, ekin sug`orish mumkin, ammo ta`siri tirik suv kabi emas. O`lik suv, nari borsa kimyoviy tilda aytsak H2O, holos.
Tirik suvning hususiyatlari.

  1. tirik suvlarni mikroskopda ko`rganimizda qor parchasiga o`xshab ko`inadi.

  2. iste`mol qilayotgan suning tarkibidagi mineral moddalar bo`lishiga etibor berish kerak.

  3. sirt tarangligi yupqa bo`lish kerak. (qattiq va yumshoq suvlar)

  4. ichayodgan suvimiz – zaryadli bo`lishi kerak.

  5. pH ko`rsatkichi 7.5 ga teng bo`lishi kerak.

  6. suv tarkibida bakteriya,zambrug`, viruslarni bo`lmasligi kerak.

Og`ir parxezlar, sportzal abonomentlari, sexrli dori-darmonlarzamonamiz kishilari uzoq umr ko`rish va yoshlikni uzaytirish uchun nimalar qilishmaydi deysiz. Universal eliksir(yoshlik eliksiri) kashf qilishgunga qadar turli usullardan foydalanishga to`g`ri keladi, lekin ular har doim ham samara bermaydi. Ehtimol Himolay aholisi bunday muvaffaqiyat sirini bilar. Sivilizatsiyadan uzoqda yashovchi mahalliy aholi yosh va tetik ko`rinadi, 100 yoshli yubileylarini nishonlaydi va tadqiqotchilarni inson salomatligi uchun zarur hamma narsa tabiatda mujassam ekanligiga ishontiradi. Uzoq umr ko`ruvchi sirli qabila xunzakutlar nomini olgan, chunki ularning yashash joyi Xunza daryosi qirg`og`ida joylashgan. Yevropaliklar bu kishilar haqida XX asrning boshlarida ingliz shifokori Mak-Karrisondan eshitishgan. U tog`larda istiqomat qiluvchi xalqlarga yordam berish uchun Hindistonga ketgan. Uning kuzatuvlariga ko`ra kasalliklardan jabrlanmagan yagona xalq o`ziga hos hayot tarzini kechiruvchi va sog`-salomatligi bilan ajralib turuvchi xunzakutlar bo`lgan. Qabila hayoti haqida batafsil bilish maqsadida fransuzlar xunzakutlarga tadqiqot ekspeditsiyasini jo`natishgan. Yevropaliklarni ochiq chehra bilan qarshi olishgan. Olimlar aholini ro`yhatdan o`tkazish vaqtida o`z hayratlarini yashira olishmagan; 20 ming xunzakutning aksariyati uzoq umr ko`ruvchi kishilar bo`lgan. Ularning oqsaqoli 120 yoshda bo`lsa, ba`zilari undan ham katta bo`lgan. Bu yerda yashovchi kishilarning uzoq umr ko`rish fenomenini aniqlash qiyin bo`lmagan. Olimlar ularni hayot tarzi va nima bilan oziqlanishini o`rgangan. Ma`lum bo`lishicha, ekologik sof muhit, xotirjamlik va ortiqcha hayajonmaslik muntazam jismoniy harakatlar va to`gri ovqatlanish mahalliy xalq salomatligiga ijoyib ta`sir ko`rsatgan. Ularning ratsioni asosi mevalar(ko`proq o`riklar), sabzavotlar, donli ekinlar va brinzadan iborat bo`lgan. Xunzakutlar bahorda-yangi hosil meva bergunga qadar parhez qilishadi, ungacha esa asosan quritilgan o`rikdan sharbat tayyorlab ichishadi.
Dunyoga xunzakutlar haqida ma`lumot bergan Mak-Karrisson ajoyib tajriba o`tkazdi. U mahalliy aholi ratsioni foydasini o`rganishga qaror qildi va buni 1200 kalamushda sinab ko`rdi. U tajribadagi kemiruvchilarni uch guruhga ajratadi:kalamushlar yevropaliklar parxezi, hindular parxezi va xunzakutlar parxeziga ko`ra oziqlantirildi. Ma`lum bo`lishicha, kalamushlarning birinchi guruhi tajovuzkor va g`zabnok bo`lib qolgan, ikkinchi guruhdagilarda hindularga hos bo`lgan kasalliklar kuzatilgan, uchinchi guruh kalamushlari esa o`zlarini juda yaxshi xis qilishgan, shodon va faol hayot kechirishgan.
Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, sog`lom turmush tarzi uchun to`g `ri va sifatli ovqatlanish talab qilinadi. Bundan tashqari ekologik sof muhit, xotirjamlik va ortiqcha hayajonmaslik muntazam jismoniy harakatlar ham xalq salomatligiga ijoyib ta`sir ko`rsatadi.

Download 1.14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   135




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling