Андижон ҳайвонот боғИ


BOTANIKA FANINI О‘QITISHDA DIDAKTIK О‘YIN MASHQLARIDAN FOYDALANISH


Download 1.14 Mb.
bet79/135
Sana21.04.2023
Hajmi1.14 Mb.
#1372835
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   135
Bog'liq
biologiya fanining dolzarb muammolari

BOTANIKA FANINI О‘QITISHDA DIDAKTIK О‘YIN MASHQLARIDAN FOYDALANISH


J.S. Sadinov. B.Sh. Ahmadaliyeva
Nizomiy nomidagi TDPU
Ta’lim-tarbiya jarayonida pedagogik va axborot texnologiyalarini qо‘llash bugungi kunning dolzarb muammolaridan biri sanaladi. An’anaviy ta’limda о‘quvchi-talabalarni faqat tayyor bilimlarni egallashga о‘rgatilgan bо‘lsa, zamonaviy texnologiyalar ularni egallayotgan bilimlarini о‘zlari qidirib topishlari, mustaqil о‘rganib tahlil qilishlari, hatto xulosalar yasashni о‘rgatadi. Oliy ta’limning oldiga qо‘yilgan asosiy vazifa zamon talabiga har tomonlama javob beradigan yetuk kadrlarni yetishtirish va shakllantirishdan iborat. Bunday vazifani bajarish uchun an’anaviy ta’lim berish jarayoni, ya’ni о‘qituvchi о‘zining tayyor bilim kо‘nikmalarini talabaga berishning о‘zi kamlik qiladi. Bu yо‘l talabani bilimlarni о‘zlashtirishda passiv iste’molchiga aylantirib qо‘yadi. Vaholanki, bugun bizga bilimlarni о‘zlashtiradigan passiv istyemolchi emas, balki bilimlarni faol qо‘llay oladigan ijodkor pedagog kadr zarur. Bо‘lg‘usi mutaxassis har qanday nazariy va amaliy muammoni hal qila oladigan, uni yechish yо‘llarini ilmiy yoki metodik jihatdan tahlil qilishni uddalaydigan, eng munosib va muvofiq natijalarni topa oladigan bо‘lishi davr talabidir.
О‘qitish jarayonida, maqsad bо‘yicha kafolatlangan natijaga erishishda qо‘llaniladigan har bir ta’lim texnologiyasi о‘qituvchi va talaba о‘rtasida hamkorlik faoliyatini tashkil etadi. Mazkur jarayonda ikkalasi ijobiy natijaga erisha oladi, о‘quv jarayonida talabalar mustaqil fikrlashiga zamin tayyorlaydi va ijodiy ishlay oladi.
Pedagogik texnologiyalardan biri о‘yinli о‘qitish texnologiyasidir.
О‘yinli о‘qitish texnologiyasining strukturasi о‘z ichiga quyidagi bosqichlarni oladi:

  • maqsadlarni qо‘yish.  rejalashtirish.

  • maqsadni amalga oshirish.

  • natijani tahlil qilish.

О‘yinli faoliyatning motivatsiyasi eng ixtiyoriyligi, tanlash imkoniyati va musobaqa elementlarining borligi, ehtiyojlarni qondirish, о‘zini anglash va о‘zini safarbar qilish bilan ta’minlanadi.
О‘simliklar sistematikasini о‘qitishda didaktik о‘yinlar bilan bir qatorda о‘yin mashqlardan о‘z о‘rinda va samarali foydalanish maqsadga muvofiq.
Quyida didaktik о‘yinlardan ba’zilari namuna sifatida berilmoqda.
KUZATUVCHANLIK” mashqi. О‘qituvchi talabalarga bir yoki ikkita о‘simlikning rasmini kо‘rsatadi. Talabalar xotiralarida saqlanib qolgan belgilarni daftarga yozadilar. Talabalar yuqorida berilganlarga qо‘shimcha ravishda yuksak yoki tuban о‘simlik, bо‘limi, sinfi, oilasi, gul tuzilishi, mevasining turi, tarqalish joyi va boshqalarni yozadilar. Eng kо‘p va tо‘g‘ri javob bergan talabaga rag‘bat beriladi. Bu mashq yordamida talabalarning diqqati, kо‘rganlarini eslab qolish qobiliyati - kо‘z xotirasi ortib boradi.
KORREKTURA” mashqi. Talabaga matn beriladi. Talaba matndagi xatoliklarni aniqlab tagiga chizadi va tо‘g‘ri javobni yozishadi. Bunday mashqlar 2-3 ta talaba yoki talabalar guruhlari о‘rtasida musobaqa tarzida о‘tkazilishi mumkin. Natijada, talabalarni darslikda berilgan mavzularni diqqat bilan о‘qishga, xotirasida saqlashga о‘rgatadi.
TEGISHLI BО‘LMAGAN TUSHUNCHANI RО‘YXATDAN О‘CHIRISH” mashqi. Berilgan sо‘z va atamalar orasidan boshqalariga tegishli bо‘lmagan ortiqcha sо‘zni toping va tagiga chizing.

  1. Ulotriks, ildiz, tallom, xromatofor, rizoid, tuban о‘simlik.

  2. Qirqbо‘g‘im, ildizpoya, ildizmeva, spora, sporofit, xlorofil.

DOMINO” mashqi. Doskaga ikki talaba chaqiriladi. Ulardan biri doskaga biror о‘simlik nomini yozadi. Ikkinchi talaba о‘simlik nomi qaysi harf bilan tugagan bо‘lsa, shu harf bilan boshlanuvchi boshqa о‘simlikni yozadi. О‘yin shu tarzga davom etadi. Masalan: zira - arpa - angishvonagul - lola - anor - raffleziya - yalpiz- zubturum va h. k.
ESLAB QOL” mashqi. О‘qituvchi 20-30 ta о‘simlik nomlarini
aytadi. Talabalar daftarlaridga xotiralarida saqlanib qolgan о‘simliklarning nomlarini yozadilar.
ESLAB QOL VA TО‘LDIR” mashqi. О‘qituvchi 20-30 ta о‘simlik nomlarini aytadi. Talabalar daftarlaridga xotiralarida saqlanib qolgan о‘simliklarning nomlarini va ularning oilasini (hayotiy shaklini, poyasining turini, barg turini, tо‘pgulini, meva turini) yozadilar.
BOTANIK LUG‘AT” mashqi. О‘qituvchi doskaga bitta harf yozadi. Talabalar daftarlariga shu harf bilan boshlanuvchi atamalarni, о‘simlik nomlarini yozadilar.
UMUMIY TUSHUNCHALARNI ANIQLASH” mashqi. Umumlashtiruvchi sо‘z bilan mantiqiy bog‘liq bо‘lgan sо‘zlarni aniqlang va tagiga chizing.
1. Ulotriks (xromatofor, urug‘, tallom, rizoid, ildizpoya, zoospora,).
О‘XSHASHLIK VA FARQLAR”. Talabalarga ikkita о‘simlikning rasmi beriladi. Ular Venn diagrammasi tarzida shu о‘simliklarning о‘xshashlik va farqlarini yozadilar. Masalan: ituzum va na’matak.
1-jadval


Download 1.14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   135




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling