Андижон ҳайвонот боғИ


INSONIYATNING XXI ASRDAGI EKOIJTIMOIY MUAMMOLARI


Download 1.14 Mb.
bet11/135
Sana21.04.2023
Hajmi1.14 Mb.
#1372835
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   135
Bog'liq
biologiya fanining dolzarb muammolari

INSONIYATNING XXI ASRDAGI EKOIJTIMOIY MUAMMOLARI


M.N Ataqulova
Navoiy davlar pedagogika instituti
Ekologik nuqtai nazardan yer yuzi ekotizimlarining bir bo`lagi sifatida qarash mumkin. Ammo u boshqa hayvonlar orasida Yer yuzining barcha ekologik nishalarini egallagan, hozirgi kunda fazoniham zabt etayotgan alohida panoykumen (gr.pan-hammasi) turdir.
Ma`lumotlarga ko`ra inson qadimgi tosh olovni topish bilan tabiatga qaramlikdan chiqqan paytlar Yer yuzida uning soni 1mln.dan oshmagan. Dehqonchilik va chorvachilikvujudga kelgan tosh asrining davrlarida u 100 mln.ga etgan. Inson o`z yashash sharoitini yaxshilash bilan birga o`zining tez suratlar bilan ko`payishiga imkoniyat yaratdi. Eramiz boshlarida yer yuzidagi odamlar soni 200-300 mln.ni tashkil qiladi. Keying vaqtlarda aholining yillik o`sishi 76-78 mln.kishini tashkil qilmoqda.
Insoniyat atrof- muhit bilan bog`liq holatda yashaydi. Insoniyatning barcha faoliyati, yashash muhit bilan bog`langan. Inson va atrof-muhitning umumiy belgilari bilan bir qatorda o'ziga xos tomonlari ham bor. Inson yashashi uchun zarur bo'lgan barcha narsalar – ozuqa, kiyim, qurilish materiallari va boshqalar tabiatdan olinadi. Bunga erishish uchun tabiiy boyliklardan foydalaniladi, albatta bu xomashyolarni qayta ishlash lozim
Qadimgi davrdagi antropogen ekologik tanglik fojealar asosan insonning xo`jalik yuritish tartib-qoidalarinng bilmasligi natijasida sodir bo`ldi. Bular turli xildagi tangliklarda-konsumentlar tangligi, produsentlar tangligi, redusentlar tangligi, termodinamik tanglik, sug`oriladigan yerlar tangligi va hokozalar kiradi.
XX asr mobaynida 20% atrofida maxsuldor tuproqlar yo`qotiladi. 1950 yildan 2000 yilgacha g`alla maydonlari aholi jon boshiga 0,23 gadan 0,12% gacha qisqardi.{1}
XX asr oxiri XXI asr boshlaridagi holatga ko`ra dunyo bo`yicha yiliga 841 mln kishi to`yib ovqatlanmaydi. 35 mln kishi ovchilikdan o`ladi. 1,2 mld odam ichimlik suvidan mahrum. 2mlrd kishi elektrdan foydalanmaydi, 1,6 mld kishi savodsiz, shundan 800 mln kishi katta yoshdagi insonlardir. 5,1 mln bola maktabga qatnamaydi. 2,5 mld aholi suvsizlikdan qiynaladi, har yili 3mln kishi suvsizlikdan halok bo`ladi.
Aholi soning o`sishi bilan bog`liq jarayonlar amalda hayot sohasining barchasini qamrab olish muqarrar. Aholi soning o`sishi, uning ehtiyojlarining kuchayishi inson bilan tabiat o`rtasidagi modda va energiya almashinuvini kuchaytiradi. Bu esa global ekologik muammolarning kelib chiqishiga sabab bo`ladi.
Dunyo aholisi XXI asr ga oziq-ovqat mahsulotlarining etishmasligi va yildan-yilga kamayishi muammosi bilan kirib keldi. Bunga asosiy sabab ekosistemalar ekologik turg`unligining buzilishi natijasida aholining kanbag`allashishidir. Bu hol barchani tashvishga soldi. Bu muammoni hal qilishga harakat qilinmoqda. BMT mutaxassislari tomonidan tayyorlangan oxirgi hisobotlardan birida mlnlab aholini ochlik balosidan qutqarish uchun antiqa chora hashorat yeyish tavsiya qilindi. Mutaxassislarning fikricha bu tavsiya rivojlangan davlatlar uchun qaratilgan. Ular hashorat yeyishning hech qanday zarari yo`qliginini aytishmoqda. Aksincha tegishli ishlovlardan keyin qo`ng`iz va qurtlardan mazali taom tayyorlash mumkin ekan. Ayni paytda sayyoramizda 2 mldga yaqin odam kunlik taomiga chigirtka, chumoli, qo`ng`iz kabi hashoratlarnini qo`shib istemol qilmoqdalar.
Yana bir muammo, inson biologik tur sifatida namoyon bo`lar ekan, ular bir-birlari bilan o`zaro munosabatda bo`lib yashaydi: erkaklar bilan erkaklar o`rtasidagi o`zaro munosabat, erkaklar va ayollar o`rtasidagi o`zaro munosabat va shu munosabatlar orasida erkak va ayol orasidagi biologik munosabat muhim ekologik muammo hisoblanadi. Ba`zan bular orasidagi muvozanat buzilib, tojovuzlar sodir bo`ladi. Mutaxassislar bunga demografik nomutonosiblik sababchi demoqdalar.
Insoniyatning global muammolari haqida suz yuritganda demografik muammolardan boshlash lozim. Chunki sayyorada aholi sonining ortib borishi bilan iqtisodiy, ekologik va ijtimoiy muammolar ham kuchayib bormoqda. Yer sharining aholisi XV asrda 300 mln kishidan iborat bo`lgan. XX asr boshlariga kelib, 5mlrd 930 mlnga, 2011 yilga kelib esa 7 mlrd ortiq kishiga etdi{2}.
Xulosa qilib aytganda, yashash muhitiga ko`rsatilayotgan antropogen ta`sir natijasida ekotizimlar o`zgarib, biosferadagi tabiy modda aylanish jarayoni jiddiy buzilib bormoqda. Tabiiyki, bunday sharoitda odam biologik tur sifatida o`zini saqlab qolishga intiladi. Inson yerning bundan keyingi taraqqiyotini o`ylagan holda o`z faoliyat yunalishini belgilab olmoq`i lozim. Biosfera rivoji va undagi ekologik muammolar insonning aql sohasi rivoji bilan borar ekan, inson bundan miyor daragasida foydalanishi lozim.
Foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati.

  1. Ekologiya. O`quv qo`llanma. Mas`ul muharrir: X.V.Salimov– Navoiy.2015 yil

  2. Ekologiya. O`quv qullanma. Mas`ul muharrir: Turdiqulov– Toshkent.2009 yil


Download 1.14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   135




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling