Андижон ҳайвонот боғИ


YOMON BO’LADI” YOHUD EKOLOGIK TARBIYANING UZVIYLIGINI TA’MINLASH


Download 1.14 Mb.
bet115/135
Sana21.04.2023
Hajmi1.14 Mb.
#1372835
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   135
Bog'liq
biologiya fanining dolzarb muammolari

YOMON BO’LADI” YOHUD EKOLOGIK TARBIYANING UZVIYLIGINI TA’MINLASH


*Sh. Qoraboyeva, **L.Yunusova
*Andijon transport va xizmar ko’rsatish kasb- hunar kolleji
**Andijon davlat universiteti
Esimda yeshligimizda onalarimiz baqani o’ldirma yomon bo’ladi, ilonni o’ldirma yoman bo’ladi, qushlarga ozor berma yomon bo’ladi deb takidlashar edi.Mana katta bo’libmizki bu “yomon bo’ladi”so’zining zamirida juda katta ekologik tarbiya yotganini anglab yetdik. To’g’ri baqalar turli hil kasallik keltirib chiqruvchi pashsha , chivinlarni yeb bizga katta yordam beradi. Ilonlar esa kemiruvchilarni yeb qiasjloq ho’jaligiga katta foyda keltiradi. Qaldirg’ochlar esa zararkunanda hasharotlarni yeb tabiatni tozalab turadi.
Hozirgi kunda esa baqalarni , ilonlarni, qushlarni o’ldirayotgan bolalarni ko’rib hach kim indamaydi, barcha beparva . Vaholanki 1Prezidentimiz takidlaganlariday loqaydlik juda katta muammodir.
Momolarimiz suvga tupurma gunoh bo’lda , ahlatlar tashlamanglar yomon bo’ladi deb, suvning qanchalar muqaddas ekanligini uqtirishar, agar shunday holat yuz bersa darrov tanbeh berishar edilar. Hozirgi kunga kelib ko’chalrrni supurib bemalol ahlatlarini ,yuvindilarini ariqqa oqizayotgan kimsalarni ko’rib hech kim “yomon bo’ladi” iborasini ishlatmaydi, go’yoki bu tabiiy holday.
Yoshligimizda ariqlardan oqib kelayotgan suvlarga nonlarimizni bo’ktirib mazza qilib yer edik. Hozirdachi , bu suvlarimizdan ichish nargi tomonda tursin ,xattoki qo’l yuvging ham kelmaydi.
Tog’larimizdan toshlardan – toshlarga urilib mineral tuzlarga, suv o’tlaridan vitaminlarga boy bo’lib oqib kelayotgan zilol suvlarimiz qani.
Momolarimiz ekologik tarbiyani bolalariga yoshligidan oilada ongiga singdirib qo’yishar ekan. Darhaqiqat ,demak ekologik tarbiyani oiladan ,bolalar bog’chasidan, maktablarda , kasb hunar kollejlarida, oliy o’quv yurtlarida davomiyligini ta’minlash maqsadga muvofiqdir.
Bolalar bog’chasida ham bolalarni tabiatni sevishga doir tadbirlar , ertaklar aytib berish kerakki to ularning murg’ak qalblarida ham tabiatga bo’lgan muhabbati oshsin.
Maktablarda esa “Tabiatni asrang”,”Qushlar bizning do’stimiz”,
“Gullar bayrami” kabi tadbirlarni ko’proq o’tkazish kerak.Bevosita bu jarayonni kasb hunar kollejlarida davom ettiriladi.
Tabiat boyliklaridan oqilona foydalanish va atrof- muhitni muhofaza qilishda kasb-hunar ta'limi muassasalarining muhandis-pedagogik jamoasi muhim rol o'ynaydi. Kasb-hunar ta'limi ustalari va o'qituvchilaming vazifasi nafaqat o'quvchilar-bo'lajak ishchilar, qishloq xo'jaligi mehnatkashlari, kasbkor va hunar egalari, mutaxassislarga ta'lim-tarbiya berish, balki ularning ekologik ongi va madaniyatini yuksaltirish, tabiat boyliklarini asrash va tabiatni muhofaza qilishga bo'lgan ma'naviy ehtiyojlarini rivojlantirish, shuninhdek fan yutuqlarini ,texnika va ilg'or tajribalarni tabiatni muhofaza etish faoliyatiga tadbiq etishlariga amaliy yordam ko'rsatishdir. Suv va havoning sofligi, yer va uning hosildorligi ko'p jihatdan muhandispedagogikning tabiatga nisbatan o'quvchilar qalbida qay darajada muhabbat uyg'ota olgani, ularni qanchalik tejamkorlik va oqilona xo'jalik yuritishga o'rgata olganiga bog’liqdir
Demak farzandlarimizda ekologik tarbiyani shakllantirishni uzviyligini taminlash muhim ahamiyat kasb etadigan global masala ekanligini unutmasligimiz kerakligini his qilib dars o’tishimiz lozim. Ekologiyaga oid hadislardan namunalar.
Ekmoq niyatida qo’lingizda ko’chat turgan payitda , behosdan qiyomat- qoim bo’lishi aniq bo’lsa ham ulgursangiz uni ekib qo’ying.
Kishilarga soya beruvchi daraxtni kesgan kishi boshi bilan do’zahga tashlanadi.
Qaysi bir musulmon ekin eksa, yoki biror daraxt o’tkaza, so’ng uning mevasidan qush yoki hayvon yesa, uning ekkanidan yeyilgan narsaning har biridan unga sadaqa savobi yoziladi.
Islomda ichimlik suvi bilan ekin sug’orish man etilgan.
Holbuki,tabiat va uning mahsullari inson uchun ekan, ulardan oqilona foydalanish kerak.Yerga, suvga, hayvon va o’simliklarga bo’lgan munosabaimizni tiklashimiz orqaligina Ona tabiatimizni saqlab qolishimiz mumkin.

Download 1.14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   135




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling