Andijon davlat instituti boshlang’ich ta’lim yo’nalishi 2-bosqich 201-guruh talabasi Karimova madinabonuning ona tili fanidan tayyorlagan slaydi


Download 81.1 Kb.
Sana25.01.2023
Hajmi81.1 Kb.
#1120605
Bog'liq
5-mavzu Karimova M

Andijon davlat instituti boshlang’ich ta’lim yo’nalishi 2-bosqich 201-guruh talabasi Karimova madinabonuning ona tili fanidan tayyorlagan slaydi.


5-mavzu:Yordamchi so’z turkumlarining ta’rifi,turlari va grammatik xususiyatlari.
Yordamchi so‘z turkumlari mustaqil so‘z turkumlaridan farqlanadi. Ular lug‘aviy ma’noga ega emas, morfologik jihatdan o‘zgarmaydi, gapda sintaktik vazifa bajarmaydi, yasalish xususiyatiga ega emas. Mustaqil lug‘aviy ma’noga ega bo‘lmay, gap bo‘laklari va gaplarni o‘zaro bog‘lash, xilma-xil munosabatlarni ko‘rsatish yoki ularga qandaydir qo‘shimcha ma’no qo‘shishga xizmat qiladigan so‘z turkumlari yordamchi so‘z turkumlari deyiladi. YOrdamchi so‘z turkumlariga bog‘lovchi, ko‘makchi va yuklama kiradi.
Ko’makchi:
Ot, va otlashgan so’zlardan keyin kelib, ularni boshqa so’zlarga tobelanish yo’li bilan bog’laydigan yordamchi so’zlar ko’makchi deyiladi: O’z qo’li bilan to’g’riladi. Ko’makchi qaysi so’zdan keyin kelsa, o’sha so’z bilan birgalikda bir so’roqqa javob bo’lib, bir xil gap bo’lagi vazifasini bajaradi.
Ko’makchilar ikki guruhga bo’linadi:
Vazifadosh ko’makchilar gapda o’rni bilan mustaqil so’z,o’rni bilan ko’makchi bo’lib keladi.Bularga:tomon,tashqari,bo’ylab,bo’yi,chamasi,holda,yo’sinda,ichkari,tashqari,old,orqa kabilar kiradi.
Sof ko’makchilar lug’aviy ma'nolarini butunlay yo’qotib, vazifa jihatidan kelishik qo’shimchalariga yaqin turadigan so’zlardir: bilan, uchun, kabi, sari, singari, sayin, uzra , qadar, yanglig’. Bunday ko’makchilar urg’u olmaydi, urg’u ko’makchidan oldingi so’zning oxirgi bo’g’iniga tushadi
Bog’lovchi:
So'zlar va qo'shma gap tarkibidagi sodda gaplarni bog'lash uchun qo'llaniladigan yordamchi so'zlar bog'lovchilar deyiladi. Bog'lovchi so'zlar va gaplar o'rtasidagi munosabatlarni ta'minlasa ham ular bilan birlashmaydi. Yakka holda ham biror so'zga qo'shilgan holda ham biror gap bo'lagi bo'lib kelmaydi. Bog'lovcllilar qo'llanishiga ko'ra ikki xil: Yakka bog'lovchilar, takrorlanuvchi bog'lovchilar.
Bog’lovchilar 4 guruhga bo’linadi:
Ayruv bog’lovchilari:
Uyishiq bo’laklarni yoki gaplarni bir-biridan ajratib,ta’kidlab bog’laydi,yo,yoki,yoxud,yoinki,yo-yo,goh-goh va shu kabilar kiradi.
Biriktiruv bog‘lovchilari:
va, hamda so‘zlaridan iborat bo‘lib, ular gapning uyushiq bo‘laklarini yoki sodda gaplarni o‘zaro bog‘laydi.
Zidlov bog‘lovchilar:
mazmunan bir-biriga zid bo‘lgan gap va gap bo‘laklarini o‘zaro teng bog‘laydi. Ularga ammo, lekin, biroq so‘zlari kiradi.
Inkor bog‘lovchisi na so‘zidan iborat bo‘lib, uyushiq bo‘laklarni yoki qo‘shma gap tarkibidagi sodda gaplarni inkor ma’nosi orqali bog‘lab, takrorlangan holda qo‘llanadi: U hozir na odamlarni, na ularning gapini pisand qilardiUnda na insof bor, na diyonat.
Yuklama:
Yuklama — yordamchi soʻzlarning bir turi; ayrim gap boʻlagiga yoki gapga qoʻshimcha maʼno berish uchun qoʻllanadi. Yuklama tuzilishiga koʻra 2 xil boʻladi: Yuklamaqoʻshimcha (qoʻshimcha holiga kelib qolgan Yuklama: mi, chi, da, a, ya) va Yuklamasoʻz (ayrim soʻz holidagi Yuklama: faqat, xuddi, naq, ham). Hoz. oʻzbek adabiy tilida gapga yoki ayrim soʻzlarga qoʻshilganda anglatadigan maʼnolariga koʻra Yuklamaning quyidagi turlari farqlanadi:

E’tiboringiz uchun rahmat.


Download 81.1 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling