Andijon davlat pedagogika instituti aniq va tabiiy fanlar fakulteti tabiiy fanlar kafedrasi
Download 60.59 Kb.
|
sahobiddin kurs ishi (3)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tadqiqot nazariy va amaliy ahamiyati
- I BOB. Qashqadaryo tabiiy geografik okrugining geografik oʻrni 1.1Qashqadaryo tabiiy geografik okrugining geografik oʻrni va chegaralari.
Mavzuning maqsadi: Qashqadaryo tabiiy geografik okrugini geografik xususiyatlari, geologik tuzilishi, tabiiy geografik rayonlarga bo’linishini tahlil qilish.
Mavzuning vazifasi: Okrugning geografik o`rni, relyefini tahlil etish; Tuproqlari, iqlimi, ichki suvlarini tahlil qilish; O`simlik va hayvonot dunyosi uning tarqalish geografiyasini aniqlash; Qo`riqxonalari va milliy bog`inining ahamiyati va vazifasi; Tadqiqot nazariy va amaliy ahamiyati: Bu tadqiqot natijasida Qashqadaryo tabiiy geografik okrugining geografik o’rni, tuproqlari, iqlimi, foydali qazilmalarini nazariy va amaliy jihatdan bilib olish. Kurs ishining tuzilishi: Kurs ishi kirish, ikki bob, tortta paragiraf, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro’yxatidan iborat. Kurs ishining yozilishida 13 ga yaqin adabiyotlardan foydalanilgan. Kurs ishining ish hajmi 14 betdan iborat. I BOB. Qashqadaryo tabiiy geografik okrugining geografik oʻrni 1.1Qashqadaryo tabiiy geografik okrugining geografik oʻrni va chegaralari.O’zbekiston hududini tekislik va tog’ oldi tog’ deb ikkita provinsiyachaga ajratish maqsadga muvofiq. O’zbekistonning tekislik va tog’ oldi tog’lik qismlari landshaftining rivojlanishi va vujudga kelishi jihatidan ham, hozirgi tabbiy geografik hususiyatlari jihatidan ham bir-biridan farq qiladi. Tog’larda denudatsuya va eroziya jarayoni kuchli va ular tog’ oldiga kelib to’planadi. Tekislik qismi esa uzoq vaqt dengiz tagida qolib, mezokaynazoy cho’kindi jinslari bilan qoplangan. Tog’li qismi esa asosan paleazoy jinslaridan tarkib topgan bo’lib, gersin va so’nggi tektonik jarayonlar natijasida ko’tarilib qolgan. O’zbekiston tekislik qismining iqlimi qurg’oqchil bo’lib, yozi juda isib ketsa, tog’ oldi va tog’larda xarorat nisbatan biroz salqin bo’lib yog’in ortib, yuqoriga ko’tarilgan sari harorat pasayadi. Ana shular tasirida tuproq va o’simlik qoplamida ham tekislik bilan tog’ oldi va tog’larda farq mavjud. Biz O’zbekiston hududining tekislik qismi bilan tog’ oldi tog’ qismi rasidagi yuqorida qayt qilingan tafovutlarni hisobga olib uni quyidagi ikkita provinsiyachaga – tekislik provinsiyasiga va tog’ oldi tog’ provinsiyasiga bo’lamiz. Ular orasidagi chegarani tog’ oldi alluvial tekisliklarning quyi qismi yoki och boz tuproqning quyi chegarasi orqali o’tkazish mumkin. Xar bir provinsiyacha o’z navbatida bir biridan geologik, geomorfologik xususiyatlari, orografik va gipsometrik sharoitlari va boshqa tabiiy unsurlari jihatidan farqlanuvchi yirik tabiiy hududiy komplekslarga – okruglarga bo’linadi. Okrug o’z navbatida geomorfologik va iqlimiy xususuyatlari jihatidan bir-biridan farq qiladigan, o’ziga xos tuproq va o’simlik turlariga ega bo’lgan kichik tabiiy-hududiy komplekslarga, rayonlarga bo’linadi. Rayonlar esa o’z navbatida yanada kichik tabiiy geografik komplekslar – landshaftlarga ajratiladi. Landshaftlarni ajratishda bir asosan relefning genetic xususiyatlariga va tuproq-o’simlik turlariga etibor beriladi. Qashqadaryo okrugi O’zbekistonning janubida joylashgan bo’lib, uning shimoliy chegarasi Qoratepa, Zirabuloq, Ziyovuddin tog’lari orqali, g’arbiy chegarasi Jarqoq, Muborak va Dengizko’l balandliklari orqali o’tadi. Janubi va janubi g’arbida Sandiqliqum okrugni Turkmanistondan ajratib turadi. Okrug sharqidagi Hisor tog’lari, janubi sharqidagi Boysun tog’lari uni Surxondaryo okrugidan ajratib turadi. Qashqadaryo okrugi O’zbekistonning janubida joylashgan bo’lib, uning shimoliy chegarasi Qoratepa, Zirabuloq, Ziyovuddin tog’lari orqali, g’arbiy chegarasi Jarqoq, Muborak va Dengizko’l balandliklari orqali o’tadi. Janubi va janubi g’arbida Sandiqliqum okrugni Turkmanistondan ajratib turadi. Okrug sharqidagi Hisor tog’lari, janubi sharqidagi Boysun tog’lari uni Surxondaryo okrugidan ajratitb uradi. Download 60.59 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling