Andijon davlat pedagogika instituti aniq va tabiiy fanlar fakulteti tabiiy fanlar kafedrasi


Qashqadaryo okrugining geologik va geomorfologik tuzilish


Download 60.59 Kb.
bet3/7
Sana20.06.2023
Hajmi60.59 Kb.
#1628477
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
sahobiddin kurs ishi (3)

1.2. Qashqadaryo okrugining geologik va geomorfologik tuzilish
Qashqadaryo viloyati hududi Oʼrta Osiyoning tekislik va togʼli
qismlari tarkibida murakkab paleogeografik taraqqiyotni bosib o’tgan.
Geomorfologiyasi, geologiyasi ka’bi tabiiy komponentlar landshaftlarning
morfologik holatini kelib chiqishida birlamchi komponentlar sanaladi. Ayniqsa antropogen ta’sir evaziga balandlik mintaqalaridagi geoekologik vaziyatning kelib chiqishi, ushbu vaziyatni chuqurroq o’rganishni, aniqlashni taqozo etmoqda. Geologik davrlar davomida tog’ jinsi, relyef, iqlim, o’simlik va hayvonot olami, mikroorganizimlar shakllangan. Antropogen landshaftlarning ko’lami ortib borarkan geoekologik monitoring ko’lami ham kengayishi zarur. Bu esa tabiiy komponentlarning ma’lum vaqt davomida o’zgarishga uchrashi va komponentlar orasidagi o’zaro aloqalarini tasniflash avvalo landshaftlar qobig’ining “markaziy o’qi”dan boshlanishi lozim, ammo geoxronologik davrlarda yerning ichkikuchlarining ham taraqqiyoti ya’ni tog’ jinslari ham relyefni o’zgartirib gohidaasosiy birlamchi komponentga aylanadi.
Qashqadaryo viloyati hududining geomorfologik, geologik o’tmishining
bugungi kunda inson tomonidan qulay muhit yaratishga asoslangan antropogen
ta’sir ko’lamini va geoekologik holatlarning sabablari ko’rib chiqilishi zarur
hisoblanadi. Hududning balandlik mintaqalarida geoekologik vaziyatning tarqalishi geomorfologik, geologik jarayonlar bilan bog’liq bo’lgan qanday yotqiziqlar joylashganligi hamda antropogen ta’sirning oshishi hisobiga tabiatdan oqilona munosabat shaklida olib borish kerakliligi haqida yoritish, tog’ jinslarining landshaft hosil bo’lishidagi ishtirokini aniqlash kerak.
Qashqadaryo viloyati tumanlari haqida alohida maqolalarga qarang: masalan, Dehqonobod tumani, Kasbi tumani va boshqalar.
Qashqadaryo Hisor tizmasining Tog’tosh dovoni yaqinidan boshlanib, Muborakka yetmasdan qumlarga singib ketadi. U tog’li qismida tor o’zanda tez oqadi, Oqsuv irmog’i qo’shilgandan so’ng vodiysi kengayib tekislikka chiqqach, Tanxoz, Yakkabog’daryo, Langar, G’uzordaryo kabi irmoqlarini qo’shib oladi.
Qashqadaryo qor suvidan to’yinsa-da, uning Jinnidaryo, Oqsuv, Yakkabog’ va Tanxoz irmoqlari qor-muzlik suvidan to’yinadi. Chunki ularning havzasida umumiy maydoni 20,3 km.kv maydonga ega bo’lgan kichik muzliklar joylashgan.
Qashqadaryo tabiiy geografik okrugi yer yuzasi tuzilishi jihatidan bir xil emas. Uning shimoli, shimoli-sharqiy va sharqiy qismida Zarafshon, Hisor va Boysun tog’lari joylashgan. Qashqadaryo okrugining shimoli sharqida Zarafshon tizmasining g’arbiy davomi hisoblangan Chaqilkalon, Qoratepa, Zirabuloq, Ziyovuddin tog’lari joylashgan. Chaqilkalonning eng baland Zebon cho’qqisi 2336 m ga yetadi. Bu tog’ g’arbga davom etib, Taxtaqoracha dovonida (1630 m) tugab, so’ngra Qoratepa tog’i boshlanib, eng baland yeri 2197 m ga yetadi. Qoratepa tog’i Jom cho’lida tugab, so’ngra g’arbga qarab Zirabuloq (Zindontog’ cho’qqisi — 1115 m) va Ziyovuddin tog’lari davom etadi. Qashqadaryo tabiiy geografik okrugining sharqiy qismida Hisor tizmasi va uning davomi hisoblangan Hazrat Sulton, Chaqchar, Boysun tog’lari joylashgan. Chaqchar tog’idan janubi g’arbga tomon yo’nalgan Osmontarash, Beshnov, Eshonmaydon kabi tog’lar joylashgan. Chaqchar va Hisor tog’lari tutashgan joylarda Botirboy, Seversev kabi kichik muzliklar mavjud. Qashqadaryo tabiiy geografik okrugining tog’li qismi g’arbga va janubi g’arbga pasayib, Kitob-Shahrisabz botig’iga, so’ngra adirlarga va tekisliklarga tutashib ketadi. Okrugning tekislik qismi yuzasi bir xil emas, unda onda-sonda qoldiq tog’lar va platolar uchrab turadi. Qashqadaryo tabiiy geografik okrugining g’arbiy qismida Qarshi cho’li va vohasi joylashgan. Bu cho’lda sho’rxoklardan iborat nisbatan pastqam joylar bo’lib, ularning eng muhimlari Do’ltalisho’r, Sho’rsoy, Suxtasho’r, Yonboshsho’r va boshqalar hisoblanadi. Qashqadaryo tabiiy geografik okrugida bir necha cho’llar bo’lib, Qarshi cho’lining shimoli va shimoli g’arbida Qarnob, Jom cho’llari, janubi sharqida Nishon cho’li joylashgan. Qashqadaryo tabiiy geografik okrugi geologik tuzilishi jihatidan bir xil emas. Uning tog’li qismi paleozoy erasining gersin tog’ hosil bo’lishi jarayonida burmalangan bo’lib, kristalli slanes, ohaktosh, marmar, granit kabi jinslardan tashkil topgan. Zarafshon tog’ining g’arbiy davomi hisoblangan Chaqilkalon ko’proq giрs, mergel, ohaktoshlardan tashkil topganligi tufayli karst jarayoni rivojlangan. O’sha tog’da O’rta Osiyodagi eng chuqur — Kili (1082 m) g’ori joylashgan. Qashqadaryo tabiiy geografik okrugida sovuqsiz kunlar 210—242 kun davom etadi (Qarshida 209 kun, Dehqonobodda 216 kun, Kitobda 219 kun, G’uzorda 242 kun).



Download 60.59 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling