Andijon Davlat pedagogika instituti Aniq va Tabiiy fanlarni o'qitish metodikasi Biologiya Sirtqi yo'nalishi


Download 1.31 Mb.
bet2/3
Sana17.06.2023
Hajmi1.31 Mb.
#1545191
1   2   3
Bog'liq
baliqlardagi parazitlarni o`rganish

Baliqlar haqida umumiy tushuncha
Baliqlar suvda yashovchi xordali hayvonlar. Tanasi ikki yondan siqilgan, tangachalar bilan qoplangan, uchta toq, ikkita juft suzgichlari bor. Jabra orqali nafas oladi. Yuragi ikki kamerali, qon aylanish sistemasi bitta doiradan, nerv sistemasi bosh miya va orqa miyadan iborat.
Baliqlar haqida umumiy tushuncha
Baliqlardagi parazitlar haqida ma’lumot
Amfilinidlar (Amphilinida) -yassi chuvalchanglar tipining sinfi. Baliqlar va suv toshbaqalarining tana boʻshligʻida parazitlik qiladi. Tanasi bargeimon yoki tasmasimon, uz. 2-38 sm. Yopishuv organlari va ichagi boʻlmaydi. Germafrodit, jinsiy organlari takror-lanmaydi. Boʻgʻin almashinuv orqali koʻpayadi. Tuxumlari suvda rivojlanadi. Kiprikli lichinkasi (likofora) oraliq xoʻjayini (yonlab suzarlar, oʻnoyoqli qisqichbaqasimonlar) tana boʻshligʻiga oʻtib, metamorfozga uchraydi. Oraliq xoʻjayini bilan birga asosiy xoʻjayini (baliq, toshbaqa) oshqozoniga tushganida uning tana boʻshligʻiga oʻtib oladi va pa-razitlik qilib voyaga yetadi. A. 1 oilaga mansub 8 toʻrni oʻz ichiga oladi. Bakra baliklarda parazitlik qiluvchi Amphilina foliacea keng tarqalgan.
Karpxo`rlar (Branchiura) turkum vakillari asosan karpsimon baliqlarning ektoparazitlari xisoblanadi. Karp bitlarining 70 dan ortiq turi fanga ma`lum bo`lib, baliqlarda, suvda hamda quruqlikda yashovchilarda va mollyuskalarda ham parazitlik qilib hayot kechirishadi. Chuchuk suvlarda tarqalgan. Karpxo„rlarning kattaligi 3 mm dan 15 mm gacha boradi. Karp biti boshko`kragi yaxlit, qorin bo`limi esa erkin holatda bo`ladi. Boshko„kragidagi oldingi oyoqlar parazitizmga moslashgan. Boshko`krak bo`limi qalqon bilan o`ralgan bo`lib, yelka qismida 2 ta fasetkali va 3 ta oddiy ko`zlari joylashgan. Ko`krak bo`limida joylashgan 4 juft ko`krak oyoqlari suzib harakatlanish vazifasini bajaradi. Qorin suzgichi kichkina, uchida 2ta qayrilgan kurakchasi va jinsiy azosi joylashgan
Baliqlardagi parazitlar haqida ma’lumot

Download 1.31 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling