Andijon davlat pedagogika instituti axborot xati
Download 78.5 Kb.
|
ахборот хати АДПИ (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Maqola matnini rasmiylashtirish talablari
4-yo’nalish: ta’lim bosqichlarida uzviylik va uzluksizlikni ta’minlash.
Maqola mazmuniga qo’yiladigan talablar: Maqola konferensiya yo’nalishlariga mos kelishi, berilayotgan g’oyalarning mazmuni, nazariy va amaliy ahamiyati aniq yoritib berilishi va yakunlangan bo’lishi lozim. Maqola mazmuni, keltirilgan ma’lumotlar va ularning ilmiy asoslanishi, imloviy, punktuasion va stilistik xatoliklardan holi bo’lishi hamda manbalarning ishonchliligi uchun mualliflar mas’uldirlar. Maqola matnida turli qisqartmalardan foydalanmaslik (zarur hollarda ularning yoyilmasi matnda keltirilishi lozim), matn va jadvallarni tahrirlashga ta’qiq qo’ymaslik tavsiya qilinadi. Maqola matnini rasmiylashtirish talablari: Maqola matni MS Office dasturining Microsoft Word matn muharririda, Times New Roman shrifti, 14 kegel kattaligi, 1,5 intervalda bo’lishi va 3-5 bet hajmda tayyorlanishi kerak. Maqola matnlari tahrir qilingan holda A4 hajmda, yuqoridan va pastdan 2,0 sm, chapdan 3 sm, o’ngdan 1,5 sm joy qoldirib rasmiylashtiriladi. Ma’ruzachining ismi sharifi, ilmiy daraja va unvoni hamda muallifning rasmi, (o’ng yuqori burchak, kursivda, 14 kegel, kattaligidagi shrift, 1 interval), tashkilot va shahar nomi, e-mail va joy kodi bilan muloqot telefonlari (ikkinchi qatorda) ko’rsatiladi. So’ngra 1 interval qoldirib, maqolaning nomi bosh harflar bilan yoziladi. Keyingi satrdan 1 interval qoldirilib, maqolaning qisqacha annotasiyasi va kalit so’zlar (rus va ingliz tillarida) berilishi shart. Asosiy matn 1,5 intervalli qatorlarda yoziladi. Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati matn so’nggida beriladi. Havolalar maqola matnida keltiriladi hamda foydalanilgan adabiyotlar ro’yxatidagi tartib raqami va sahifasi ko’rsatiladi Masalan: [1;10]. Maqolalar o’zbek, rus va ingliz tillarida qabul qilinadi. Maqolaning elektron nusxalari konferensiya tashkiliy qo’mitasiga yuboriladi. Maqolalar 2023-yilning 24 aprel kuniga qadar qabul qilinadi. Maqola va tezislar yuqorida keltirilgan talablarga mos kelmagan holda chop etilmaydi va muallifga qaytarilmaydi. Tezislarning mazmuniga, ma’lumotlar mualliflarga tegishliligi uchun va keltirilgan manbalarning to’g’riligiga mualliflar mas’ul. Anjuman materiallari to’plam holida nashr qilinadi. Nashr ishlari maqola va tezislar mualliflari hisobidan amalga oshiriladi. Chop ettirilgan ilmiy tezis va maqolalalar uchun sertifikat elektron tarzda taqdim etiladi. Nashr harajatlari uchun tezislarning har bir sahifasiga 15 000 (o’n besh ming) so‘mdan haq to‘lanadi. To‘lovlar naqd pul yoki o‘tkazma orqali qabul qilinadi. To’lovlar Payme yoki Click orqali quyidagi karta bo’yicha o‘tkazilishi mumkin: Download 78.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling