O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI
ANDIJON DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI
AXBOROT XATI
O’zbekiston Respublikasi 2019-yil 8-maydagi PQ-4312-sonli O’zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to’g’risida”gi Qarorida belgilangan maktabgacha ta’lim sohasidagi normativ-huquqiy bazani yanada takomillashtirish, maktabgacha yoshdagi bolalarning har tomonlama intellektual, axloqiy, estetik va jismoniy rivojlanishi uchun shart-sharoitlar yaratish, bolalarning sifatli maktabgacha ta’lim bilan qamrovini oshirish, undan teng foydalanish imkoniyatlarini ta’minlash, mazkur sohada davlat-xususiy sherikligini rivojlantirish, maktabgacha ta’lim tizimiga innovatsiyalarni, ilg‘or pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etishdek ustuvor vazifalarni amalga oshirishga hissa qo’shish maqsadida Andijon davlat pedagogika institutining Maktabgacha ta’lim fakulteti, Maktabgacha ta’lim kafedrasi tomonidan 2023 yil 5-may kuni “Global transformasiyalar davrida maktabgacha ta’lim sifatini oshirish: innovasiyalar va istiqbollar” mavzusida sohada olib borilayotgan ilmiy izlanishlarning dolzarb muammolari, amaliyotda erishilgan yutuqlar va belgilangan vazifalarni bajarish mexanizmlarini muhokama qilish maqsadida Xalqaro onlayn ilmiy-amaliy konferensiya o’tkaziladi.
Konferensiyada quyidagi asosiy yo’nalishlar bo’yicha nazariy va amaliy muammolar muhokama qilinishi nazarda tutilgan:
1-yo’nalish: tarbiyachi kasbiy kompetensiyasini takomillashtirishda pedagogik va axborot texnologiyalardan foydalanish;
2-yo’nalish: maktabgacha ta’lim bosqichida milliy tarbiyani yo’lga qo’yishning nazariya va amaliyoti;
3-yo’nalish: maktabgacha ta’lim sifatini oshirish: innovasiyalar va istiqbollar.
Do'stlaringiz bilan baham: |