- Андижон давлат тиббиёт институти Фармацевтик фанлар кафедраси
- Мавзу: Лактамидлар -, Пенициллинлар, цефолоспоринлар гурухига кирган дори моддалари тахлили.
- Betalaktam qatori antibiotiklar-penitsillinlar va sefolosparinlarning dori vositalari Betalaktam penitsillinlar qatori dori vositalari va ularning o’ziga xos tomonlari (benzilpenitsillinning natriy va kaliyli tuzlari, fenoksimetilpenitsillin, ampitsillin). Sun'iy sefalosporinlar va ularning rezistentligi (sefaleksin, sefalotin, sefaloridin). Ularning olinishi, tahlil usullari tahlili, qo’llanilishi va saqlanishi.
- 1942-йилда америкалик З.А.Ваксман микроорганизмлар ҳосил қиладиган антимикроб таъсирга эга бўлган “антибиотик” деган атамани киритди
- Hozirgi zamon tibbiyotini penitsillin, sefaleksin, tetrasiklin, streptomitsin va boshqa aminoglikozidlar, aromatik guruh, antibiotiklar hamda ulaming ko'p sonli yarimsintetik yo'l bilan olingan hosilalarisiz tasavur qilib bo'lmaydi.
- Antibiotiklar kimyoterapevtik, ya’ni kasallik paydo qiluvchi mikroorganizmlarga nisbatan, tanlab ta’sir qiluvchi preparatlar guruhiga kiradi.
- Antibiotiklar o ‘zlarining antimikrob ta’sir doirasiga ko‘ra, quyidagi guruhlarga bolinadi:
- 1) grammanfiy mikroorganizmlarga faol ta’sir ko‘rsatadigan antibiotiklar. Bu guruhga penitsillin va makrolid (eritromitsin, oleandomitsin va boshqalar) antibiotiklari kiradi;
- 2) grammanfiy va grammusbat mikroorganizmlarga nisbatan faol ta’sir ko‘rsatuvchi antibiotiklar guruhini aminoglikozidlar tashkil qiladi;
- 3) keng doira antimikrob ta’sirga ega antibiotiklar guruhga levo-
- mitsetin, tetrasiklin va ba’zi boshqa antibiotiklar kiradi;
- 4) turli kasallik qo'zg'atuvchi zamburug'larga qarshi ta’sir ko'r
- satuvchi antibiotiklar. Bu guruhni levorin va nistatinlarga o'xshash
- polien antibiotiklari tashkil qiladi.
- Antibiotiklar kimyoviy tuzilishi va antimikrob ta’siriga ko'ra yana quyidagicha tasniflanadi.
- 1) betalaktamidlar. Bu guruh o'z ichiga tabiiy va yarimsintetik penitsillin va sefalosporinlami oladi;
- 2) aminoglikozid antibiotiklar. Bu guruhni streptomitsin, kanamitsin, gentamitsin, neomitsin, tobramitsin va boshqalar tashkil qiladi;
- 3) aromatik guruh antibiotiklarga levomitsetin va uning efirlaridan levomitsetin stearat, levomitsetin suktsinat kiradi;
- 4) tetrasiklin qator antibiotiklar. Bunga tabiiy antibiotiklardan tetrasiklin, oksitetrasiklin va ulaming yarimsintetik hosilalaridan morfosiklin, metasiklin, doksisiklin va boshqalar kiradi;
- 5) aureol kislota qator va boshqa rak kasalligiga qarshi antibiotiklar. Olivomitsin, rubomitsin, karminomitsinlar bu guruhlaming vakillaridir;
- 6) turli guruhlardan tashkil topgan antibiotiklar. Bu qator antibiotiklarga, lakmoidlardan - eritromitsin; polipeptidlardan - gramitsidin C; polienlardan - levorin; rifamitsinlardan - tabiiy rifamitsin
Do'stlaringiz bilan baham: |