Andijon davlat tibbiyot instituti farmatsevtik fanlar kafedrasi


Polioksietillangan lanolin


Download 7.12 Mb.
bet124/431
Sana31.01.2024
Hajmi7.12 Mb.
#1819576
1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   ...   431
Bog'liq
Farmatsevtik texnologiya majmua

Polioksietillangan lanolin. Bu birikma oksietilen lanolinning efir guruhiga birikishi yo‘li bilan hosil bo‘ladi.Suvda eriydigan lanolin ikki markada olinadi: «Vodlan-45», rN 8 va «Vodlan60», rN 7,1. Polioksietillangan lanolin suyultirilgan etil spirtida ham eriydi. Agar 3% miqdorda qo‘shilsa, yumshoq surtma dori (krem) asosi hosil bo‘ladi.
Polimerlangan glitserin hosilalaridan olingan emulgatorlar
Bu guruhga T-2 va T-1 qattiq emulgatorlar yordamida olingan surtma dori asoslari kiradi, bu asoslar margarin ishlab chiqarishda ishlatiladi. Ulardan birinchisi diglitserinning stearin kislotasi bilan hosil qilgan tulikmas mono-va diefirlari aralashmasidir. T-2 esa shu aralashmani triglitserin distearatlari bilan hosil qilgan aralashmasidir. 1956 yilda E.N.Kutumova T-2 emulgatori asosida surtma dori asoslaridan birini yaratdi, tarkibi: 6 qism vazelin bilan 1 qism emulgatorning 3 qism emulsiya suvi aralashmasidan tashqil topgan bo‘lib, ko‘rinishi ok yumshoq surtma dori holidagi massa.
Span emulgatorlari
Bu sorbitanning yuqori yog‘ kislotalari bilan bergan tulikmas efiridir. Sorbitan sorbitol olti atomli spirtidan hosil bo‘ladi. Bu birikma xalkalanganda xuddi tetragidropiron va tetragidrofuran birikmalari singari tuzilishga ega bo‘ladi. Sorbitan furan tuzilishida degidratlanganda bitsiklik angidrid holiga utadi va bu birikma sorbit deb ataladi, buni ham yog‘ kislotalari bilan eterifikatsiyalash mumkin. Sorbitan bilan qanday kislota birikishiga qarab har xil spanlar hosil bo‘ladi, bu spanlar asosdagi kislotasiga qarab har xil xususiyatli bo‘ladi va shunga qarab nomlanishda nomerlari bilan farqlanadi. Span-20, Span-40, Span-60 va x.k.Spanlar lipofil birikmalardir. CHunki ular moylarda, spirt, atseton va xloroformda yaxshi eriydi. Suv-yog tipidagi emulsiya hosil qiladi. Ionlashmaydigan harakterdagi dorivor preparatlardan surtma dori tayyorlashda keng ishlatiladi.
Emulgator-pentol. Turt atomli pentaeritrit spirt va olein kislotasining 19% mono-, 55% di- va tetraefirlaridan tuzilgan. Bu birikma Rossiya ilmiy tekshirish instito‘tida sun‘iy va tabiiy holatlarda olingan. bo‘larni V.M.Gretskiy urganib farmatsiya amaliyotida ishlatishga tatbik etdi. Vazelin 5% pentol bilan turg‘un yuqori dispers emulsion sistema hosil qiladi, bu 50-60 % suv bilan suv-yog tipidagi emulsion sistema , yuqori aktivlikka ega bo‘lib, salbiy xossalari yuk. Bu asos saqlashga ancha turg‘un, sovuq va qizdirganda ham o‘z xususiyatini o‘zgartirmasdan saqlab qoladi.
Yog‘-shakar emulgatori. yog‘-shakar emulgatori saxarozaning yuqori yog‘ kislotalari bilan hosil qilgan murakkab efiridir. Saxaroza va yog‘ kislotalari (stearin, palmitin, laurin) bu emulgatorni olishda xom ashyo hisoblanadi, yoki bo‘lar urniga o‘simlik yog‘lari va kokos, palmitat kislotalari aralashmalari ishlatilishi mumkin. Saxaroza molekulasida 8 OH guruhi bor bo‘lib, ularni eterifikatsiya yo‘li bilan har xil sirt aktivlik xususiyatini namoyon qiluvchi ko‘plab birikmalarni sintez kilish mumkin. o‘zining xususiyatiyatiga ko‘ra sirt aktiv moddalardir va emulgator sifatida qo‘llash mumkin. Palmitin va stearin kislotalarining diefirlari (2%) miqdorda vazelin moyi (47%) bilan suv (45%), metilsellyuloza (1%) va serezin (5%) ular bilan aralashtirilganda suv-yog tipidagi turg‘un konsistensiyali emulsiya hosil bo‘ladi. Metilsellyuloza va serezin bu erda ivituvchi vazifasini utaydi. Bu asos va dorivor moddalarning rezorbsiyasi (salitsil kislotasi, sulfatsil-natriy) vazelinga karaganda yaxshi natija beradi. Bu emulgator toza holda, rangsiz kristallik modda bo‘lib, hidsiz va ta‘msiz. 100 0S haroratgacha chidamli 120 0S dan boshlab eriy boshlaydi. Organizmda yog‘ kislotalariga, glyukozaga va fruktozaga parchalanadi. Terida allergik holatlarni chakirmaydi, rN ko‘rsatkichni normal saqlab turadi, suv balansini ham normada ushlab turadi.

Download 7.12 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   ...   431




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling