Andijon davlat tibbiyot instituti farmatsevtik fanlar kafedrasi


Moy suvli emulsion surtmalar


Download 7.12 Mb.
bet132/431
Sana31.01.2024
Hajmi7.12 Mb.
#1819576
1   ...   128   129   130   131   132   133   134   135   ...   431
Bog'liq
Farmatsevtik texnologiya majmua

Moy suvli emulsion surtmalar
Bu guruhdagi surtmalar, yuqorida bayon etilganidek, tipik sovituvchi surtmalarga kiradi, bularda emulgator vazifasini surtma tayyorlash jarayonida hosil bo‘ladigan sovun bajaradi.
Rp.: Stearini 10,0 Kalii carbonatis 1,0
Natrii tetraboratis 0,5
Ol.Vaselini 15,0 Aq. purificatae 70,0 M.f.unq. DS.
Kaliy karbonat va bura suvda eritiladi. Stearin (asosan stearin kislota va olein, palmitin kislota aralashmalaridan tashqil topgan) vazelin moyida eritiladi. Ishqorning natriy tetraboratli issiq suvli eritmasiga 70-80 0S da (suv hammomida) extiyotlik bilan stearinning moy bilan aralashmasi quyiladi. Bunda stearin va boshqa kislotalarning kaliyli tuzi hosil bo‘ladi, shu bilan bir vaqtda massaning quyuqlanishi ruy beradi. Gomogenizatsiyadan so‘ng hovonchada ishqoriy reaksiyadagi surtma olinadi. Teriga surtilganda u muguz qavatga oson shimiladi. Suvli fazani buglanishdan va shimilganidan so‘ng terida yupka plenka (sovun-moyli) qoladi, u organiq erituvchilarni, smola, lakni o‘tkazmaydi, bu esa uning himoyalovchi surtma sifatida ishlatilishiga asos bo‘ladi. Trietanolaminni emulgator sifatida qo‘llash yanada yaxshirokdir.Trietanolamin siropga o‘xshash och-sariq suyuqlik bo‘lib, suv, spirt, glitserin va boshqa ko‘pgina organiq erituvchilar bilan yaxshi aralashadi. yog‘ kislotalari bilan trietanolamin dermatologik surtmalar tarkibiga kiruvchi sovun hosil qiladi.U dorivor moddalarning singishini tezlashtiradi. Trietanolamin bilan tayyorlangan surtma-emulsiyalar teriga qitiqlovchi ta‘sir ko‘rsatmaydi. Shuning uchun kosmetikada keng qo‘llaniladi.
Rp.: Triaethanolamini 4.0 Stearini 24.0
Ol. Helianthi 12,0 Aq. purificatae 50.0 M.f. ung.
D.S.
Tayyorlash texnologiyasi xuddi avvalgi dorixatdagidek.
Emulsion asosdagi surtmalar
Emulsion asosdagi surtmalar yirik farmatsevtik ishlab chiqarish korxonalarida ishlab chiqariladi, chunki ularni ishlab chiqarish bir vaqtda emulgatorni tayyorlab olish bilan ham bog‘liqdir. Dorixonada tayyor asos yoki emulgator bo‘lganida emulsion asosdagi surtmalarni tayyorlash kulay bo‘ladi. Emulgator sifatida ko‘pincha T-2 emulgatori qo‘llaniladi, uning yordamida quyidagi konsistent emulsiya olinadi: vazelin 60 qism, emulgator 10 qism, suv 30 qism (E.N.Kutumova buyicha). Vazelin va emulgator T2 buglatish kozonida qizdiriladi, so‘ngra korpusga bo‘lib-bo‘lib 90-95 0S gacha qizdirilgan suv quyiladi, 15 minut aralashtiriladi. Korpusda eriydigan dorivor modda bilan surtma tayyorlashda (masalan, skipidar) uni oldin korpusda eritib olinadi va so‘ngra suv qo‘shib aralashtiriladi. Xuddi shu surtmani kaliy yodid bilan tayyorlashda uni oxirida suvli fazada eritiladi. Suspenzion surtmalarni tayyorlashda erimaydigan modda vazelin moyi bilan disperslanadi yoki 45 0S dan yuqori qizdirilmagan asos bilan eziladi. Kaysi usulni tanlash qattiq faza miqdoriga bog‘liq.
Mavzu 24.

Download 7.12 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   128   129   130   131   132   133   134   135   ...   431




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling