Andijon davlat tibbiyot instituti farmatsevtik fanlar kafedrasi
Emulsion asosdagi surtmalar
Download 7.12 Mb.
|
Farmatsevtik texnologiya majmua
- Bu sahifa navigatsiya:
- Qodoqlash va jixozlash
- 25 Ma‘ruza MAVZU 25.
- Tayanch atama va iboralar
Emulsion asosdagi surtmalar
Emulsion asosdagi surtmalar yirik farmatsevtik ishlab chiqarish korxonalarida ishlab chiqariladi, chunki ularni ishlab chiqarish bir vaqtda emulgatorni tayyorlab olish bilan ham bog‘liqdir. Dorixonada tayyor asos yoki emulgator bo‘lganida emulsion asosdagi surtmalarni tayyorlash kulay bo‘ladi. Emulgator sifatida ko‘pincha T-2 emulgatori qo‘llaniladi, uning yordamida quyidagi konsistent emulsiya olinadi: vazelin 60 qism, emulgator 10 qism, suv 30 qism (E.N.Kutumova buyicha). Vazelin va emulgator T2 buglatish kozonida qizdiriladi, so‘ngra korpusga bo‘lib-bo‘lib 90-95 0S gacha qizdirilgan suv quyiladi, 15 minut aralashtiriladi. Korpusda eriydigan dorivor modda bilan surtma tayyorlashda (masalan, skipidar) uni oldin korpusda eritib olinadi va so‘ngra suv qo‘shib aralashtiriladi. Xuddi shu surtmani kaliy yodid bilan tayyorlashda uni oxirida suvli fazada eritiladi. Suspenzion surtmalarni tayyorlashda erimaydigan modda vazelin moyi bilan disperslanadi yoki 45 0S dan yuqori qizdirilmagan asos bilan eziladi. Kaysi usulni tanlash qattiq faza miqdoriga bog‘liq. Qodoqlash va jixozlash Surtmalarni tashqi muxit ta'siridan himoya qiladigan og‘zi kеng burama qopqoqli shisha, plastmassa idishlarga еki plastamssa, alyumin tubalarga qadoqlash maqsadga muvofiq bo‘ladi. Bu qadoq turi surtmaning xavo bilan kontaktini oldini oladi, mikrob kontaminatsiyasini oldini oladi. Tubalar laklangan alyuminiy еki polietilеndan tayyorlanadi. Eng yaxshisi polimеr matеriallar hisoblanadi. Alyumin tubalar burama qopqoqli bo‘lsa, polimеr tabiatli tubular kavsharlash zarur.49 25 Ma‘ruza MAVZU 25. Linimentlar dori shakli sifatida, umumiy texnologiyasi. Gomogen linimentlar tayyorlash va sifatini baholash. Ma‘ruza maqsadi: Linimentlar dori shakli sifatida, umumiy texnologiyasi. Gomogen linimentlar tayyorlash va sifatini baholashga oid nazariy ma‘lumotlarni berish. Tayanch atama va iboralar: Linimentlar-quyuq suyuqlik Linira-surtish Olimenta-moyli asosdan tashkil topgan linimentlar Sapolimenta- sovunli asosdan tashkil topgan linimentlar Gomogen-bir xil yoki o‘xshash faza Geterogen- turli xil yoki har xil faza Reja: Linimentlar ta‘rifi va tasnifi. Linimentlarni afzallik va kamchiliklari Linimentlar tayyorlashning umumiy qoidalari Linimentlarning xususiy texnologiyalari Linimentlarni sifatini nazorat qilish Linimentlar — quyuq suyuqlik bo‘lib, sirtga surtish uchun mo‘ljallangan va teri haroratida eriydigan dori shakllariga kiradi. Liniment lotincha suz bo‘lib, linira — surtish degan ma‘noni anglatadi. Linimentlar bir yoki bir necha dorivor moddalardan hamda asoslardan tashqil topgan. Asos sifatida o‘simlik yog‘lari (kungaboqar, shaftoli, kanakunjut), vazelin moyi, xloroform va esilonlar ishlatiladi. Liniment dori shakli tarkibidagi asos xususiyatiga ko‘ra ularni quyidagi guruhlarga bo‘lish mumkin: 1) moyli asoslardan tashqil topgan linimentlar — Olimenta; 2) sovunli asoslardan tashqil topgan linimentlar — Sapolimenta. Fizik-kimyoviy xususiyatiga ko‘ra linimentlar turli xil bo‘lib, o‘zida eritma, emulsiya, suspenziya va aralash dispers sistemalarni mujassamlashtiradi. Linimentlar qadimdan ishlatilib kelinayotgan dori shakli hisoblanib, tarkibining turlitumanligi bilan ajralib turadi. Bu dori turi uchun XI DF da «linimentlar» deb ataluvchi umumiy maqola keltirilgan. X DF ko‘rsatmasiga binoan linimentlar tarkibiga dorivor moddalar, ularning fizik-kimyoviy xossalariga qarab kiritiladi. Suvda eriydigan moddalarni suvda, moyda eriydigan moddalarni moyda va suvda ham moyda ham erimaydigan moddalarni suspenziya ko‘rinishida liniment tarkibiga kiritish kerak. Shunga ko‘ra linimentlar eritma, emulsiya, suspenziya va aralash tipda uchrashi mumkin. Linimentlarni tayyorlash quyidagi bosqichlardan iborat: asosni tortib olish va eritish, dorivor moddani tortish va maydalash, aralashtirish, idishga joylash, kerakli yorliq yopishtirish, kasalga berish uchun tayyorlash. Linimentlarni bemorga berishda «Sirtga» degan yorliq, shuningdek quyidagi ehtiyot yozuvlari (etiketkalari) bo‘lishi lozim: «Salqin joyda saqlansin!», «Ishlatishdan oldin chayqatilsin!», «Yorug‘lik tushmaydigan joyda saqlansin!» va boshqalar. Linimentlar o‘zok muddat ishlatilishi uchun tayyorlanib, ularga «Kullashdan oldin chayqatilsin», «Salqin joyda saqlansin!» kabi qo‘shimcha yorliqlar yopishtirilishi kerak. Linimentlar ogzi zich berkitilgan, shisha idishlarga jihozlanib tayyorlanishi kerak. Moyli linimentlar — Olimenta Download 7.12 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling