Andijon davlat tibbiyot instituti farmatsevtik fanlar kafedrasi
Download 7.12 Mb.
|
Farmatsevtik texnologiya majmua
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mavzuni ahamiyati
- Mustaqil tayyorlash uchun savollar:**
- Laboratoriya mashg‘uloti uchun topshiriqlar
1 Laboratoriya mashg‘uloti
Mavzu: OG’IRLIK, HAJM VA TOMCHI BO’YICHA DOZALARGA BO’LISH. RETSEPT VA UNDA ISHLATILADIGAN QISQARTMALAR. TAROZILARNING METROLOGIK TAVSIFI. O’qitish maqsadi: Og’irlik, hajm va tomchi bo’yicha dozalarga bo’lish. Retsept va unda ishlatiladigan qisqartmalar. Tarozilarning metrologik tavsifi bilan tanishish, ma‘lumotlarni o’rganish. Mavzuni ahamiyati: Og’irlik, hajm va tomchi bo’yicha dozalarga bo’lish. Retsept va unda ishlatiladigan qisqartmalar. Tarozilarning metrologik tavsifini, ma‘lumotnomalar, adabiyotlarni o’rganish. Vaziyatli masalalar: Agar retsept mahalliy tilda yozilgan bo‘lsa, farmatsevt retseptni tayyorlab berishi mumkinmi? Quyidagi sharoitda retseptni tayyorlash mumkinmi? Signatura qismida dori vositasini qanchadan qabul qilishi ko‘rsatilmagan bo‘lsa; Retseptda narkotik dori vositasi ko‘rsatilgan bo‘lsa; Retseptda bemorning ismi, sharifi ko‘rsatilmagan bo‘lsa va shifokorning shaxsiy muhri bo‘lmasa. Agar retseptda zaharli dori vositasini bir martalik dozasi oshib ketgan bo‘lsa. Mustaqil tayyorlash uchun savollar:** 1. Farmatsevtik texnologiya fanining mohiyati va maqsadi nimadan iborat? Davlat farmakopeyasi haqida ma‘lumot bering. Davlat farmakopeyasi qanday bo‘limlardan tashkil topgan? Farmatsevtik texnologiya fanida qanday tarozilar ishlatiladi? Tarozilar ishga qanday tayyorlanadi? Tarozi va tarozi toshlari qancha muddatda tekshiriladi? Farmatsevt qanday hollarda tez retseptni tayyorlab, bemorga beradi? Retsept nima va u qanday qismlardan iborat? Posongili va qo‘l tarozlaridan foydalanishda nimalarga ahamiyat berish lozim? Laboratoriya mashg‘uloti uchun topshiriqlar Talaba retseptlarni lotin tiliga tarjima qilib, tarozi va tarozi toshlarda tortishni o‘rganadi. Oling: Natriy gidrokarbonatdan 0,5 Shunday miqdorda 10 dona ber. Ber.Belgila. Oling: Kalsiy karbonatdan 0,3 Shunday miqdorda 10 dona ber. Ber.Belgila. Oling: Fenilsalitsilatdan 0,25 Shunday miqdorda 10 dona ber. Ber.Belgila. 4. Oling: Oq tuproqdan 0,5 Shunday miqdorda 10 dona ber. Ber.Belgila. Oling: Magniy oksididan 0,3 Shunday miqdorda 10 dona ber. Ber.Belgila. Oling: Vismut nitrat asosidan 0,25 Shunday miqdorda 10 dona ber. Ber.Belgila. ** Mustaqil tayyorlash uchun savollarning muhokamasini zamonaviy pedagogik texnologiyalarning ―B\B\B‖ usulidan foydalanib o’tkaziladi. Mashg’ulotda ko’rib chiqilgan ma‘lumotnomalar, adabiyotlarga asoslanib retsept, tarozi va tarozi toshlari, dori preparatlarini tarozida tortish qoidalarini ―B\B\B‖ jadvalidan foydalanib ifodalash. B\B\B jadvali
Download 7.12 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling