Andijon davlat tibbiyot instituti farmatsevtik fanlar kafedrasi


Pasporti: Belladonna nastoykasi 12 tomchi qand poroshogi 1,8 g mumumiy =1,8g m 1 ta poroshokning og‘irligi 1,8∕6=0,3 g Tayyorlanishi


Download 7.12 Mb.
bet20/431
Sana31.01.2024
Hajmi7.12 Mb.
#1819576
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   431
Bog'liq
Farmatsevtik texnologiya majmua

Pasporti: Belladonna nastoykasi 12 tomchi qand poroshogi 1,8 g mumumiy =1,8g
m 1 ta poroshokning og‘irligi 1,8∕6=0,3 g
Tayyorlanishi: bu retsept buyicha 1,8 g qand kukuni qizdirilgan hovonchada maydalanib, uning ustiga 12 tomchi belladonna nastoykasi tomiziladi va sochiluvchan poroshok hosil bo‘lguncha aralashtiriladi. Tayyor poroshok 0,3 g dan 6 ta mumli kogozga qadoqlanib, kogoz xaltachaga solinadi, so‘ng kerakli erlik epishtiriladi.
5. Poroshoklarni sifatini tekshirish 1. Retseptning to‘g‘riligi.

  1. Dori moddalar miqdori.

  2. Tayyorlash texnologiyasi.

  3. Poroshokning sochiluvchanligi.

  4. Poroshokning bir xilligi.

  5. qadoqlanishi.

  6. Joylashtirilishi.

  7. Jihozlanishi va xokazolar.

3 - Ma‘ruza.
MAVZU 3 Zaharli va kuchli ta‘sir etuvchi moddalar ro'yxatiga kiradigan dorilar bilan ishlash qoidalari, ular bilan murakkab poroshoklar tayyorlash.
Ma‘ruza maqsadi: Zaharli va kuchli ta'sir etuvchi moddalar bilan poroshoklar tayyorlash. Triturat tayyorlash texnologiyasi. O‘zRSSV ning 1996 yil 17 iyun 489-sonli buyrug‘i.
Reja: 1. Zaharli va kuchli ta'sir etuvchi moddalar ro’xatiga kiradigan dorilar bilan ishlash qoidalari

  1. Triturat tayyorlash

  2. Zaharli va kuchli ta'sir etuvchi moddalar bilan poroshok tayyorlash

  3. Poroshoklarni sifatini tekshirish

  4. O’zRSSV ning 1996 yil 17 iyun 489-sonli buyrug’i.

Tayanch atama va iboralar: Triturat-zaharli ta‘sir etuvchi moddalarni aniq tortib olish uchun indiferrent modda qo‘shib tayyorlangan aralshma, sut qandi-indeferrent modda, trituratio atropini sulfatis- atropin sulfat triturate, zahar-venena, signatura-belgila.
Dori moddalar kuchli ta'sir etuvchi va zaxarli xususiyatga ega bo‘lsa, DF XI ko‘rsatmasi bo‘yicha kukunni umumiy tarkibidagi zaxarli va kuchli ta'sir etuvchi modda miqdori 0,05g bo‘lsa 1:10 yoki 1:100 nisbatdagi aralashmasi ishlatiladi. Trituratlarni ishlatish bilan kam miqdordagi moddani tortishdagi aniqliq va shu kam miqdorni bir xil aralashmani ta'minlaydi. Triturat tayorlash
Triturat — trituratio dеb, zaxarli yoki kuchli ta'sir etuvchi moddalarni anik tortib olish uchun kulaylik tugdirish maksadida biror indiffеrеnt modda kushib tayyorlangan aralashmaga aytiladi.
XI DF ga asosan rеtsеptda zaxarli yoki kuchli ta'sir etuvchi moddalarning umumiy mikdori 0,05g dan kam bulganda trituratdan foydalanish tavsiya etiladi.
Triturat tarkibidagi indiffеrеnt modda sifatida sut qandi tavsiya etiladi. Sut qandining solishtirma ogirligi kupchilik alkaloidlarning solishtirma ogirligiga yaqin va u gigroskopik emas.
Trituratlar «zaharli moddalar» ro‘yxatidagi moddadan 1:100 (1+99) va «kuchli ta‘sir qiluvchi moddalar» ro‘yxatidagi moddadan 1:10(1+9) nisbatda tayyorlanadi.
Trituratlarni tayyorlash zaxarli moddalardan poroshoklar tayyorlash qoidasiga tula buysunadi. Triturat tayyorlash:
Masalan: Atropin sulfatdan 10 g triturat tayyorlash kеrak, dеb faraz kilaylik. Buning uchun xovonchaga 9,9 g sut kandini solib maydalanadi, xovoncha tagida taxminan 0,1 g sut qandini koldirib, kolgani kogozga olib kuyiladi. Xovonchadagi sut kandi ustiga juda extiyotlik bilan 0,1 g atropin sulfat kushib yaxshilab aralashtiriladi va kolgan sut kandini oz-ozdan xovonchaga solib, poroshok bir xil bulguncha yana aralashtiriladi. Atropin sulfat « zaharli moddalar » ruyxatiga kiradi.
Triturat solingan idish ustiga uning kontsеntratsiyasi va kanday modda ekanligini kursatuvchi
yorlik yopishtirilgan bulishi kеrak.

Download 7.12 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   431




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling