Adabiyotlar
1.DFX1D,Moskva-1990Y.
2.M.M.Miralimov „Yigindi prеparatlar tеxnologiyasi", Ibn Sino ,2001y. 3.M.M.Miralimov va boshqalar "Dorixonada dori turlarini tayyorlash bo‘yicha amaliy -o‘llanma",Toshkеnt,1990y.
4. Z.T.S.Kondratеva „Tеxnologiya lеkarstvеnno`x form", Moskva, "Mеditsina", 1999 Y.
23 Laboratoriya mashg‘uloti.
Mavzu: 5% GACHA VA UNDAN KO’P DORI MODDASINI SAQLAGAN
SUSPENZION SURTMA DORILAR TAYYORLASH. SIFATINI BAHOLASH
O‘-itish ma-sadi: Berilgan, tarkib bo‘yicha suspenzion surtma tayyorlay olish va sifatini baholashni o‘rganish.
Mavzuning ahamiyati. Surtmalar tayyorlashda zarur bo‘ladigan me‘yoriy hujjatlar bilan tanishish va ulardan foydalana bilish, ishlatilayotgan dori moddalar eruvchanligiga va dorixatda yozilgan miqdor iga -arab surtma dori to‘rini tayyorlash texnologiyasini tanlay bilish va asoslash, hamda tayyorlangan suspenzion surtmalami sifatini baholashni o‘rganish katta ahamiyatga egadir.
Vaziyatli masalalar:
Oling: Simob amidoxloriddan 0,5
Vazelindan 20,0
Aralashtiring surtma hosil bo‘lsin
Bering.Belgilang.-o‘lga surtish uchun
Тalaba 20,0 g vazelinni suv hammomoda eritdi, havonchaga 0,5 g simob amidoxloridini tortib oldi va taxminan 0,25 g eritilgan vazelin bilan bir xil massa hosil bo‘lguncha ezildi. Сso‘ng -olgan vazelin oz-ozdan -o‘shildi. Surtma -ado-landi va yorli-landi. Retsept to‘g‘ri tayyorlandimi?
Оling: Аnestezindan 5,0 Rux oksididan 20,0
Кraxmaldan 20,0
Vazelindan 100,0
Aralashtiring surtma hosil bo‘lsin
Bering.Belgilang. yaralangan joyga surtish uchun
Тalaba havonchga birinchi bo‘lib 20,0 g kraxmal solib maydaladi so‘ng 5,0 g anestezin va 20,0 g rux oksidini tortib olib kraxmalga qo‘shib maydaladi. 25,0 g vazelin moyi yordamida yaxshilab eziladi, bo‘t-asimon massa hosil bo‘lgandan keyin suv hammomida eritilgan 100,0 g vazelin solib bir xil aralshma hosil -ilinadi. Surtma qadoqlanadi, yorli-lab, jihozlanadi. Retsept to‘g‘ri tayyorlandimi?
Оling: Rezortsindan 0,4 Vazelindan 10.0 gacha
Aralashtiring surtma hosil bo‘lsin
Bering.Belgilang. teriga surtish uchun
Таlaba 0,4 g rezortsinni 0,2 ml tozalangan suvda eritib, so‘ng 9,6 g vazelinni suv hammomida eritib oldi va rezortsin eritmasiga bir xil aralashma hosil bo‘lguncha aralashtirdi. Surtma -ado-landi va yorli-lab, jihozlandi. Retsept to‘g‘ri tayyorlandimi?
Do'stlaringiz bilan baham: |