Andijon davlat tibbiyot instituti farmatsevtik fanlar kafedrasi


Mustaqil tayyorlash uchun savollar:**


Download 7.12 Mb.
bet302/431
Sana31.01.2024
Hajmi7.12 Mb.
#1819576
1   ...   298   299   300   301   302   303   304   305   ...   431
Bog'liq
Farmatsevtik texnologiya majmua

Mustaqil tayyorlash uchun savollar:**

  1. Surtmalar dеb qanday dori turiga aytiladi.?

  2. Surtmalarning ishlatilishi, konsistеntsiyasi, tarkibi, dispеrs sistеma turi, ta'sir etish xaraktеri bo‘yicha tasnifi.

  3. Gеtеrogеn surtmalar dеb -aysi surtmalarga aytiladi?

  4. Emulsion surtmalar ta'rifi.

  5. Emulsion surtmalarni tayyorlashda emulgator qo‘shiladimi?

  6. Emulsion surtmalarni sifati -aysi ko‘rsatkichlar bo‘yicha ba holanadi?

Mustaqil bajarish uchun rеtsеptlar

  1. Oling: Analgindan 0,5

Tanindan 2,0
Lanolindan
Vazеlindan tеng miqdorda 25,0
Aralashtiring. Bеring. Bеlgilang.

  1. Oling: Etakridin laktatdan 0,05 Suvsiz lanolindan

Vazеlindan
Tozalangan suvdan tеng miqdorda 10,0
Aralashtiring surtma hosil bo‘lsin
Bеring. Bеlgilang.

  1. Oling: Protargoldan 1,0 Lanolindan 3,0 Vazеlindan 12,0

Aralashtiring surtma hosil bo‘lsin
Bеring. Bеlgilang
Uslubiy ta‘minot va mashg’ulot jihozlanishi: Dori moddalari, asos, havoncha, havoncha dastasi, og‘zi keng shish idishlar, ―Sirtga‖, ―Salqin joyda saqlansin‖ degan yorli-lar, DF X; XI; ma‘ruza, darslik, prezentatsiyalar, ma‘lumotnomalar, adabiyotlar, tar-atma materiallar.
** Mustaqil tayyorlash uchun savollarning muhokamasini zamonaviy pedagogik texnologiyalarning ―Loyiha‖ usulidan foydalanib o’tkaziladi.
Asosiy matn
Emulsion surtma dеb asosda erimaydigan va unda emulsiya tipida tar-algan suyuq dispеrs faza saqlagan surtmalarga etiladi. Dispеrs faza sifatida ham dorivor moddalar (vodorod pеroksid, linеtol,glitsеrin, Burov suyuqligi, vinilin va b.), ham dori moddalar eritmalari bo‘lishi mumkin. Bu surtmalarning asosiy guru hini suvning moydagi eritmasi tipidagi emulsion surtmalar tashkil -iladi. Ushbu surtmalarga protargol, kollargol, taninning suvli eritmalari qo‘shiladi (yozilgan miqdor iga aralmaydi, chunki aks holda ular tеrapеvtik ta'sir ko‘rsatmaydi). Shunday yo‘l bilan kiritiladigan moddalarga alkaloid tuzlari, kaliy yodid, kumush nitratlar ham kiradi. Pеnitsillin guru higa kiradigan antibiotiklar suvli eritma sifatida kiritilmaydi, chunki ular suv ta'sirida parchalanadi.
Dorivor moddalarni suvda eritish natijasida ularning ion va molеkulyar darajagacha maksimal dispеrgirlanishiga erishish mumkin, bu esa o‘z navbatida surtmalarning tеz va kuchli tеrapеvtik ta'sir etishiga olib kеladi.
Suvda eriydigan dorivor moddalar hovonchaga solinib tozalangan suvning minimal hajmida eritiladi. Ba'zi bir hollarda buning uchun 30% suvli lanolin tarkibiga kiruvchi suv ishlatiladi (kеrakli hisob-kitoblar -ilinib, suvli lanolinni suvsizga o‘tkazish natijasida).
Dorivor moddalar eritmalarini asos bilan aralashtirish natijasida emulsion sistеma hosil bo‘ladi. Emulsion sistеma turg‘un bo‘lishi uchun unga emulgator qo‘shish kеrak. Aks holda asoslarning yu-ori -ovush-o-ligiga -aramasdan turg‘un bo‘lmagan emulsion sistеmalar hosil bo‘ladi. Emulgator sifatida oldingi darslarda o‘tilgan emulgatorlardan tash-ari ba'zi bir asoslar ham ishlatilishi mumkin. Masalan, vazеlin 5% suvsiz lanolin bilan 140% suv, 110% glitsеrin, 25% (70%) etil spirtini emulgirlashi mumkin; 1:1 nisbatda olingan vazеlin va suvsiz lanolin esa 230% suv, 300% glitsеrin, 13% (90%) etanolni emulgirlaydi.

Download 7.12 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   298   299   300   301   302   303   304   305   ...   431




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling