Andijon davlat tibbiyot instituti farmatsevtik fanlar kafedrasi
TALABANI MUSTAQQIL ISHI (TMI)
Download 7.12 Mb.
|
Farmatsevtik texnologiya majmua
- Bu sahifa navigatsiya:
- MUSTAQIL TA‘LIM TASHKIL ETISHNING SHAKLI VA MAZMUNI.
TALABANI MUSTAQQIL ISHI (TMI)
Talabaning Mustaqil ishi O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta‘lim vazirligining 21.02.2005 yildagi 34-sonli buyrug’i va institut rektori tomonidan 2013 yil 27 fevralda tasdiqlangan ―Talaba Mustaqil ishini tashkil etish, nazorat qilish va nazorat tartibi to’g’risidagi Nizom asosida tashkil etiladi.‖TMI ―Farmatsevtik texnologiyasi‖ fani dasturiga muvofiq taklif etiladi: talabalarni o’quv izlanish ishlarini alohida keltirilgan mavzular bo’yicha; jadvallar, slaydlar, vaziyatli masalalar, testlar tuzish bilan. O’quv jurnalida har bir semestr amaliy mashg’ulotdan keyin alohida ustuncha ajratilib, unga talabaning Mustaqil bajargan ishiga ball qo’yiladi. Semestr mavzulari bo’yicha 2ta Mustaqil topshiriladi. Ikkita baxo umumlashtirilib o’rtacha baxo qo’yiladi. MUSTAQIL TA‘LIM TASHKIL ETISHNING SHAKLI VA MAZMUNI. ―Farmatsevtik texnologiya‖ fani bo’yicha talabaning Mustaqil ta‘limi shu fanni o’rganish jarayonining tarkibiy qismi bo’lib, uslubiy va axborot resurslari bilan to’la ta‘minlangan. Talabalar auditoriya mashg’ulotlarida professor-o’qituvchilarning ma‘ruzasini tinglaydilar, laboratoriya mashg’ulotlarini bajaradilar, retseptlar texnologiyasini bajaradilar. Auditoriyadan tashqarida talaba darslarga tayyorlanadi, adabiyotlarni va berilgan laboratoriya ishlarini konspekt qiladi, uy vazifa sifatida berilgan retseptlarni yechadi. Bundan tashqari ayrim mavzularni kengroq o’rganish maqsadida qo’shimcha adabiyotlarni o’qib referatlar tayyorlaydi hamda mavzu bo’yicha testlar echadi. Mustaqil ta‘lim natijalari reyting tizimi asosida baholanadi. Uyga vazifalarni bajarish, qo’shimcha darslik va adabiyotlardan yangi bilimlarni Mustaqil o’rganish, kerakli ma‘lumotlarni izlash va ularni topish yo’llarini aniqlash, internet tarmoqlaridan foydalanib ma‘lumotlar to’plash va ilmiy izlanishlar olib borish, ilmiy to’garak doirasida yoki Mustaqil ravishda ilmiy manbalardan foydalanib ilmiy maqola va ma‘ruzalar tayyorlash kabilar talabalarning darsda olgan bilimlarini chuqurlashtiradi, ularning Mustaqil fikrlash va ijodiy qobiliyatini rivojlantiradi. SHuning uchun ham Mustaqil ta‘limsiz o’quv faoliyati samarali bo’lishi mumkin emas. ―Farmatsevtik texnologiyasi‖ fanidan Mustaqil ish majmuasi fanning barcha mavzularini qamrab olgan va quyidagi 36 ta katta mavzu ko’rinishida shakllantirilgan. TMI kafedra arxivida ro’yxatga olinadi va 1 yil mobaynida saqlanadi. TMI ning hajmini kafedra xodimlari har bir talaba uchun quyidagi hajmda belgilaydi. I. Agar talaba tanlagan mavzusi bo’yicha vaziyatli masala tuzadigan bo’lsa; 10 va undan yuqori masala uchun 5 ball; 5 tadan 10 tagacha 4 ball; 3 tadan 5 tagacha 3 ball bilan baholanadi. 3 tadan kam bo’lsa baxolanmaydi. II. Agar talaba tanlagan mavzusi bo’yicha test tuzadigan bo’lsa: (testlarning har birini 5 tadan javobi bo’lishi shart); 50 va undan yuqori test tuzilsa 5 ball; 30 tadan 50 tagacha 4 ball; 10 tadan 30 tagacha 3 ball bilan baholanadi. 10 tadan kam testlar baxolanmaydi. III. Agar talaba tanlagan mavzusi bo’yicha adabiyotlar taxlilini beradigan bo’lsa; 5 yillik adabiyotlarni ko’rib chiqib, internet ma‘lumotlaridan foydalanib, qo’l yozma tipida 10 bet referat tayyorlasa 5 ball; 5 yillik adabiyotlarni ko’rib chiqib, internet ma‘lumotlaridan foydalanib, qo’l yozma tipida bet referat tayyorlasa 4 ball 5 yillik adabiyotlarni ko’rib chiqib, internet ma‘lumotlaridan foydalanib, qo’l yozma tipida 3 bet referat tayyorlasa 3 ball bilan baholanadi. 3 betdan kam tayyorlangan referat baholanmaydi. Download 7.12 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling