Andijon davlat tibbiyot instituti farmatsevtik fanlar kafedrasi


-mavzu. Suvli ajratmalarning xususiy texnologiyasi, sifatini baholash. Mualliflik tarkiblar


Download 7.12 Mb.
bet374/431
Sana31.01.2024
Hajmi7.12 Mb.
#1819576
1   ...   370   371   372   373   374   375   376   377   ...   431
Bog'liq
Farmatsevtik texnologiya majmua

16-mavzu. Suvli ajratmalarning xususiy texnologiyasi, sifatini baholash. Mualliflik tarkiblar.
Damlama va qaynatma tayyorlashning o’ziga xos texnologiyalari: alkaloid, yurak glikozidlari, antroglikozidlar, oshlovchi moddalar, efir moylari , saponinlar saqlovchi o’simlik xom ashyosidan suvli ajratmalar olish. Damlama va qaynatmalarga dori moddalarini qo’shish qoidalari. O’z RSSVning 2002 yil 29 dekabrdagi 582-sonli va 583-sonli buyruqlarida suvli ajratmalar texnologiyasiga oid bo’limlari.
17-mavzu. Shilimshiqlar. Ekstrakt konsentratlardan foydalanib suvli ajratmalar tayyorlash, sifatini baholash
SHilimshiq saqlagan xom ashyodan (gulxayri ildizi, zig’ir urug’i, salep tuganagi va b.) ajratma olishning o’ziga xos tomonlari. Sarf koeffitsient tushunchasi, uning qo’llanilishi. Ekstraktkonsentratlar tushunchasi, tasnifi, ularni suvli ajratmalar olishda qo’llanilishi. Suvli ajratmalarning ekstrakt-konsentratlardan foydalangan holda olishning afzalliklari. Murakkab tarkibli dorixatlarda ekstrakt konsentratlardan foydalanganda dorivor moddalarni qo‘shish qoidalari. Mualliflik takriblar. Suvli ajratmalarni saqlash, sifatini baholash va takomillashtirish yo’llari.
18-mavzu. Fitoterapiyaning asosiy qoidalari. Fitoterapiyaning tasnifi va xususiy texnologiyasi.
Fitoterapiya tushunchasi, kelib chinish tarixi, ahamiyati, qoidalari va prinsiplari. qadimda va bugungi kunda faoliyat yuritayotgan maktablar. Fitopreparatlar tasnifi. O‘zbekiston Respublikasi SSVning 2009 yil 2 fevraldagi 25-sonli buyrug‘iga asosan dorixonalarda va DPMlarda fitobarlarni tashkil etish, fitoichimliklarni afzalligi. Jihozlash va qadoqlash qoidalari.
19-mavzu. Shamchalar. Juvalash va quyish usuli bilan shamchalar tayyorlash.
Shamchalarga dori moddalarni qo‘shish qoidalari. Tayoqchalar va ularni hisoblash va sifatini baholash
Shamchalar dori turi sifatida, ularning afzallik va kamchiliklari, tasniflanishi, DF tomonidan o’yilgan talablar. SHamchalar uchun asoslar nomenklaturasi, ularning tasnifi, qo’yilgan talablar. Shamchalar tayyorlashning umumiy texnologiyasi. Shamchalarni tayyorlash usullari: jo‘valash va quyish usullari. Jo’valash usulida shamchalarni tayyorlash. quyish usulida shamchalar texnologiyasi. O’rin olish koeffitsienti hamda teskari o’rin olish koeffitsienti tushunchalari. Shamchalarni sifatini baholash.

Download 7.12 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   370   371   372   373   374   375   376   377   ...   431




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling