Andijon davlat tibbiyot instituti farmatsevtik fanlar kafedrasi


Amfoter xususiyatli emulgatorlar


Download 7.12 Mb.
bet66/431
Sana31.01.2024
Hajmi7.12 Mb.
#1819576
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   431
Bog'liq
Farmatsevtik texnologiya majmua

Amfoter xususiyatli emulgatorlar Bu guruh emulgatorlari oksil moddalardan hosil bo‘lgan. SHuning uchun ular pHi muxit xususiyatiga qarab nordon va ishqoriy turlariga bo‘linadi.
Jelatoza — (Gelatosa) — jelatinani suv bilan 1:2 nisbatda, avtoklavda 2 soat davomida 2 atm. bosimida to‘liqsiz gidroliz natijasida hosil bo‘lgan modda. Jelatinani shu usul bilan ishlanganda elimlash xususiyati yo‘kolib, emulgirlanish xossasi qoladi. Jelatozaning yaxshi navi arab elimiga tenglashadi. Jelatoza 1931 yilda M. G. Volpe tomonidan taklif qilingan.
Kazein, kazeinat natriy, quruq sutdan tayyorlangan emulsiya mikroorganizmlar uchun yaxshi muxit bo‘lgani sababli, ayniqsa yoz kunlarda tez buziladi. quruq sut tarkibidagi kazeinogen, albumin va globulinlar emulgirlash xususiyati bo‘lgan moddalar hisoblanib, uni emulgator sifatida ishlatish mumkin. Amfoter emulgatorlar asosan o‘simlik va xayvonlardan olingan bo‘lib, ular tarkibida fosfatidlar ko‘p. Bu sifat emulgatorlar nafaqat farmatsevtika, balki ozik-ovkat sanoatida ham keng qo‘llaniladi.
Yog‘li emulsiyalar (Emulsa oleosa)
Hamma yog‘li emulsiyalar, agar retseptda yog‘ning nomi ko‘rsatilmagan bo‘lsa, DF ga asosan bodom yoki unga o‘xshash o‘rik, shaftoli yog‘idan tayyorlanadi. Agar yog‘ning miqdori ko‘rsatilmagan bo‘lsa, 100 g emulsiya tayyorlash uchun 10 g yog‘ olinadi. Emulgatorning nomi ko‘rsatilmaganda, uni tanlash texnolog ixtiyorida bo‘ladi. Tayyorlangan emulsiyalar zarur bo‘lganda ikki qavatli dokadan suziladi. Emulsiyalarning bir xilligini ta‘minlash maqsadida gemogenizatorlardan o‘tkaziladi. Bunda yog‘ tomchilari bir xil katta-kichiklikda bo‘ladi. yog‘li emulsiyalarni tayyorlashda quyidagi usullarning birini qo‘llash mumkin.
Birinchi usul. Kontinental usul. yog‘ni hovonchada ma‘lum qismdagi emulgator va shu emulgatorni erishi, bo‘kishi uchun etadigan suv bilan aralashtiriladi. Aralashma o‘ziga xos ovoz chikkuncha yaxshilab eziladi. SHunda kaymokka o‘xshash massa hosil bo‘lib, suv tomchilari dumalamasdan,aralashib ketadi. Ovozning chiqishi yog‘ tomchilarini turg‘un ximoya parda xavo bilan o‘rab olinib, bo‘laklarga bo‘linishidan dalolat beradi. Birlamchi emulsiya hosil bo‘lgandan keyin, yana bir marta yaxshi aralashtirib, qolgan suvni oz-ozdan qo‘shiladi. Emulgirlash davrida hovoncha dastasini "spiral" ravishda faqat bir tomonlama harakatlantirish kerak. yog‘ tomchilari bu paytda ip shaklida cho‘zilib, ximoya parda bo‘laklarga bo‘linadi. Agar emulgirlash davrida hovoncha dastasini har tomonlama harakatlantirsak, emulsiya hosil bo‘lishi ancha sustlashadi. Hovonchaga har doim birinchi bo‘lib emulgator, keyin esa yog‘ olinadi. YUmaloklangan narsa hosil bo‘lmasligi uchun emulgator va hovoncha quruq bo‘lishi kerak. yog‘ bilan suvning kerakli miqdori olingan vaqtdagina emulgator emulgirlash ta‘sirini ko‘rsatadi. Agar yuqorida aytilgan shartlarga e‘tibor berilmasa, emulsiya turg‘un bo‘lmaydi yoki butunlay hosil bo‘lmasligi mumkin. Ayniqsa "birlamchi emulsiya" hosil bo‘lmasdan qolgan suvni qo‘shish mumkin emas. Agar emulsiya hosil bo‘lmasa, yog‘ tomchilari suv qo‘shilgandan keyin ham ajralib chiksa, uni to‘grilash mumkin emas. qaytadan tayyorlash kerak.

Download 7.12 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   431




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling