Mavzuni ahamiyati: Byuretka qurilmasidan foydalanib konsentrlangan eritmalar, galen preparatlari, 3% va undan ko’p quruq moddalardan foydalanib miksturalar tayyorlash ha-ida ma‘lumotnomalar, adabiyotlarni o’rganish.
Vaziyatli masalalar:
Oling: Natriy bromid eritmasidan 3% - 90,0
Analgindan 0,75
Valeriana nastoykasidan 2,0
A.B.B. 1 desert -. 3 maxal
Farmatsevt yordamchi idishga 70ml suvda 0,75g analgin eritib va oldindan chayilgan paxta tampon orqali tayyorlab qo’yilgan idishga suzdi, qolgan 6,5ml suv paxta orqali solindi. Ustiga byuretka moslamasidan 13,5 ml natriy bromid eritmasi solindi. Og’zi berkitilib jihozlanadi. Retseptda qaysi dori shakli qo‘shilmadi?
Oling: Magniy sulfatdan 10,0
Tozalangan suvdan 120,0
Yalpiz nastoykasidan 3,0
A.B.B. 1 osh -. Kuniga 2 maxal
O’lchov idishida 100ml suv olinib, unda 10,0g magniy sulfat eritiladi (sovitilgangan holda) va qolgan suv 120 mlgacha solinadi, suziladi. Idishga pipetka orqali 3ml yalpiz nastoykasi solinadi.
Og’zi berkitilib jihozlanadi. Retseptni tayyorlashdagi xatolikni toping.
Mustaqil tayyorlash uchun savollar:**
1. Suyuq dorilarni tayyorlashda qanday hajm o’lchov asboblari ishlatiladi? 2. Agar mikstura tarkibiga 3% dan ko’p quruq modda kirsa, uni qanday tayyorlanadi?
Agar mikstura tarkibiga 3%gacha quruq modda qo’shilsa, uni qanday tayyorlanadi?
Mikstura tarkibiga nastoyka, suyuq ekstrakt, sharbat, novogalen preparatlari va boshqa suyuqliklar qanday qo’shiladi?
Qand sharbatini dozalashning o’ziga xosligi nimadan iborat? 6. Xushbo’y suv saqlovchi miksturani tayyorlashni o’ziga xosligi nimada?
7. Nastoykalar, suyuq ekstraktlar, sharbatlarni mikstura tarkibiga qo’shish tartibi qanday?
** Mustaqil tayyorlash uchun savollarning muhokamasini zamonaviy pedagogik texnologiyalarning ―Loyiha‖ usulidan foydalanib o’tkaziladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |