Ekstraktlar. Suyuq ekstraktlar tarifi, tavsifi va tasnifi. Ularni ishlab chiqarish texnologiyasi
Download 50.02 Kb.
|
EKSTRAKTLAR. SUYUQ EKSTRAKTLAR TARIFI, TAVSIFI VA TASNIFI. ULARNI ISHLAB CHIQARISH TEXNOLOGIYASI.
- Bu sahifa navigatsiya:
- Suyuq ekstraktlar
- Bosin usuli.
- Moskva nlmiy-tekshirnsh farmatsiya oliygohi uch xil usul taklif etgan. Birinchi usul
- Ikkinchi usul.
- Uchinchi usul.
- Ajratmalarni yot moddalardan tozalash.
- Foydalanilgan adabiyotlar
EKSTRAKTLAR. SUYUQ EKSTRAKTLAR TARIFI, TAVSIFI VA TASNIFI. ULARNI ISHLAB CHIQARISH TEXNOLOGIYASI. REJA: Ekstraktlar tarifi, tavsifi va tasnifi. Suyuq ekstraktlarni olishdagi texnologik bosqichlar. Xom ashyo va ajratuvchini tayyorlash. Ajratma olish usullari. Ajratmani yot moddalrdan tozalash. Standartlash. Xulosa. Foydalanilgan adabiyotlar. Suyuq ekstraktlar — konsentrlangan ajratmalar bo’lib, 50% dan ko’p namlik saqlaydi, ajratuvchi sifatida har xil quvvatdagi etil spirti ishlatiladi. Quyuq ekstraktlar - o’ta qovushqoq bo’lib, idishdan to’kilmaydigan, asalsimon cho’ziladigan massa bo’lib, 25% gacha namlik saqlaydi, ular 3:1, 4:1, 5:1, 6:1 nisbatlarda tayyorlanadi. Quruq ekstraktlar tolqon bo’lib, 5% gacha namlik saqlaydi.
Suyuq ekstraktlar oson qo’zg’aluvchan spirt-suvli ajratmalar bo’lib, 1:1 nisbatda, ya‘ni bir og’irlik qism xom ashyodan bir xajmiy qism maxsulot olinadi. Suyuq ekstraktlar tayyorlanishi nisbatai osonligi, ta‘sir qiluvchi moddalar majmuasining tabiiyligi, xom ashyo va tayyor maxsulot nisbatining oddiyligi bilan tibbiyotda keng ko’lamda ishlatishga imkoniyat beradi. SHu bilan birga ular ekstraktiv moddalarga to’yingan bo’lib, saqlash harorati pasayishi yoki spirtning bir qismini uchib ketishi bilan cho’kma xosil qiladi, bu esa suyuq ekstraktlarni tashish va saqlashni ancha chegaralab qo’yadi. Suyuq ekstraktlar perkolyasiya, reperkolyasiya va Bosin usullarida olinishi mumkin. Perkolyasiya usuli 1- 8 mm gacha maydalangan xom ashyo aloxida idishda 100—150% (xom ashyoga nisbatan) ajratuvchi bilan bo’kish uchun 4 soatga qoldiriladi. So’ng xuddi nastoyka tayyorlashdagi kabi perkolyatorga o’tkazilib, ajratuvchi bilan «oynasimon yuza» hosil qilib 12 kunga qoldiriladi. Keyin alohida idishga umumiy maxsulotning 85% qismini perkolyasiya qilib olinadi. Ikkinchi idishga esa xom ashyo tarkibidagi ta‘sir etuvchi modda tugaguncha perkolyasiya davom ettiriladi va ajratma vakuum-bu-latgich asbobida 50—60°S haroratda quyuq holiga keltirilib, birinchi idishdagi ajratma bilan birlashtiriladi va toza ajratuvchi bilan kerakli xajmgacha etkaziladi. Ikkita idishda perkolyasiya qilishdan maqsad. Ta‘sir qiluvchi moddaning asosiy kremniy (85%) harorat ta‘siriga uchratmaslikdir. Bu usul ishlab chiqarish unumdorligi past bo’lganligi va xarorat ta‘sir ettirilganligi tufayli kam ishlatiladi. Reperkolyasiya usuli-qayta (takroriy) perkolyasiyalash. Bunda 3-5 perkolyator ketma-ket joylashtirilgan bo’lib, birinchi perkolyatordan olingan ajratma keyingilari uchun ajratuvchi bo’lib xizmat qiladi. SHu tarzda ajratma ta‘sir etuvchi modda bilan to’yinib boradi. Reperkolyasiya usullari: — Xom ashyoni teng bo’laklarga bo’lib, tugallanmagan siklda ajratma olish. Xom ashyo 3 yoki 5 ta perkolyatorga teng bo’laklarga bo’lib joylashtiriladi va har bir perkolyatordagi ish jarayoni xuddi perkolyasiyaga o’xshash olib boriladi. Birinchi perkolyatordan 80% miqdorda ajratma perkolyasiya qilib olinadi, so’ng xom ashyoda ta‘sir qiluvchi modda qolmaguncha perkolyasiya davom ettiriladi. Suyuq ajratma ikkinchi perkolyatordagi xom ashyoni bo’ktirish va undan ajratma olish uchun xizmat qiladi. Keyingi perkolyatorlardan birinchi qism ajratma 100% (ya‘ni perkolyatordagi xom ashyo miqdoriga teng) miqdorda olinadi. Keyii oxirgi perkolyatordan alohida idishga xom ashyoda ta‘sir etuvchi modda tugaguncha perkolyasiya qilinadi. Birinchi idishlardagi ajratmalar qo’shiladi (80+100+100+100+100 = 480), yot moddalardan tozalanadi, baholanadi va tayyor maxsulot sifatida topshiriladi. Oxirgi perkolyatordan olingan suyuq ajratma keyingi sikldagi xom ashyoni bo’ktirish, ivitish va ajratma olish uchun ishlatiladi.
Xom ashyoni teng bo’laklarga bo’lib, tugallangan siklda ajratma olish. Bu usul yuqoridagidan deyarli farq qilmaydi. Faqat bunda oxirgi perkolyatordan olingan suyuq ajratma quyuq ajratma holatgacha bug’lantiriladi, oldingi qismlarga qo’shiladi va toza ajratuvchi 100 qismgacha etkaziladi. Xom ashyoni teng bo’lmagan bo’laklarga bo’lib reperkolyasiya qilish. Bu usul Amerika Qo’shma SHtati Farmakopeyasi bo’yicha rasmiy usul xisoblanadi. Bunda xom ashyo perkolyatorlarga 5:3:2 nisbatda joylashtirila. Tayyor mahsulot esa 2:3:5 nisbatda olinadi. Masalan: 1000 kg xom ashyo perkolyatorlarga 500 kg: 300 kg: 200 kg dan joylashtirilib, birinchi perkolyatordagi xom ashyo bo’ktirib va ivitilgandan so’ng alohida idishga 200 l ajratma perkolyasiya qilib olinadi, keyin perkolyatordagi xom ashyoda ta‘sir qiluvchi modda qolmaguncha bo’lak bo’lak qilib perkaloyasiya qilish davom ettiriladi va bu suyuq ajratma ikkinchi perkolyatordagi xom ashyoni bo’ktirish, ivitish va perkolyasiya qilish uchun sarflanadi Ikkinchi perkolyatordan 300 l ajratma perkolyasiya qilib olinadi, keyin ish birinchi perkolyatordagidek davom ettiriladi va uchinchi perkolyatordan 500 l mahsulot yig’ib olinadi. Hammasi bo’lib, 100 qism tayyor mahsulot. Har safar perkolyatordan olinayotgan suyuq ajratmalar keyingisi uchun ajratuvchi bo’lib xizmat qiladi. Bu usulda uchinchi perkolyatordagi xom ashyodan ta‘sir etuvchi modda to’liq ajratib olinmaydi va ko’p vakt talab qilinadi. 1-rasm Xom ashyoni teng bo’laklarga bo’lib, tugallangan siklda ajratma olishBosin usuli. Xom ashyoni teng bo’laklarga bo’lib, 4 yoki 6 perkolyatorlarga joylashtiriladi. Perkolyatordagi xom ashyoni bo’ktirish, ivitish va ajratma olish perkolyasiya usulidagidek olib boriladi. Birinchi perkolyatordagi xom ashyoning miqdoriga nisbatan 50—100% miqdorda ajratma perkolyasiya qilib olinadi va u ikkinchi perkolyatordagi xom ashyoni bo’ktirish uchun sarflanadi. So’ng birinchi perkolyatordagi xom ashyoni ta‘sir qiluvchi modda qolmagunga qadar perkolyasiya qilinadi. Bu ajratma ikkinchi perkolyatordagi xom ashyoda «oynasimoi yuza» hosil qilish va perkolyasiyalash uchun ishlatiladi. Qolgan perkolyatorda bu jarayon takrorlanadi va oxirgi perkolyatorda umumiy xom ashyo middoriga teng ajratma perkolyasiya qilib olinadi. Kamchiligi: uzoq vakt davom etadi va oxirgi perkolyatordagi xom ashyoda ta‘sir etuvchi moddaning bir qismi qolib ketadi. Moskva nlmiy-tekshirnsh farmatsiya oliygohi uch xil usul taklif etgan. Birinchi usul, xom ashyo uchta perkolyatorga teng miqdorda joylashtiriladi. Birinchi perkolyatordagi xom ashyo ustiga «oynasimon yuza» xosil bo’lguncha ajratuvchi quyiladi va 1 kunga qoldiriladi, so’ng ajratma ikkiichi perkolyatorga o’tkaziladi, birinchiga yana toza ajratuvchi quyiladi va 1 kunga qoldiriladi. Keyii ikkinchidan ajratma uchinchiga, birinchidagi ikkinchiga o’tkazilib birinchiga toza ajratuvchi solinadi va uchchala perkolyator 1 kunga qoldirib qo’yiladi. So’ng uchinchi perkolyatordan undagi xom ashyo miqdoricha ajratma quyib olinadi Ikkinchidagi ajratma uchinchiga, birinchidagi ikkinchiga o’tkaziladi; birinchi perkolyator batareyadan ajratiladi (o’chiriladi), ikkinchi va uchinchi perkolyatorlar 1 kunga qoldiriladi. So’ng uchinchidan yana shuncha ajratma quyib olinib, suyuqlik ikkinchidan uchinchiga o’tkaziladi va bir kundan keyin uchinchidan oxirgi ajratma quyib olinadi, hamma ajratmalar qo’shib, tindiriladi va filtralanadi. Ikkinchi usul. Birinchi perkolyatordagi xom ashyoga ajratuvchi solib, 2 soatga qo’yiladi, so’ng ajratma 2 perkolyatordagi xom ashyoga o’tkaziladi, birinchisiga yana ajratuvchi solinadi, 1 va 2 perkolyatordar 2 soatga qoldiriladi, so’ng ikkinchi perkolyatordagi ajratma 3 ga, birinchidagi ikkinchiga o’tkazilib, birinchiga toza ajratuvchi solinadi. Uchchala perkolyator 1 kunga qoldiriladi. Keyin 3 perkolyatordan shu perkolyatorldagi xom ashyo miqdoricha ajratma quyib olinadi. Ikkinchidan ajratma uchinchiga, birinchidan ikkinchiga o’tkazilib, birinchi perkolyator batareyadan ajratib olinadi, ikkinchi va uchinchi perkolyatorlar 2 soatga qoldirilib, so’ng uchinchi pekrolyatordan ikkinchi qism ajratma quyib olinadi. Ikkinchi perkolyatordan ajratma uchinchiga o’tkaziladi, ikkinchi perkolyator esa batareyadan uziladi. Uchinchi perkolyator 2 soatga qoldiriladi, so’ng yana oxirgi qism ajratma quyib olinadi; hamma qo’shib tindiriladi va suziladi. Uchinchi usul. Xom asheni teng bo’laklarga bo’lib, uchta perkolyatorga joylashtiriladi. Birinchi perkolyatordagi xom ashyoga ―oynasimon yuza‖ hosil bo’lguncha ajratuvchi quyib 24 soatga qoldiriladi. So’ng birinchi perkolyatordagi ajratma ikkinchisiga o’tkaziladi, birinchisiga esa qolgan ajratuvchining hammasi quyilib, ikkalasi 6-7 soatga qoldiriladi. Ikkinchi perkolyatordagi ajratma uchinchiga, birinchidagi ikkinchiga o’tkazilib, birinchi perkolyator batareyadan ajratib olinadi. Ikkinchi va uchinchi perkolyatorlar bir kunga qoldiriladi va uchinchi perkolyatordan tayyor mahsulotning 1/3 qismiga teng miqdorida ajratma quyib olinadi. Ikkinchi perkolyatordan ajratma uchinchisiga o’tkaziladi va u 6-7 soatga qoldiriladi, bunda ikkinchi perkolyator batareyadan ajratib olinadi. So’ng uchinchi perkolyatordan tayyor mahsulotning umumiy hajmini 2/3 ga teng ajratma quyib olinadi. Birinchi va ikkinchi ajratmalar tindirgichga solinadi. Ajratmalarni yot moddalardan tozalash. 100S dan yuqori bo’lmagan haroratda kamida 2 kun tindirib, suzib olinadi. Suyuq ekstraktlar tashki ko’rinishi, hidi, mazasi, rangi, quruq qoldiq, spirt quvvati yoki zichligi, og’ir metallar va ta‘sir etuvchi moddalari bo’yicha baxolanadi. Og’ziya xshi berkitilgan shisha idishlarda, qorong’i va salqin joyda saqlanadi. Saqlash vaqtida suyuq ektsratklarda cho’kma xosil bo’lsa, u suzilib, tekshirilib ishlatilishi mumkin. Maxsulotda ta‘sir etuvchi modda me‘yoridan ortiq bo’lsa, toza ajratuvchi bilan suyultiriladi. Suyuq ekstratklarning sifati DF, FM yoki VFM bo’yicha baxolanadi.
1. Бекер М.Е. и друг. Биотехнология. – М: Агропромиздат, 1990. 354 с. 2. Биотехнология лекарственных средств. Учебное пособие/ Под ред. Быкова В.А. и Далина М.В. – М.: Медбиоэкономика. - 1991. – 303с. 3. Биотехнология. Принципы и применения. – Пер. с англ./ Под ред. И.Хиггинса, Д.Беста, Дж. Джойса. – М.: Мир. – 1988. 4. Биотехнология: Учебное пособие для ВУЗов. В 8 кн./ Под ред. Егорова Н.С., Самуилова В.Д. – М.: Высшая школа. – 1987. 5. Молекулярные и клеточные аспекты биотехнологии/ Под ред. Инге- Вечтомова С.Г. – Л.: Наука. - 1986.- 256с. 6. Синицин А.П., Райнина Е.И., Лозинский В.И., Спасов С.Д. Иммобилизованные клетки микроорганизмов. – М.: Изд-во МГУ.- 1994.- 288с. 7. Егоров Н.С. Основы учения об антибиотиках: Учебник. – М.: Изд-во МГУ. – 1994. – 512с. 8. Егоров Н.С. Биотехнология. Проблемы и перспективы. – М.: Высшая школа. – 1987. 9. Зудин. Автоматизация биотехнологических процессов. 10. Ешков Н.П. Основы биотехнологии. – СПб.: Наука. – 1995. 11. Сассон А. Биотехнология: свершения и надежды/ Пер. с англ. Мехедова С.Л., Миркина С.М. – М.: Мир. – 1987. – 410с. 12. http://www.biotechnologii.narod.ru 13. http://www.nauka.ru 14. http://www.wikipedia.ru Download 50.02 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling