Andijon davlat tibbiyot instituti farmatsevtik fanlar kafedrasi


Download 7.12 Mb.
bet237/431
Sana31.01.2024
Hajmi7.12 Mb.
#1819576
1   ...   233   234   235   236   237   238   239   240   ...   431
Bog'liq
Farmatsevtik texnologiya majmua

Qattiq dispers faza

46- rasm. Suspenziyaning tuzilishi Suspenziyalar turg‘unligiga ta‘sir etuvchi eng muhim omil qattik modda zarrachalarining o‘lchami xisoblanadi: modda -ancha yaxshi maydalangan bo‘lsa, suspenziya shuncha turg‘un bo‘lib, dozalash xam ani-ro-, terapevtik ta‘siri samaraliro- bo‘ladi.
Suspenziyalar juda kup suyuq dori shakllarida (miksturalar tomchilar, sirtga ishlatiladigan suyuqliklar, in‘eksiya uchun ishlatiladigan dori shakllarida) uchraydi.
Miksturaning suspenziya turi sifatida ahamiyati shundaki, suvda erimaydigan dori moddalar yu-ori darajada disperslangan bo‘lib, kukunglarga nisbatan organizmga tezro- so‘riladi va samarali davolash xususiyati bo‘ladi.
Suspenziyalarni tayyorlashni 2 xil usuli mavjud:
1. dispersion usul 2. kondensatsion usul.
Disperion usulda suspenziyalar zarrachalarni maydalanish natijasida xosil bo‘lsa, kondensatsion usulda esa ularning kattalashishi natijasida.
Tushuntirish matni
Suspenziyalarni Dispersion usulda tayyorlash
Qo‘pol dispersli moddalarni suspenziya xolatigacha maydalanishi quyidagicha amalga oshiriladi:

  1. Mexanik dispergirlash.

  2. Elektr yordamida dispergirlash

  3. Ultratovush yordami bilan dispergirlash.

  4. Kimyoviy yo‘l - peptizatsiya bilan dispergirlash.

Dorixonalarda suspenziyalar mexanik dispergirlash usuli bilan tayyorlanadi. qolgan usullar korxonalarda qo‘llaniladi. Mikstura- suspenziyalarda dispers darajasini oshirishda – eng oddiy usul mexanik dispergirlash usuli bo‘lib, xovonchada suyuq xo‘llanuvchi muhitda moddalarni maydalashdir. Poroshoklarni quruq xovonchada ezilganda 50-5 mkm dan kam bo‘lgan zarrachalarni olish mumkin emas. Dispergirlash davrida suyuqlik qo‘shilgan zarrachalarni katta-kichikligini 5-0.1 mkm gacha etkazish mumkin. Buni -uyidagicha tushuntirish mumkin. Maydalangan moddalarni qattiqligini kamaytirish va undan keyin suyuqliklarni bo‘laklarga bo‘lish xossasiga asoslanib, suyuqlik moddalarni mayda teshiklariga kirib olib, ularni kengaytiradi va yana ham maydalanishiga olib keladi.
Suspenziyalarni ushbu usul bilan tayyorlashda xamma dorivor moddalar suvga nisbatan gidrofob va gidrofil xususiyatga egaligini eslatib o‘tish lozim. (slayd).

Download 7.12 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   233   234   235   236   237   238   239   240   ...   431




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling