Dispergirlash usulida suspenziyalar tayyorlash.
Gidrofil bo‘kmaydigan moddalardan suspenziya tayyorlash. Gidrofil bo‘kmaydigan moddalardan (vismut nitrat asosi, rux oksidi, magniy oksidi, magniy karbonat, oq gil, kraxmal, talk) suspenziyalar tayyorlashda ularni professor Deryagin qoidasiga ko‘ra maydalanadi. Bunda 1 g modda 0,4-0,6 ml suyuklik bilan dispergirlanadi. Hosil bulgan butaga 10-20 barobar kup suyuqlik qushib yaxshilab xavoncha dastasi bilan aralashtiriladi. Aralashma 2-3 daqiqa tindiriladi. Ustki kismi idishga solinadi .CHukmasi esa yana maydalanib ustiga yana 1020 barobar ko‘p suyuqlik qo‘shiladi va yuqoridagi jarayon takrorlanadi. Dispersion usul bilan mikstura suspenziyalar juda kup tayyorlanadi va ularni chay-atiladigan miksturalar deb ataladi.
Misol: Rp.:Zinci oxydi 1.5 Hexametylentetramini 1.0
Aqua puripicatae 120 ml
M.D.S. Sirtga kullash uchun
Texnologiyasi: Rux oksidi miqdor i 3% dan kam bo‘lgani uchun suspenziya og‘irlik –hajm usulida tayyorlanadi. Dastlab yordamchi idishga 110 ml tozalangan suv 10 ml geksametilentetramin eritmasi (1:10) solib eritma tayyorlanadi. Havonchada 1,5 g rux oksidi solib 0,75 ml eritma bilan aralashtirib maydalanadi (Deryagin qoidasiga ko‘ra). Sungra 15 ml (10 barobar ko‘p) eritma qo‘shib yaxshilab aralashtiriladi. 2-3 dakika tindirilib, ustki qismi idishga solinadi. CHukma yana maydalanib , ustiga 15 ml eritma qo‘shib yaxshilab aralashtiriladi. YAna 2-3 dakikaga -oldirilib, ustki qismi idishga solinadi. Bu jarayon rux oksidi kolmagaguncha takrorlanadi.
Suspenziyalarni bu usulda tayyorlash ―qiynash‖ usuli deb ataladi. Suspenziyaga ―Ishlatishdan oldin chayqatilsin‖, ―Sirtga qullash uchun‖ deb yozilgan yorliq yopishtiriladi.
Gidrofil bukuvchi moddalardan suspenziya tayyorlash.
Misol: Rp.: Tannalbyni 4.0
Sirupi simplicis 15ml
A-ua puripicatae 180 ml
M.D.S. Ichish uchun
Texnologiyasi: Tannalbin gidrafil bukuvchi modda –tanninni oqsil bilan birikmasi. Bu retseptni tayyorlash uchun 4,0 tannalbin quruq holda yaxshilab maydalanadi. Ustiga 15 ml qand sharbati qo‘shib aralashtiriladi. So‘ng oz-ozdan tozalangan suv qo‘shib yana aralashtiriladi va shisha idishga chayib solinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |