Andijon davlat tibbiyot instituti farmatsevtik fanlar kafedrasi


Download 7.12 Mb.
bet246/431
Sana31.01.2024
Hajmi7.12 Mb.
#1819576
1   ...   242   243   244   245   246   247   248   249   ...   431
Bog'liq
Farmatsevtik texnologiya majmua

15 Laboratoriya mashg‘uloti
Mavzu: MOYLI VA URUG’LI EMULSIYALAR TAYYORLASH XUSUSIY
TEXNOLOGIYASI, ULAR BILAN BOG’LIQ HISOBLAR.
O‘qtish maqsadi-: Moyli va urug’li emulsiyalar tayyorlash xususiy texnologiyasi, ular bilan bog’liq- hisoblar bilan tanishish, ma‘lumotlarni o’rganish.
Mavzuni ahamiyati: Moyli va urug’li emulsiyalar tayyorlash xususiy texnologiyasi, ular bilan bog’liq hisoblar haqida bilimga ega bo‘lish, ma‘lumotnomalar, adabiyotlarni o’rganish. Vaziyatli masalalar:
1. Rp.: Olei Ricini 10,0 Aq. purif. ad 100,0
Misce ut fiat emulsum
D.S. 1 osh qoshiqdan kuniga 3 mahal.
50 g kraxmal eritmasi tayyorlab olinadi, so‘ng uni sovitib havonchaga solinadi. Ustiga oz-ozdan
10 g kanakunjut moyi qo‘shib emulgirlanadi. Birlamchi emulsiya hosil bo‘lgach, 50 ml suv qo‘shiladi. Retsept to‘g‘ri tayyorlandimi?
2. Rp.: Emulsi ex oleis 200,0
D. S. 1 choy qoshiqdan 3 mahal ichilsin.
Havonchada 10 g jelatoza 15 ml suv bilan aralashtiriladi. So‘ng unga oz-ozdan 20 g shaftoli moyi (bodom moyi, zig‘ir moyi) qo‘shib bir tomonga qarab aralashtiriladi. So‘ng oz-ozdan qolgan 155 ml suv aralashtiriladi. Tayyor emulsiya dokadan suzilib belgilangan qo‘ng‘ir idishga solinadi.
Emulsiya hosil bo‘lganini qachon bilish mumkin?
Mustaqil tayyorlash uchun savollar:**

  1. Emulsiya deb qaysi dori turiga aytiladi?

  2. Yog‘li emulsiyalar tayyorlash bosqichlari qanday?

  3. Emulsiya tarkibiga dori moddalarni kiritish usullari qanday?

  4. Yog‘li emulsiyalarni tayyorlashda qaysi emulgatorlardan foydalaniladi?

  5. Emulsiyalarning barqarorligi nimalarga bog‘liq?

  6. Emulsiyalarning barqarorligini oshirishda emulgatorlarni roli nimadan iborat?

  7. Emulsiya barqarorligi qaysi faktorlarga bog‘liq?

  8. Emulsiyalar necha tipda bo‘ladi va qanday aniqladi?

  9. Emulsiyalarni saqlanish davrida qanday o‘zgarishlar bo‘lishi mumkin?

  10. Emulsiyani sifatini aniqlashda asosiy ko‘rsatkichlari nimadan iborat ? Laboratoriya mashg‘ulotini bajarish uchun retseptlar

    1. Oling.: Qovoq urug‘i emulsiyasidan 100,0 Aralashtiring. Bering.

Belgilang. Kuniga 4-5 maxal ichilsin

    1. Oling.: Moyli emulsiyadan 50,0

Kamfora 1,0
Aralashtiring. Bering.
Belgilang.1 choy -oshi-dan 3 maxal ichilsin
Emulgator sifatida jelatoza ishlating

    1. Oling.: Kungaboqar moyi emulsiyasi 50,0 Vismut nitrat asosidan 0,5 Aralashtiring. Bering.

Belgilang.1osh qoshiqdan kuniga 3 maxal. Emulgator tuxum sarig‘i

    1. Oling.: Shirin bodom urig‘ining emulsiyasi 100,0 Bering. Belgilang. Ichish uchun.

    2. Oling.: Moyli emulsiya 100,0

Natriy brom
Koffein benzoat natriy tuzidan teng miqdorda 1,0
Aralashtiring. Bering.
Belgilang.1osh -oshi-dan kuniga 3 maxal.
Emulgator kraxmal shilimshig‘i
** Mustaqil tayyorlash uchun savollarning muxokamasini zamonaviy pedagogik texnologiyalarning ―Loyiha‖ usulidan foydalanib o’tkaziladi. Buning uchun:

    1. Talabalarni 3 tadan kichik guruhlarga bo‘linadi

    2. Har bir guruhga bittadan retsept va 10 daqiqa beriladi.

    3. Talabalar guruhlari retseptni tahlil -ilib, bu retseptni pasportini tuzadilar va tayyorlash texnologiyasini keltirib uni asoslaydilar.

    4. Har bir guruhda ushbu topshiri- muhokama qilinadi. Bunda guruhning barcha talabalari ishtirok etadi.

    5. O‘qituvchining yakunlovchi so‘zi. Bunda o‘qituvchi javoblarni tahlil qiladi, to‘ldiradi va guruhlarni baholaydi.


Download 7.12 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   242   243   244   245   246   247   248   249   ...   431




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling