Texnologiyasi: Xovonchada 1.0 g kamfora 1 ml 90 % li spirtda maydalaniladi. Ustiga 1.0 g jelatoza va 0.5 ml suv qo‘shib , yaxshilab eziladi va oz-ozdan suv bilan bemorga beriladigan shisha idishga yuvib o‘tkaziladi. Ti-in bilan yopib, kerakli etiketkalar yopishtiriladi.
Oltingugurt kuchli gidrofob xususiyatga ega bo‘lgan moddadir. Lekin bunga aloxida stabilizator qo‘shiladi. CHunki xamma ishlatiladigan stabilizatorlar uning farmakologik xususiyatini pasaytiradi. 1 g oltingugurtga 0.1-0.2 g kaliyli sovun qo‘shiladi. Kalili sovun kislotalar, og‘ir metallar tuzlari bilan erimaydigan tuzlar xosil qiladi, shuning uchun agar retseptda oltingugurt bilan birga shunday moddalar yozilgan bo‘lsa, kaliyli sovun miqdori ikki barobar oshiriladi.(1 g ga 0.2-0.4 g stabilizator).
Oling: Oltingugurt 2.0
Glitserin 5.0
Tozalangan suv 100 ml
A.B.B. Sirtga -o‘llash uchun
Texnologiyasi: Xovonchada 2.0g oltingugurtni 1.0 g glitserin bilan eziladi va qolgan glitserinni solib aralashtiriladi. Aralashmani oz-ozdan suv bilan yuvib, beriladigan idishga to‘liq o‘tkaziladi, so‘ngra 0.2-0.4 g meditsina sovuni qo‘shiladi va chayqatiladi. Tiqin bilan berkitilib,
―Sirtga qo‘llash uchun‖ va ―qo‘llashdan oldin chayqatilsin‖ kabi yorliqlar bilan jihozlab, bemorga beriladi
Suspenziyalarni kondensatsion usulda tayyorlash.
Suspenziyalarni kondensatsion usul bilan tayyorlash 2 xil usulda olib boriladi. Bu usul bo‘yicha tayyorlashni quyidagi misollarda ko‘rish mumkin.
Oling: Kaliy bromid eritmasi 3%-100 ml (1:5)
Natriy bromid 3.0 (1:5) Valeriana tindirmasidan 5 ml A.B.B. 1des.-. 3 max.ich.
Hisoblash: Kaliy bromid eritmasi (1:5) 3x5=15 ml
Natriy bromid eritmasi (1:5) 3x5= 15 ml
Tozalangan suv 100-30 =70 ml
Valeriana tindirmasidan 5 ml
Umumiy hajm 105 ml
Texnologiyasi: Bemorga beriladigan qo‘ng‘ir shisha idishga 70 ml suv o‘lchab olinadi va ustiga 15 ml (1:5) kaliy bromid va 15 ml natriy bromid (1:5) eritmalaridan qo‘shib va oxirida 5 ml valeriana tindirmasidan oz-ozdan qo‘shib , chay-atiladi (aks xolda cho‘kma xosil bo‘lib qolishi mumkin) va tiqin bilan berkitilib, jixozlab, bemorga beriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |