Ionogen emulgatorlar
Ionogen emulgatorlar deb, anionli yoki kationli sirt-faol moddalarga aytiladi. Birinchisi suvda parchalanib, manfiy zaryadga, ikkinchisi esa musbat zaryadga ionlashadi. Bu guruhlarning oddiy emulgatorlari sovun (anionli SFM) va ammoniy asosi hosilalariga (kationli SFM) — linimentlar va surtma dorilar bo‘limlarida kengrok to‘xtab o‘tiladi.
Elimlar dorixonadagi emulsiyalarni tayyorlashda juda keng qo‘llaniladi. Shilimshiq va pektin moddalar ham ishlatiladi. Bular o‘z xossasi bilan poliarabin kislotasi tuzi va poliuron kislotasi bo‘lgani sababli anion faol emulgatorlarga kirishi kerak edi, ammo bu moddalarning yu-ori emulgirlash xususiyati bo‘lishi, zarrachalarning ustki qismida ximoya parda hosil kilishi, ikki qavatli elektr katlamining bo‘lishi ionlanadigan guruhlarga kirishini isbotlaydi.
Elimlar
Elimlardan hosil bo‘lgan parda fazalararo taranglikni kamaytirib, mustaxkam ximoya pardasini tashkil qiladi.
Arab elimi — (Gummi arabicum). Bu emulgator Afrika akatsiyalaridan olingan mahsulot.
YU-ori navi — sargish yarim tinik bo‘laklardan iborat. YOmon navi juda bo‘yalgan va ifloslangan
(tuprok, po‘stlok va shox bo‘laklari) bo‘ladi. Arab elimining 1 qismi 2 -ism suvda sekin eriydi vaquyuq yopishkok eritma hosil -iladi. Dorixonada ishlatiladigan emulsiyalarni tayyorlashda eng kadimgi emulgator hisoblanadi. Elimlarning naviga -arab emulgirlash xususiyatini bilish mumkin. YU-ori navi 64% tomchilar diametri 2,5 mkm li yu-ori disperslangan emulsiyalarni hosil -iladi. Emulsiya hosil kilish uchun 10 -ism yog‘ga 5 -ism elim olinadi.
O‘rik elimi — (Gummi armeniacae) Z. M. Umanskiy tomonidan taklif -ilingan. O‘rik elimi daraxtlarning tanasi va po‘slog‘i yorilishidan hosil bo‘ladi. O‘rta Osiyoda ko‘p miqdorda uchraydi. 1961 yildan davlat (X) farmakopeyasiga kiritilgan elim ok yoki sargish, qattiq, mo‘rt bo‘lakchalardan iborat bo‘lib, ushatilganda notekis bo‘lakchalar hosil qiladi. Emulgator sifatida arab elimi o‘rnini bosuvchi suvda yaxshi eriydigan ok kukun holidagi modda. 10 -ism yog‘ga 3-4 ism elim olinadi.
Tragakant — (Gummi Tragacanthae). Juda kuchli emulgator. 20 g yog‘ga 2 g tragakantning mayda poroshogidan olish mumkin. Tayyorlangan emulsiyada yog‘ mazasi sa-langanligi sababli, bu emulgator kam ishlatiladi (dispers darajasi kam). Tragakant bilan arab elimini birgalikda ishlatish ma-sadga muvofik. Bu emulgator farmatsevtika amaliyotida yu-ori dispersli turg‘un emulsiya hosil qiladigan eski murakkab emulgator.
Do'stlaringiz bilan baham: |