Andijon davlat tibbiyot instituti farmatsevtik fanlar kafedrasi
Emulsiyalarning turg‘unligi va qatlamlarga ajralishi
Download 7.12 Mb.
|
Farmatsevtik texnologiya majmua
- Bu sahifa navigatsiya:
- Murakkab emulsiyalarda fazalarning almashinuvi
Emulsiyalarning turg‘unligi va qatlamlarga ajralishi
Vaqt o‘tishi bilan emulsiyalar buziladi va gomogenligini yo‘qotadi. Oldin dispers darajasi o‘zgarmagan holda yog‘ tomchilari suvdan ajraladi, keyinchalik bir-biri bilan qo‘shilib, emulsiya ikki bo‘lakka ajraladi. Emulsiyada tarkibidagi tomchilarini koplab olgan ximoya katlamining mustaxkamligi qancha kam bo‘lsa emulsiya shuncha tez ikki bo‘lakka ajraladi. Emulsiyalarning kinetik turg‘unligi emulgator strukturasi, undagi radikalning o‘zunligi va emulsiya tarkibiga kiruvchi emulgatorning konsentratsiyasiga bog‘liqligi to‘yinmagan dikarbon kislotasi hosilalaridan detsil va setilmaleinatlarning trietanol ammoniyli tuzlarida yakkol namoyon bo‘ldi. Bu SFMlarni emulsiyalash xossasini o‘rganish jarayonida shunday xulosaga kelindiki, emulgatorning alkil radikalidagi uglerod soni S10 dan S16 oshgan sari hamda konsentratsiyasi 2,2% dan 6% gacha oshirilganda emulsiyaning -inetik turg‘unligi ortadi. Dorixonada emulsiyalarni tayyorlashda emulgator sifatida yu-ori molekulali birikmalar ishlatiladi. YUMB tarkib jixatdan gidrofil va gidrofob guruhlarga ega bo‘lib, ana shu guruhlarni u yoki bu suyuqlikda oson tarqalishi hisobiga ikki suyuqlik chegarasida turg‘un ximoya qavati hosil qilib, tomchilarni bir-biriga qo‘shilib ketishiga yo‘l ko‘ymaydi. Emulsiyaning barkarorligi -o‘shilgan emulgatorning miqdor iga ham bog‘liqdir. Emulgator kam qo‘shilganda ma‘lum qismdagi sirt taranglikni kamaytiradi va buning natijasida yirik zarrachali emulsiya hosil bo‘ladi. Bunday emulsiyalarning barqarorligi to‘la ta‘minlanmaydi. Bunda hosil bo‘lgan yog‘ tomchilari yiriklashib, tomchini qoplagan ximoya pardasi uzilib ketadi. Shuning uchun har bir emulgatorni va yog‘ emulsiyasini tayyorlashda kerakli miqdorini hisoblab olish emulsiyalarning dispers darajasini va turg‘unligini ta‘minlaydi. Murakkab emulsiyalarda fazalarning almashinuvi Emulsiya turlarining o‘zgarishi, ya‘ni moyning suvdagi, suvning moydagi emulsiya turlarini bir-biriga almashinishini amaliyotda kuzatish mumkin. Bu holat asosan emulsiya tarkibiga biron-bir modda qo‘shilishi asosida yoki bu emulsiyalar saqlash sharoitining o‘zgarishi natijasida ro‘y beradigan holatdir. Misol: moyning suvdagi emulsiya turlari yog‘ kislotalaridan oleat natriy tuzi bilan turg‘unlashtirilgan. Emulgator sifatida olingan oleat natriy suvda yaxshi eriganligi tufayli to‘gri turdagi emulsiyaning turg‘unligini sa-laydi. Agar shu emulsiyaga biron-bir og‘ir metall tuzlaridan ta‘sir ettirilsa, faza almashish xodisasi, ya‘ni emulsiya moyni suvdagi turidan suvni moydagi turiga aylanadi. Bu xodisaning ro‘y berishiga sabab — oleat natriyni og‘ir metal tuzlari bilan hosil bo‘lgan tuz suvda erimay moyda yaxshi erishi fazaning o‘zgartirilishiga, ya‘ni moyni muxitga va suvni fazaga aylantiradi. Qarama-qarshi emulgator qo‘shilganda fazalar o‘zgarishi tez bo‘lmaydi. Oldin emulsiyaning ikki turi hosil bo‘lib, keyin bitta turg‘unrok turini, ya‘ni emulgator yaxshi eriydigan muxit barkarorlashadi. Emulsiyalar turlarining o‘zgarishiga olinadigan moddalarning nisbati ham sababchi bo‘ladi. Ko‘pincha murakkab emulsiyada moyni suvdagi va suvning moydagi aralashmasi turlari yuzaga keladi. Download 7.12 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling