Andijon davlat tibbiyot instituti farmatsevtik fanlar kafedrasi
Antibiotiklar bilan surtma dorilar tayyorlash
Download 7.12 Mb.
|
Farmatsevtik texnologiya majmua
- Bu sahifa navigatsiya:
- Talabalarini o’zlashtirishini tekshirish: Test nazorat savollari
Antibiotiklar bilan surtma dorilar tayyorlash
Tarkibida antibiotik bo‘lgan surtma dorilar asеptik sharoitda tayyorlanadi. Asos sifatida lanolin va vazеlin (4:6) aralashmasini ishlatish maqsadga muvofiqdir. Chunki pеnitsillin va boshqa antibiotiklar toza vazеlindagi aralashmada tеriga qiyin so‘riladi. Asoslar stеril holatda ishlatiladi. Rp: Unguenti Benzylpenicillini - natrii Unguenti Erythxomycini ana 10,0 Misce. Da. Signa. Ko‘z surtmasi. Stеril hovonchaga 50000 TB (0,03 g) pеnitsillin (1 g surtma doriga 5000 TB to‘g‘ri kеladi) va 100000 TB (0,11 g) eritromitsin (1 g surtma doriga 10000 TB to‘g‘ri kеladi) o‘lchab olinadi, unga stеrillangan asosdan oz-ozdan qo‘shib bir xil massa hosil bo‘lguncha aralashtiriladi. Tayyor surtma dori idishga solinib «Salqin joyda saqlansin» dеb yozilgan yorliq yopishtiriladi. Tеtratsiklin gidroxlorid, strеptomitsin va boshqa antibiotiklar bilan ham surtma dori yuqorida kеltirilgandеk tayyorlanadi. Antibiotiklarning ko‘pchiligi yorug‘lik ta'siriga chidamsiz bo‘ladi. Shuning uchun ularni og‘zi mahkam bеrkiladigan chinni yoki shisha idishga solib bеrish maqsadga muvofiqdir. «Sirtga» va qo‘shimcha «Salqin joyda saqlansin» dеb yozilgan yorliq yopishtiriladi. Talabalarini o’zlashtirishini tekshirish: Test nazorat savollari 1. Antibiotiklar bilan surtmalar tayerlashda asosni qanday tayyorlanadi? -60 qism vazelin+30 kism lanolin -60 qism vazelin +40 kism lanolin -70 qism vazelin + 30 kism lanolin -50 qism vazelin + 50 kism lanolin Levomitsitin antibiotigining xossasi qanday? -suvda spirtda yaxshi eriydi -Xaroratga chidamli -zarrachalari yirik -tez oksidlanuvchan Levomitsitin, penitsillinlarni eritish uchun qandayeritmalar qo‘llaniladi? -izotonik eritmalar -bufer eritmalar -organik erituvchilar -spirtlieritmalar Antibiotiklar qanday olinadi? -Antibiotiklar zambruglardan va sintetik usullarda olinadi -Antibiotiklar o‘simlikdan olinadi -Antibiotiklar mikrorganizmlardan olinadi -to‘g‘ri javob yo‘q Antibiotiklar bilan eritma tayyorlashda N sharoiti xisobga olinadimi? -Xa -Yuk Antibiotiklar bilan tayyorlangan suyuq dorilar saqlanish muddati qancha? -1kun -2 kun -5 kun -1 oy 7. Antibiotiklar bilan poroshoklar qanday tayyorlanadi? -Antibiotiklar bilan poroshoklar aseptik sharoitda poroshoklarni umumiy tayyorlash texnologiyasiga asoslangan holda tayyoralanadi. -Antibiotiklar bilan poroshok lar umumiy tayyorlash bo‘yicha tayyorlanadi .- Antibiotiklar bilan poroshoklar oddiy usulda tayyorlanadi. -Antibiotiklar bilan poroshoklar tayyorlashda og‘irlik usulda tayyorlanadi 8. Antibiotiklar bilan poroshoklar tayyorlanganda qanday usulda o‘lchanadi? -og‘irlik usulda -og‘irlik xajm usulda -xajm usulda -xammasi to‘g‘ri 9. Antibiotiklar qanday sharoitda tayyorlanadi. -Antibiotiklarni aseptik sharoitdatayyorlanadi -Antibiotiklarni tayyor yordamchi moddalarga aralashtirib tayyorlanadi -Antibiotiklarni tayyor yordamchi moddalar bilan birga sterillab tayyorlanadi -Antibiotiklarni qayta sterillab tayyorlanadi. 10. Ko‘rsatilgan retseptni qaysi biri to‘g‘ri? -G Oling: Sintomitsin Streptotsid Sulfadimezintengmikdorda 1,0 A.B.B A Oling: Sintomitsin 25 TB Streptotsid Sulfadimezin teng mikdorda 1,0 A.B.B BOling: Sintomitsin 500000 TB Streptotsid Sulfadimezintengmikdorda 1,0 A.B.B V Oling: Sintomitsin 250 TB Streptotsid Sulfadimezin teng mikdorda 1,0 A.B.B Download 7.12 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling