24-mavzu. Izotonik eritmalarni tayyorlash va hisoblash usullari. Infuzion eritmalarni tayyorlash. (Ringer, Ringer-lok, Filatov, Disol, Trisol va boshqa eritmalar
Izotonik eritmalar tushunchasi. Izotonik konsentratsiyani hisoblash usullari: Vant-Goff qonuni, Raul qonuni (krioskopik konstanta bo’yicha), natriy xlor bo’yicha evivalentni qo’llagan holda. Izotonik eritmalar texnologiyasi. Infizion eritmalar ta‘rifi, tasnifi. Infuzion eritmalarga qo’yiladigan talablar. Suv-tuz, kislota-ishqor muvozanatni tartibga soluvchi infuzion eritmalar, shokka qarshi infuzion eritmalar va b. xususiy texnologiyalari. Ringer, Ringer Lokk eritmalari, Petrov, Banaytis suyuqliklari va b. texnologiyasi.
25-mavzu. Ko`z dori turlari. Ularga qo`yilgan talablar. Ko`z tomchilari, namlamalari, surtmalarini tayyorlash texnologiyasi
Ko‘z dori turlari, ular tasnifi. Ko‘z tomchilari, ularga qo’yiladigan talablar, texnologiyasi.
Ko’z tomchilariga dori moddalarni fizik-kimyoviy xususiyatidan kelib chiqqan holda kiritish. Ko’z namlamalari, suspenziyalar va emulsiyalar. Ko’z surtma dori turlari, ularning texnologiyasida qo’llaniladigan asoslar. Ko’z surtmalarining texnologiyasi. Ko’z dori turlari texnologiyasini takomillashtirish yo’llari.
26-mavzu. Antibiotiklar bilan tayyorlanadigan dori shakllari. Antibiotiklar bilan tayyiorlanadigan suyuq, qattiq va yumshoq dori shakllarining xususiy texnologiyalari va ularni sifatini baholash
Antibiotiklar tushunchasi, ularga qo‘yiladigan talablar, tasnifi. Antibiotiklar saqlagan dori turlariga qo’yiladigan talablar. Antibiotiklarni antibakterial faolligini hisoblash. Antibitiklar saqlagan poroshok, eritma, surtma va shamchalar tayyorlash texnologiyasi. Antibiotiklarni saqlagan dori turlari texnologiyasini takomillashtirish yo’llari.
27-mavzu. Dori shaklllarini tayyorlashdagi nomutanosibliklar, ro’y beradigan qiyinchiliklar va ularni bartaraf etish usullari
Dori shakllarida uchraydigan nomutanosibliklar, ularni bartaraf etish usullari (dori moddalarni va erituvchilarni almashtirish, dori shaklini almashtirish, preparat tarkibidagi bitta moddani alohida berish). Nomutanosibliklarning tasnifi. Fizikaviy nomutanosibliklar: ingredientlarning erimasligi, ingredientlarning aralashmasligi, kolloid eritmalar va YUMBlar eritmalarining koagulyasiyasi va b. Kimyoviy nomutanosibliklar: cho’kma xosil bo’lishi, dori preparatining konsistensiyasini o’zgarish va b. Farmakologik nomutanosibliklar.
Do'stlaringiz bilan baham: |